Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi.
Beruniy ta’lim otiga ko‘ra inson kamolotida uch narsa muhim rol’ o‘ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o‘kuvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Ta’lim -tarbiyaga doir qarashlari:
Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o‘ch olish, adovat, bo‘xton, irodasizlik kabilardir.
U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini ko‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo‘ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo‘lib maktabda o‘kitish zarurligini ko‘rsatadi va ta’lim da kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko‘ymaslik; 2) ta’limda yengildan qiyinga o‘tish orqali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi; 4) o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan ko‘shib olib borish.
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim -tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi etakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi ta’lim -tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim -tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’lim iy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’lim iy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Mahbub ul-qulub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’lim iy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishida yuksak axloqqa ega bo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi.
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va “Hadis”larni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodigata‘siretgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’lim iy-axloqiy asarlargata‘siretgan. Ta’lim iy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.
Masalan “Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’lim iy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Xullas, Sharq ta’lim -tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’lim iy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga bog‘liqdir.