Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/5
tarix29.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#104764
1   2   3   4   5
2-mavzu

Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir: Umumiy pedagogika — maktab yoshidagi boialarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi — maktabgacha ta'lim yoshidagi boialarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. Korreksion (maxsus) pedagogika — rivojlanishida turli psixologika fiziologik nuqsonlari bo'lgan bolalarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi.

O'z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 1. Surdopedagogika va surdopsixologiva — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi. 2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiva — aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi. 3.Tiflopedagogika va tifiopsixologiya — ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi. 4.Logopediya va nutqiv buzilishlar psixologivasi — nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo'lgan bolalar (ko'r, soqov va kar bolaIar)ni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi. 5.Metodika — xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin