Bahouddin Naqshband. Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy – Bahouddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) yilda Buxoro shahriga yaqin Ko‘shki hinduvon (qasri Orifon) qishlog‘ida tug‘iladi. Naqshband uning laqabi bo‘lib, ota kasbi - kimxobboflik bilan shug‘ullanganligi uchun berilgan bo‘lsa kerak.
Muhammadning bobosi so‘fiylar bilan yaqindan munosabatda bo‘lganligi uchun ham, unda tasavvuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo bo‘ladi va shu yo‘lda tarbiyat topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni Shayx hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo hazrat hoja Bahouddin hoja Abdulholiq G‘ijduvoniyni o‘ziga ustoz bilib, uning yo‘lini qabul qiladi.
“Musulmonlik - bu iloji boricha hukmlarga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoq bo‘lib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali etiladi”1. Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida o‘z tariqatining maqsadini hazrati hoja Bahovuddin Naqshband yana shunday bayon etadi: “Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu, raqs emas, bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar (safar dar vatandir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jam’iyatda xayriyat bo‘ladi, jam’iyat esa suhbatda bo‘ladi. Agar bu yo‘l toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bo‘lsalar, bu suhbatda xayru baraka ko‘p bo‘ladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi”.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari»nomi ostida shuhrat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo‘nalishi) va vazifalari, (vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi) mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.