Pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 11,2 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü11,2 Kb.
#202115
Komiljonov Muxiddinjon- Pedagogika nazariyasi va tarixi


Pedagogika-psixologiya fakulteti bakalavr 1-kurs (sirtqi) PPS-116 guruh talabasi “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani bо‘yicha
Mavzu: Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Bajardi: Komiljonov Muxiddinjon Maxamatjon o‘g‘li
Glossariy (Mustaqil ishi)
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi.
Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada,
Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.
Obyekt (lot. objectum — narsa, anjom) — falsafiy toifa, epistemologiya doirasida haqiqatda mavjud boʻlgan, kuzatuv (oʻrganish) jarayonining va subyektning (kuzatuvchining) eʼtibori qaratilgan predmet, voqea, hodisadir.
Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san’ati degan ma’noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informatsiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o‘quv jarayonini,o‘qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida juda katta farq bor.
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi
Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma’noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma’lum bir shaklda o‘tkaziladi.
Sintez (yun. synthesis — birikish) (kimyoda) — oddiyroq birikmalardan murakkab birikmalar olish; ayniqsa, organik kimyoda katta ahamiyatga ega. Sanoatning yirik tarmoqlari, jumladan, boʻyagichlar, plastmassalar, sintetik kauchuklar va boshqa ishlab chiqarish organik sintezlash asosida rivojlandi.
Analiz (tahlil)- (yunonchadan analysis-parchalanish demakdir)- moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uslublarining majmuidir. Ishlab chiqarishni nazorat qilishda texnik analiz muhim ahamiyatga еga.
Analiz metodini psixologlar bunday ta ’riflaydilar: «butunlardan bo‘laklarga tomon izlash metodi analiz deyiladi».
Sotsiologiya (lot. societas — jamiyat va…logiya) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruxdar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan.
Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi.
Yüklə 11,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin