Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


IX ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIYAT, MAKTAB VA PEDAGOGIK MEROS



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə5/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Maruza 3

IX ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIYAT, MAKTAB VA PEDAGOGIK MEROS


Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim -tarbiya masalalari haqida tushuncha hosil qilish. Ma’lumki, Sharqda, aynan O‘rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg‘onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog‘ida yuksalish bosqichi bo‘ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko‘rsatgan «Ilm uylari» - Bag‘doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag‘dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug‘bek akademiyasi» va boshqa ko‘plab yuksak ilm dargohlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg‘onish davri o‘z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko‘plab sohalarida muhim kashfiyotlar o‘ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug‘rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo‘nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag‘inda mo‘l-ko‘l baxramand bo‘la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko‘zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo‘la boshladik. Sho‘ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so‘zlarini biz obi kavsardek ko‘zimizga surtmoqdamiz. O‘ylaymanki, biz nimaga erishgan bo‘lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».
Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo‘shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o‘tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to‘g‘risida so‘z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo‘q»,5 deb baho beradi.
Beruniy zamondoshi, ko‘xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o‘z maqomiga ega bo‘lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko‘zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari buning isboti bo‘la oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma” asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug‘ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo‘larlidir.
O‘rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o‘rin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo‘ladi. Bunda Forobiyning falsafada o‘z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga o‘zining sharqona falsafiy ta’lim otini ko‘plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo‘lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko‘plab qimmatbaho yo‘l-yo‘riqlar, dasturulamal ko‘rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir.
Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davrida Sharqda, xususan o‘rta Osiyodan o‘z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko‘tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo‘’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo‘shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin