Pedagogika psixologiya



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü20,24 Kb.
#185650
  1   2
pedagogika 6 amaliy


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI RAXMATOV DAVLATNING “ PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA” FANIDAN 6-AMALIY ISHI
BAJARDI : RAXMATOV. D QABUL QILDI : MIRZAYEV.S

Mavzu:Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya. Reja: 1 Rahbarlik muloqoti. 2 Ta’limni boshqarish metodi. 3Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida. 4 Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi.


Hozirgi zamon ilm-fani bashariyat tarixining qaysi bir davriga murojaat qilmasin, ularning barchasida nizolarning mavjud ekanligiga duch keladi. Aniqroq qilib aytganda, nizo jamiyat rivojining doimiy hamrohi bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Nizolarning jamiyat hayotidagi o‘rni qadimdan e’tiborga molik bo‘lib kelgan. Ha, insoniyat nizolar bilan "bilag’on odam"lar yashagan davrdan buyon hamnafasdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak ilmiy doiralarga nizo haqidagi ilk qarashlar afsonalar orqali kirib kelgan.
“Nizo” tushunchasi ta’rifi asosida yetarlicha Y.Shepanskiy taklif qilgan tasnif bor, ya’ni u nizoni “aniq predmet yoki vaziyat sababli vujudga keluvchi maqsad va imkoniyatning qarama-qarshi yo’naltirishni chaqiruvchi to’qnashuvi” deb izohlaydi.
Nizo – bu ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi nizolarning sabablarini, negizini, ularning dinamikasi va shaklini o’rganuvchi hamda ularni hal etish vositalari va nizolarning boshqarish haqidagi fandir.
Nizoning predmeti – bu nizoning asosida yotuvchi qarama-qarshilikdir.Qay darajadaligidan qat’i nazar nizoning tushuna olish, F.Bekon ta’rifi bo‘yicha, - norozilar orasida ularni birlashtira oladigan bosh bo‘lmasligiga erishish eng "go‘zal fikrdir". Ikkinchi tomonlan esa, xalq qo‘zgolonlari va tartibsizliklarini bosa oladigan bitta, yaxshirog’i bir nechta bunday shaxslarning bo‘lishlari vaqti kelib olomon xalqqa aylanganda ular qanday asosiy sifatga ega bo‘lajagini dastlabki ehtimollarini beradi. Shuning uchun "... harbiy boshliklar va xalq fidoyilari ishonarli va obro‘li kishilar bo‘lishi, ajralishlar taraflori va shuhratparast bo‘lmasliklari, shuningdek, davlatdagi asosiy amaldorlar bilan har qanday lahzada til topisha oladigan shaxs bo‘lishi zarur. Aks holda lahzalik malham og’ir kasallikdan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin",- deb yozali Bekon.
“Nizoda hech qanday farqli jihat yo’q, qarama-qarshilikning sinonimi emas, qarama-qarshilik va cheklanishni yo’qotish usuli, og’ir tizimlarning o’zaro harakatlanish uslubi”.
Nizo – har doim qiyin va ko’p rejali sotsial fenomen hisoblangan. Unda juda ko’p taraflar ishtirok etadi: shaxslar, ijtimoiy guruhlar, milli-etnik birliklar, har turli maqsad va qiziqishlar birashtirgan davlat va davlatlar guruhi. Nizolar har xil sabab vajlar tufayli vujudga keladi: psixologik, iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqalar.
Tomas Gobbs ijtimoiy kelishuv nazariyasining shakllaridan birini batafsil qayta ishlab chiqdi. Birinchi navbatda, tabiiy holatda, jamiyatning har bir a’zosining tabiiy huquqi, har bir individ cheklanmagan va har bir inson tabiiy huquqiga egalik qiladi. “Tabiiy holat” natijada “xaos”ga, ya’ni “hammaning hammaga qarshi urushi”ga aylanadi. Tomas Gobbs ijtimoiy nizolarning 3 ta asosiy sababini keltiradi:
  • Qo’rquv (inson nimaga ega bo’lsa, o’shani yo’qotishdan qo’rqadi);
  • Raqobat (inson o’zida nima bo’lsa, shuni saqlashni xohlaydi);
  • Shon-shuxratga intilish (inson o’zida nima bo’lsa, uni ko’paytirishga intiladi).


Nizo – bu qarashlardagi yoki a’loqalardagi qandaydir kelishmovchilik va chigallikning yuzaga kelganligidan darak beruvchi bir belgidir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, nizo boshqarishning asosiy uchta yo’nalishi mavjud: nizodan qochish, nizoga bosim o’tkazish va shaxsan nizoni boshqarish. Nomlari aytib o’tilgan yo’nalishlarning har biri maxsus metodlar yordamida izohlanadi. Ulardan ba’zilarini ko’rib chiqsak, va hamda nizoviy holatga ta’sir o’tkazish va nizoli holatga a’loqador tavsiyalarning umumiy algoritmiga baho bersak.

Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin