Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə77/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

O’z-o’zini tahlil qilish. O’z shaxsini tahlil qilishga, xatti-harakatlari haqida o’ylashga o’rgatadi. O’z-o’zini nazorat qilish uchun o’quvchi o’zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarini ortib borish va aksincha, salbiy odatlarni kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.

O’z-o’zini baholash. O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Buning uchun irodali bo’lishi, o’zining o’quvchilik ijtimoiy burchini tushunishi, o’qish va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo’lishi, ya’ni tahsil va tarbiyalanishni hohlashi, o’zini o’rtoqlarining, yaqin kishilarining ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini takomillashtirishga intilishi lozim.
O’z-o’zini baholash o’quvchi uchun o’zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, baholash, o’ziga chetdan turib holisona baho berish, o’zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.

12.7. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari
O’qituvchi bolalarning har biri o’sib, ulg’ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo’layotganini sezishi kerak. Faqat shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z-o’ziga, o’z kuchiga ishonadi. Uni hurmat qilishadi, unga ishoniladi, unga quloq solishadi,u jamoaga kerak, u o’qituvchini qiziqtiradi, ular bir-birlariga ishonadilar. Bunga erishish uchun rag’batlantirish usulidan foydalanish lozim. Chunki rag’batlantirish bolaga ishonishga, unda bo’lgan qobiliyat va fazilatlarning kuchini ye’tirof etishga asoslangan. Rag’batlantiriSh o’quvchining ko’nglini ko’taradi, quvonch keltiradi, yanada yaxshiroq bo’lishga intilishga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llanadi:
1. O’quvchining kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o’quvchi o’z qadr-qimmati bilan faxrlanadi;
2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg’asi (kitob, ruchka, o’quv asbobi va boshqalar);
4. Maqtov yorlig’i berish;
5. Stipendiya bilan taqdirlash;
6. Hurmat taxtasiga fotosuratni qo’yish;
7. Ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
8. Safda birinchi o’rinda turish;
9. Musobaqalarda bayroq ko’tarish;
11. Gazeta-jurnal va radio-televidiniyelarda e’lon berish.
Har qanday rag’batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo’llanishi lozim. Ya’ni rag’batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo’lishi, ketma-ket bo’lmasligi, haddan oshirib maqtash, boshqa o’quvchilarga taqqoslab, ularni kamsitishga yo’l qo’ymaslik, rag’batlantirishga bo’lgan talabchanlikni bo’shashtirmaslik va hokazo.
Jazolash-bu tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo ham o’quvchining va butun sinf manfaati uchun qo’llanadigan oxirgi tarbiya metodi. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo: urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish, g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi.
Maktablarda qo’llashi mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbeh berish eng engil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
Ogohlantirish-noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Hayfsan berish-agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o’quvchining aybi qay darajada va uning intizomni qanday sharoitda buzganini e’tiborga olib, unga hayfsan e’lon qilish mumkin.
Uyaltirish-qizartirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda Shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo yaxshi o’ylab qo’llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jazolar yakka harakterli, ya’ni bitta bo’lsin, o’quvchilarning aybiga mos, muvofiq bo’lsin, tez-tez qo’llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni haqqoniy ekanligi aniq bo’lsin va ular o’z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo’llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yana oshadi. Barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqubatlarga solmasligi, uni taxqirlamasligi, sha’nini bukmasligi kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta’riflab berilgan tarbiyaning umumiy metodlari o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlarini hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qo’llanishiga, bu metod mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o’rin olganiga, qo’llanilayotgan tarbiya vositalari qanchalik javob berishiga bog’liqdir.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin