Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba. Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo‘lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tlda yozilgan bo‘lib, muqaddima, ett bob va xotmadan iborat.
Asarning muqaddimasida uning maqsadi sifatda insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi takidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo‘lmasa, nafaqat o‘ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltradi:
Adabsiz na o‘zi uchun yomonlik qiladi,
Balki butun dunyoga o‘t qo‘yadi.
“Odob as-solihin” asarida bayon etlgan botniy va zohiriy qoidalar:
1. Salomlashish va ruxsat so‘rash odobi.
2. Muloqot odobi.
3. Uxlash va yo‘l yurish odobi.
4. Suhbatlashish odobi.
5. Er-xotn odobi.
6. Tozalik qoidalari.
7. Mehmon kutish odobi.
8. Ziyofat va ovqatlanish odobi.
9. Safar qoidalari.
1917 - 1990 yillarda o‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji
Turkiston o‘lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 yy). 1917-yilgi fevral voqealari va oktyabr davlat to‘ntarishidan so‘ng Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o‘zgarish yuz berdi.
Turkiston o‘lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog‘ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Ammo O‘zbekiston hududida ma’naviyat va madaniyat 1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to‘siqlar va buzg‘unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya mustamlakasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo‘lmish Munavvar Qori, Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G‘ozi YUnus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo‘sag‘asida tug‘ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq YUnusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Mo‘min, Mahmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif soxalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo‘naltirilgan ijod bilan shug‘ullandilar.
Tashkil bulayotgan maorif tizimi, boshqa soxalar uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar tayyorlash choralari ko‘rildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918-yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920-yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, o‘quv qurollari etkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulteti (rabfak)da kambag‘al tabaqaga mansub kishilar o‘qigan. Erli xalqlar vakillari ularga kam katnagan.
Toshkentning Eski shaharida, Qo‘qon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920-yildan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. 1925-yilga kelib O‘zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta o‘sgan.
1924-yilda Qo‘qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenta Qori-Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari etishib chiqdi.
Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o‘qib kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko‘rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o‘qishga junatildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o‘quvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning axvoli, o‘qishlaridan ogoh bo‘ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o‘qidilar, mutaxassislar bo‘lib etishdilar. Afsuski, o‘z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatag‘oniga uchradi.