Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org
O’rta maktab Amerika Qo’Shma Shtatlarida to’laqonli o’rta maktab sirasiga 10, 11, 12-sinflar kiradi. Binobarin, 7, 8, 9-sinflarni aksariyat holda quyi o’rta maktab deb ham yuritiladi. Quyi o’rta maktab kursini muvaffaqiyatli o’taganlar yuqori bosqichga — to’laqonli o’rta maktabga qabul qilinadilar. Ma’lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o’rta maktablarga tanlov yo’li bilan qabul qilinadilar. Lekin yuqori o’rta maktablar o’quvchilarning bilimiga qarab tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o’quvchi ularga qabul qilinadi.
Amerikalik yoshlarning ko’pchiligi o’rta maktablarni tugatgach, tegishli diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjatlar oladilar. O’quvchilar odatda ma’lum bir sinfni, kurs yoki maktabni yakunlashda test sinovlariga jalb etiladilar.
O’quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
A – 95-100 ball;
V – 85-92 ball;
S – 71-80 ball;
D – 65-70 ball;
G – 0-64 ball (qoniqarsiz).
Test natijalariga ko’ra qoniqarsiz baholangan o’quvchilar yil davomida ma’lum vaqt o’tkazib sinovdan qayta o’tkaziladilar. Bu sinovlarga o’quvchilarning sinf muloqotida qatnashganligining natijalari, ogzaki va yozma vazifalarning echimlari ham ilova qilinadi. Aqsh maktablarida chorak va o’quv yili natijalariga ko’ra ham o’quvchilar test sinovlaridan o’tkaziladilar.
Ba’zi Shtatlarda, shuningdek, Nyu-Yorkda ta’lim departamenti tomonidan belgilangan imtihonlar ham o’tkaziladi.
Aqsh maktablarida odatda o’quvchilar o’quv yili davomida ikki marta o’zlashtirish tabeli oladilar. Ayrim okruglarda bunday tabellar har bir fan bo’yicha 6 martagacha beriladi.
O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga mos holda predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo’lib, chet tillari, nafis san’at, kasb ta’limi predmetlari o’quvchilarning xohish, istaklariga qarab qo’yilishi mumkin.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o’quv sinflarida, qolgan vaqtni esa laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar. 10, 11, 12-sinflarda maktab-oila hamkorligi, ayniqsa, mustahkam bo’ladi. Chunki ayni Shu bosqichda o’quvchilarning kasb-korlarga moyilligi to’la qaror topadi.
O’quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga mos keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, o’quvchi kslajakda qaysi sohaga o’z hayotini bag’ishlashga ahd qilgan bo’lsa, aynan o’Sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun darajada o’rganib, tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
Yuqoridagilardan xulosa Shuki, aqsh o’rta maktablari o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar, kasb-kor asoslarini berib boriladi. Bular quyidagilar: Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib, unda o’quvchilarga fermerlik asoslari o’qitiladi va unda qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar etishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi. Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida o’quvchilarda muruvvat, bsmorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuygularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi. Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi. To’rtinchisi, qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish kasblari bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi.