Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə42/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

7.3. Ta’lim metodlarining mohiyati

1. Og’zaki bayon metodlari. Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar yevristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.

Hikoya. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv materialini o’rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o’tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni yeslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon Shaklidagi hikoya- yangi o’quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon Shaklidagi hikoyada o’qituvchi o’quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.

Ma’ruza. Ma’ruza o’rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo’lib, unda o’zaro ta’sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish Shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv materiali xajmiga ko’ra belgilanadi.

Ma’ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o’qituvchi o’z nutqini ko’rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. O’quv materialiga oid iboralarga izoh berish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi.



Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta’siri dialog Shaklidagi ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.

Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: yevristik suhbat; katoxezistik suhbat. Yevristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan metod bo’lib, unda o’zaro ta’sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari Shaklida amal qiladi. Yevristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Gresiyada Suqrot mohirona foydalangan.

U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv materialini o’rganish; o’zlashtirishning individual harakter kasb etishi.

Katoxezistik suhbat o’quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:

Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.

Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o’tkaziladi, so’ngra yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.


Takrorlash suhbati ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi.takrorlash yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo’lim o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi.

Kirish suhbati yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi. Nazorat suhbati bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin