Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji.
Mashg‘ulot mavzusi: Pedagogika tarixi fani haqida ma’lumot. Fanning maqsadi va vazifalari.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim -tarbiya masalalari.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim -tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablari va unda ta’lim -tarbiya mazmuni.
Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. Hadis ilmining paydo bo‘lishi.
Tayanch tushunchalar:tarix, pedagogika tarixi, manba, davrlashtirish, xalq pedagogikasi, yozma manbalar, «Urxun-Enasoy» bitiglari.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g‘oyalarni tahlil etish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o‘rganish manbalari: arxeologik yodgorliklar;