Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim -tarbiya masalalarining yoritilishi



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə2/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Maruza 3

Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim -tarbiya masalalarining yoritilishi
Avesto”dagi ta’lim iy-axloqiy g‘oyalar. “Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o‘zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag‘rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug‘ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o‘qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o‘tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so‘zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.
Zardusht diniga ko‘ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o‘rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong‘ulik, hayot bilan o‘lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o‘rtasida.
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so‘z, olijanob o‘y-fikrdan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo‘lmog‘i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alaba qilishini ko‘zlab yashash kerak: yolg‘on gapirmaslik, so‘zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
Zardusht dini bo‘yicha har bir inson hayot yo‘lini o‘zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o‘zi hal qiladi.
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin