Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə15/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Maruza 3

Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Ulug‘bek 1424-1428-yillarda shahar yaqinida Qbirahmat anhori bo‘yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino qilingan bu ulkan imoratning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr edi. Bobo‘rning yozishicha, u uch qavatli bo‘lgan. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan qoplangan. Binoning ichki sahni sudsi faxriy (sekstant) va koridorlar bilan to‘rt qismlarga ajratilgan. Rasadxona ichki devorlarida koinot-u Er sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli bu mavzu aholi o‘rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat topadi.
Samarqandda Ulug‘bek rahbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargoh matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalarga erishadi. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo‘zg‘almas) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. O‘rta Osiyo, YAqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab joylashgan 683 geografik punktlarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalari belgilab chiqildi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» dan tashqari Ulug‘bek «Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola yozadi.
Ulug‘bek davrida maktab islohoti. Ulug‘bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» degan kalima o‘yib yozib qo‘yiladi.
Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:
1. «Anda» (kichik) – o‘qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o‘rta) – o‘qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) – o‘qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr Yevropa universitetlari uchun ham xos bo‘lgan.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin