Rahbarlik muloqotining xususiyati Rahbar faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etadi. Qabul qilingan qarorning ijrosini ta‟minlash, xodimlar va tashkilot faoliyatini tashkil etish, nazorat va xodimlar faoliyatini rag„batlantirish jarayonlari ham muloqot orqali amalga oshadi. Psixologiya fanida shaxsiy va ish yuzasidan muloqot turlari farq qiladi. Ushbu matnda asosan ish yuzasidan bo„ladigan muloqot tabiati va uni shakllantirish imkoniyatlari haqida to„xtalib o„tamiz. Boshqaruv muloqoti – xodimlarni ma‟lum tomonga yo„naltirish maqsadidagi o„zaro ma‟lumot almashinuvi jarayonidir Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bo„ladi: (1) Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish; (2) Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida “qayta aloqa”, ya‟ni hisobotni qabul qilish;
Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho berish. Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda o„z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish imkoniyati oshadi. Xodimlarga ta‟sir etish, ularga g„ayrat bag„ishlash, tashkilot maqsadi sari yetaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot orqali ta‟minlanadi. Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi faolligi bo„lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo„nalganligi, anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. Rahbar muloqot jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda muhimdir. Muloqot jarayonini boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o„zlashtirish va vaziyatga oid
1. Traditsional metoddan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishning geleneksel usuli deb foydalaniladi. O'qituvchi darsni o'tkazadi, o'quvchilar esa ma'lumotlarni eshitib olib, yodlab, tekshirib boradi. Bu usul darsni tartib bilan o'tkazishga, o'quvchilarni muhim malakalarga ega qilishga asoslangan.
2. Kooperativ metoddan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishda o'quvchilar birgalikda ishlaydigan va o'zaro hamkorlikda yaratilgan muhitdan foydalaniladi. O'quvchilar guruh halida vazifalarni bajarish, maslahatlashish va o'zlashtirish orqali o'rganish jarayoniga qatnashadi.
3. Demonstrasion metoddan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishda o'qituvchi o'quvchilarga ma'lumotlarni ko'rsatib beradi, namoyish qiladi va qo'llanmani tushuntiradi. O'quvchilar esa ko'rganlarni takrorlayib, o'zlarining tushunish darajasini oshirish uchun amalga oshirishadi.
. Ta'mrinlash metoddan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishda o'quvchilarga biror masalani amalga oshirish yoki vazifalarni yechish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'zlarining o'rganish jarayonida o'z fikrlarini ishlab chiqish, muammolarni hal qilish va mustahkamlashga yo'l qo'yadilar.
5. Ta'limiy o'yinlardan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishda o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini o'yinlar, interaktiv vazifalar va qo'llanmalar orqali o'rganishga imkoniyat beradi. O'yinlar o'quvchilarning qiziqishlarini oshiradi va o'rganishni qiziqarli hollarda amalga oshirishga yordam beradi.
6. Birlashgan ta'lim (kolloborativ ta'lim) metoddan foydalanish: Bu metoddan talimni o'rganishda o'quvchilar birgalikda ishlaydigan va o'zaro hamkorlikda yaratilgan muhitdan foydalaniladi. O'quvchilar guruh halida maslahatlashish, vazifalarni bajarish va ko'nikmalarni ulashish orqali o'rganishni oshirishadi.
Bular faqat bir necha talim boshqarish metodi misollaridir va ba'zi pedagogik usullar bilan biriktirilishi mumkin. Talimni boshqarish metodi o'quvchining iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy va psixologik talabalarni hissiyotlari va o'ziga xos xususiyatlari asosida tanlanishi kerak. O'g'ituvchilar talim jarayonida bir nechta metoddan foydalanish va ularni moslashtirish orqali qo'llanishga harakat qilishadi.
Psixologik jumboqni qayta yo'naltirish deganda shaxsning psixologik muammolari, qiyinchiliklari yoki noqulayliklarini hal qilish uchun psixologiyani qayta yo'naltirish usullaridan foydalangan holda yechimga yo'naltirilgan yondashuv tushuniladi.
Reoriyentatsiya psixologiyasi odamlarga fikrlash shakllari va e'tiqod tizimlarini o'zgartirish orqali o'zlarining psixologik muammolarini hal qilishga yordam beradi. Ushbu yondashuv odamlarni o'z e'tiqodlari va o'zlari haqidagi salbiy fikrlarni shubha ostiga olishga undaydi va ularni yanada ijobiy va sog'lom fikrlar bilan almashtiradi.
Qayta yo'naltirilgan psixologiya odamlarga o'z muammolariga boshqa nuqtai nazardan qarash va o'z xatti-harakatlari, his-tuyg'ulari va reaktsiyalarini o'zgartirish imkonini berish orqali psixologik farovonlikni oshiradi. Ushbu yondashuv ko'pincha stress, tashvish, depressiya, o'zini o'zi qadrlamaslik va g'azabni boshqarish kabi muammolarni davolashda samarali bo'lishi mumkin.
Reoriyentatsiya psixologiyasi odamlarga o'z fikrlari va e'tiqodlaridagi salbiy, noto'g'ri yoki zararli naqshlarni tanib olish va ularni sog'lom, ijobiy va konstruktiv fikrlar bilan almashtirish imkonini beradi. O'z e'tiqodlarini shubha ostiga qo'yish orqali odamlar o'zlarining salbiy fikrlari bilan kurashishni o'rganadilar va sog'lom ruhiy holatga erishadilar.
Reoriyentatsiya psixologiyasi odamlarni o'z-o'zini o'zgartirish jarayonida ishtirok etishga undaydi. Terapevt yoki maslahatchi odamlarga rahbarlik qiladi va ularni ushbu o'zgarish jarayonida qo'llab-quvvatlaydi. Bu jarayon odamlarga o'z kuchi, resurslari va ichki salohiyatiga ishonish imkonini beradi.
Reoriyentatsiya psixologiyasi odamlarga shaxsiy o'sishga, hissiy farovonlikni oshirishga va sog'lom turmush tarzini rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, har bir insonning ehtiyojlari har xil bo'lganligi sababli, bu yondashuv hamma uchun mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun, sizning shaxsiy ehtiyojlaringizni va terapiya imkoniyatlarini mutaxassis bilan maslahatlashgan holda baholash muhimdir.
Har bir inson xayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanok uning kelajagi to‘g‘risida uylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini ko‘zatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo`lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa kaysidir fanlarga bo`lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musikaviy va xokazolar. O`smirlik davriga kelib, muammo yanada ko`chayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota- onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo`ladi: ular "Men shifokor bulaman", "Bizning uglimiz, kizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo`lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish xolatlari sezilib turadi.Omadsizlikka uchrasa- chi? Ayrim o‘quvchilar uchun tukkizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yunalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo‘lib koladi.
Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo`lsam ekan yoki kaysi soxani mutaxassisi bo`lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga kuyib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi.
Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Xyech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan, maktab bitiruvchilarining bir qismi darxol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo`ladi.
Kasb-hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo`ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayok ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga kushilib koladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib kolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo`ladi.
Kishilarning individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o`tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, ya’ni unga ko`ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Bulajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo`lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining xayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi - "maktab - oila -jamiyat" tizimi o‘rnida yangi, ya’ni "kasb-oila-ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar" vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muxit omili muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Har bir kishining xayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo`ladi.
Masalan, kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo`lgan layoqatini yukotish, majburiy ishdan bo`shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, goxida esa mutaxassislik sababi natijasida bo`ladi. Ko‘p xollarda normativ bo`lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa - nafakaxurlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari. Kasbiy jixatdan kelib chiqadigan psixologik muammolar.
Kasbga ko‘nikishdagi ijtimoiy qiyinchiliklar, kasbiy layokatsizlikning yashirin shakli, kasbiy xulq-atvorni egallashdagi va yangi xayot tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar. Kasbiy faoliyatdagi yuksalish imkoniyatlari, ish haqi, kasbdan va raxbarlar bilan o‘zaro munosabatlardan konikmaslik, kasbiy rivojlanishdagi ziddiyatlar va ularni korreksiya qilish. Kasbiy mehnatdan shaxsiy ma’noni topish, kasbiy xayotning yangi tomonlarini qidirish, insonlar bilan bo`lgan munosabatlardagi ziddiyatlardagi inqirozlardan chiqish va kelishmovchiliklarni hal etish hamda psixologik charchoqni bartaraf etish.
Majburiy ravishda ishdan bo`shash, yangi ish joyini qidirish, kasbini o‘zgartirish. Kasbiy xayotdagi yangi yo`lni tan olish. Mutaxassislikning destruktiv rivojlanishi, kasbiy deformatsiyalar kasbiy charchoq xolatida kasbning ma’nosini yukolishi. Shaxsning kasbiy deformatsiyalarini aniqlash va tahlil etish, uning sabablarini o‘rganish, kasbga nisbatan ko`nika olmaslikni yengib utish.
Kasbiy faoliyatdan chetlashish (nafaqaga chiqish). Ijtimoiy-psixologik keraksizlik tufayli kelib chiqadigan psixologik zuriqishdan halos etish, yangi xayot tarzi va xayotda yangi ma’noni topishga intilish.Yukorida sanab utilgan jixatlar shaxs va kasb hamkorligida uchraydi va bu murakkab, dramatik jarayon sifatida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy xayotida bo‘lib utadi. Shaxsning kasbga bo`lgan moslashuvida normativ bo`lmagan vaziyatlarni hal etishda
psixologiya muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy shakllanish-getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro alokalariga ko`ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual tulakonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy maxoratlar kiradi.
Kasbiy shakllanish yo`li va tezligi bir gurux omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish - bu yunalish saloxiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining psixologik jixati. Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jixatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart- sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish, kasbiy jixatdan o‘zini anglash imkon yaratish lozim.