Pedagogika. Psixologiya


Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 73,94 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü73,94 Kb.
#175347
1   2   3   4   5   6
2-amaliy psixologiya

3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari
Koss kubiklari
Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(5-ilova).
Tajriba o‘tkazish uchun bir xilda bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi.
Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‘lgach, eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.


Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm. kattalikda bir xil 27 kichik kubiklardan iborat kub kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, uquvchanligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi. Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‘yiladi. sinaluvchi qurish usulini qanchalik tez o‘zlashtirganligi ham yozib qo‘yiladi, uch tomondan ham qizil kubikchani burchaklariga, bitta ham qizil tomoni yo‘q kubikni o‘rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4 kubikni qo‘liga olib, qurish usulini yaxshi tushunmagan bo‘lsa, unga aytib yordam ko‘rsatiladi. Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi.
Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini, diqqati xususiyatlarini kuzatib, yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) bu kubikning joyini to‘g‘ri aniqlab, sinaluvchi uni noto‘g‘ri aylantirib Yuboradi, shundan so‘ng xatoni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi;
b) o‘rtaga ikki tomoni qizil kubik qo‘yib qo‘yilsa ham shunday xato bo‘lishi mumkin, o‘rtaga faqat bir tomonida qizil bor kubiklarni qo‘yish kerak.
Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.YA.Rubinshteyn, 1970). Bu vazifani bajarishda bolalar ikki usulni qo‘llaydilar. Birinchisi, muvafaqqiyatsizroq bo‘lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to‘ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har bir kubikni qo‘liga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi usul bilan boshlaydilar, lekin birozdan so‘ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi.
Bolalar kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar qo‘llanmani darrov tushunmaydilar va ularning ko‘pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo‘lsa, xatolarga yo‘l qo‘ysalar ham, diqqat bilan, tartibliroq harakat qiladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham topshiriqni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo‘llanmani yaxshi tushunadilar, o‘z xatolarini o‘zlari tuzatadilar.
Yüklə 73,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin