Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Zardo‘shtiylik axloqining asosiy uchligi



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə3/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Maruza 3

Zardo‘shtiylik axloqining asosiy uchligi: Ezgu fikr; Ezgu so‘z; Ezgu amal.
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim -tarbiya masalalari. VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o‘yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko‘ra olmaganligi natijasida Tabg‘ach eliga qaram bo‘lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So‘zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug‘im, xalqim….. bu so‘zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg‘ach xalqining so‘zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so‘zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi, yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o‘lding».
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim -tarbiyaga ta’siri. Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki ko‘pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o‘lmas yodgorlik bo‘lib, u o‘z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Abbosiy xalifalar davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti Bag‘dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o‘ynadi.
Chunonchi, G.N.Sharbatov ta’kidlaganidek, «arablar hamda madaniyat va ilmu fanda arab tilini xalqaro til tariqasida qo‘llagan O‘rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko‘pdan-ko‘p badiiy, tarixiy, jug‘rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir».
Musulmon maktablari va unda ta’lim -tarbiya mazmuni. VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona) mavjud edi.
Maktablar boshlang‘ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o‘qish o‘rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o‘quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o‘rganish ko‘p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko‘p vaqt sarflanar edi. O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini egallaganlaridan so‘ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o‘qishni boshlaganlar
Maktabni tamomlagan o‘quvchilar ta’limnidavom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin