Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim -tarbiya masalalari. Maqollar



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə8/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Maruza 3

Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim -tarbiya masalalari. Maqollar:
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho‘kizning ortin oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til».
«Ilon o‘zining egriligini bilmay, tuyaning bo‘ynini egri deydi».
«Ko‘kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg‘a bilan qish kelmas».
«Keng to‘n to‘zimas, kengashli bilig artamas”.
«Kichikda qatiqlansa ulg‘adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur».
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik” asari – pandnoma asar sifatida.
«Qutadg‘u bilig» baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim -tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. «Qutadg‘u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so‘ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o‘n bir fasli debocha bo‘lib, hamd, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o‘n ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O‘n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to‘rt qahramon – Kuntug‘di – adolat ramzi, vazir – Oyto‘ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o‘g‘li O‘g‘dulmish – aql ramzi, sifatida, O‘zgurmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o‘rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga bog‘langan holda bayon etilib, kitobni yozishdan o‘z oldiga ko‘ygan maqsadga bo‘ysundiriladi.
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar,
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar.
O‘quv qut beradi, bilim – shon-sharaf,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi,
Yomonlar nasibi – el-yurt qarg‘ishi.
Kishiga chiroydir uyat-andisha,
U asrar nojo‘ya ishdan hamisha.
Yomonlik qilganning ulushi – o‘kinch,
Yomonga yaxshi bo‘l, mayli har qachon.
Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq,
O‘lim tutmaguncha o‘zgarmas yo‘riq.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin