«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘Shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
«3» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
X-BOB. TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
10.1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan hissiyotlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora-tadbirlar yig’indisi5.
Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko’zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, go’zallik, yaxshilik, odatlilik va ko’nikmalarning Shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya Shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon Sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan ikki faoliyatni – o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllanib boradi. His-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan o’zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni o’quvchining ongini emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir so’z bilan aytganda tarbiya jarayoni – har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya) jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zida shakllantirish va o’zgalarga berish jarayonidir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud bo’lib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi.