Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)
birinchidan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat
siyosatini amalga oshirish, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni har
tomonlama rivojlantirish, o’quvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini
yanada yuksaltirish;
ikkinchidan, o’rta ta’lim maktablari hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari o’rtasida o’zaro integratsiyani ta’minlash orqali 11 yillik o’rta ta’limni
joriy etish bo’yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;
uchinchidan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o’quvchilariga
kasb-hunar o’rgatish hamda umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va
maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta’limi
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o’quvchilarga kasb-hunar
o’rgatishda metodik rahbarlik qilish;
to’rtinchidan, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitish
samaradorligini ta’minlash, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat
ta’limini yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3304-son Qarori asosida
O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati takomillashtirildi.
beshinchidan, o’quv-tarbiya jarayoniga o’qitishning zamonaviy ilg’or
shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o’quvchilarning o’quv,
psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’limtarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg’or
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda
yangilangan o’quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv va o’quvmetodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar
qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy
himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko’nikmalarini hosil
qilishiga va jamiyatga uyg’unlashuviga ko’maklashish;