Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/5
tarix29.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#104764
1   2   3   4   5
2-mavzu

Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi. Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi. Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi. Ta'limni boshqarish — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o'rganadi. Ijtimoiy pedagogika — ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o'rganadi.

Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

1.muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi; 2.vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi; 3.tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; 4.tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi; 5.tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish; 6.tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: -Pedagogik kuzatish metodi; -Suhbat metodi; -Anketa metodi; -Intervyu metodi; -Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi; -Test metodi; -Pedagogik tahlil metodi; -Bolalar ijodini o'rganish metodi; -Pedagogik tajriba metodi; -Matematik-statistik metod.

E’tiboringiz uchun rahmat !


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin