Pedagogika tarixi fani haqida ma`lumot. Eng qadimgi davrlardan XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Mashg‘ulot mavzusi


-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə25/32
tarix28.11.2023
ölçüsü125,4 Kb.
#166805
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Maruza 3

1945-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston sanoati uchun malakali ishchi kadrlar hunar-texnika bilim yurtlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonida yakka tartibda hunar kurslarida tayyorlandi. Respublikadagi xunar maktablari, temir yo‘l, binokorlik o‘quv yurtlari, yirik korxonalar qoshidagi fabrika-zavod ta’limi (FZO) maktablari sanoatni ri-vojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 1940-1955 yillarda xalq xo‘jaligi uchun jami 143 ming malakali ishchilar tayyorlab berildi. Ishchi kadrlarga ehtiyoj yildan-yilga ortib bordi. Malakali kadrlar tayyorlash ham o‘sib bordi. 1966-1970 yillarda hunar-texnika o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligiga 172 ming nafar ishchilarni tayyorlab berdi.
Shu bilan birga, respublika hunar-texnika ta’limida katta kamchiliklar mavjud edi. O‘quv yurtlarida o‘zbeklar va boshqa tub aholi vakillari, xotin-qizlar soni kam edi. Korxonalarda turar joy va zarur maishiy sharoitlarning yo‘qligidan yosh ishchilarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishda o‘rnashib qolmasdi. 1962 yilda oziq-ovqat, engil, trikotaj, gaz va neft sanoatidagi o‘zbek va boshqa yerli aholidan bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soni 30 foizdan sal ortiqni tashkil qilardi. Mashinasozlik, metall ishlash sanoati va og‘ir sanoatning boshqa sohalarida o‘zbek va mahalliy millat vakillari soni juda oz edi. 1963 yili Toshkent asbobsozlik zavodidagi ishchi va xizmatchilar orasida o‘zbeklar va boshqa tub millat vakillari ulushi 20 foizni tashkil etdi.
Sanoatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri muxandis-texnik kadrlar edi. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari tayyorlovchi malakali mutaxassislar soni ortib bordi. 1960-1970 yillarda sanoat, qurilish, transport va aloqa sohalari bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi talabalar soni 20 mingdan 63 mingga, ya’ni 3 baravardan ziyod ko‘paydi.
Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi va madaniyatning barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iborat. Urushdan keyingi yillarda respublika oliy o‘quv yurtlari Markaz ko‘rsatmasi, dasturlari asosida o‘quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda mutaxassis kadrlar tayyorlash son jihatdan o‘sdi, lekin ularning sifati talab darajasida bo‘lmay keldi.
Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960-61 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy maktablarida 100 ming nafar talaba ta’lim olgan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida ularning soni 230 mingga etdi. Bu davr ichida oliy maktab respublika xalq xo‘jaligi uchun etkazib bergan diplomli mutaxassislar soni 2, 5 baravar ortgan.
Oliy o‘quv yurtlari soni 1940 yildagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko‘paydi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi yangi oliy o‘quv yurtlarini ochishni talab qildi. Urushdan keyingi yillarda Toshkent elektrotexnik aloqa institut, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, Andijon paxtachilik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon tillar pedagogika instituti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari malakali kadrlarga bo‘lgan talabni kondirdi. Maorif, sanoat, qurilish, transport, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, san’at va boshqa soxalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi professor va o‘qituvchilar soni ham yildan-yilga oshib bordi. Oliy maktablarda 1958 yili 5 ming ilmiy-pedagog xodim ishlagan bo‘lsa, 1965 yilda bu son 8 mingtaga etdi. Oliy o‘quv yurtlari olimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan, iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan talay ilmiy ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar.
Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta’siridan chetda qolmadi. Buning natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ruy berdi. Miqdoriy, yalpi ko‘rsatkichlar ketidan quvish, xalq xo‘jaligi talab-ehtiyojlariga mos kelmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish shular jumlasidandir. Oliy maktabning moddiy-texnik bazasi ham juda zaif bo‘lib qoldi.
Respublika oliy o‘quv yurtlarida sirtqi va kechki ta’lim keng rivojlandi. Ayniqsa, 1959 yilgi maktabning hayot bilan bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi qonun asosida ta’limning bu shakllari yanada kengaydi. Respublikaning barcha institutlarida sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi.
1940 yilda sirtqi va kechki ta’lim tizimida o‘qiyotgan talabalar respublika oliy o‘quv yurtlaridagi jami, talabalarning 20 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 1966 yilda ularning salmog‘i 62 foizga etdi. O‘sha vaqtda sirtqi va kechki bo‘limlardagi talabalarning soni jihatidan mamlakatimiz birinchi o‘rinda deb maqtanish rasm bo‘ldi. Lekin bu aslida achinarli hol eli. Sirtqi va kechki bo‘limlarda ta’lim olgan talabalar ixtisosliklari bo‘yicha yetarli nazariy bilimga ega bo‘lmasdilar. Ular ko‘proq bilim olish uchun emas, diplom uchun o‘qirdilar. Bu yillarda oliy o‘quv yurtlari va ular tayyorlagan mutaxassislar soni ko‘paydi, biroq sifati pasaydi.
70-yillarga kelib respublikamizda Respublikaning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi va madaniyat talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda muayyan natijalarni qo‘lga kiritdilar. Yildan-yilga talabalar soni ortib bordi. 1971-1975 yillarda oliy o‘quv yurtlarini tug‘allagan diplomli 182 ming nafar mutaxassis kadrlar respublika xalq xo‘jaligiga etkazib berildi. Oliy o‘quv yurtlarining soni 1985 yilda 42 taga etdi.
80-yillarning o‘rtalarida respublika o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida 282 ming nafar o‘quvchi ta’lim oldi. Bu har yili necha o‘n minglab malakali mutaxassislar bilan respublika xalq xo‘jaligini ta’minlashga imkon berdi. Xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun ham ko‘plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970 yilda oliy maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil etgan bo‘lsa, bu raqam 1990 yilga kelib 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son ko‘rsatkichlari edi, xolos. Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib kelardi.

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin