OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“70110601 - Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika)”
II bosqich magistranti
ESHMIRZAYEVA GULMIRA JO’RA QIZIning
Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi Fanidan
Oliy ta’lim o’quv mashg’ulot shakllari mavzusidagi
1-amaliy mashg’ulot referati
2022- 2023
Reja:
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘I “oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. asosiy qoidalar” o‘zbekiston respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida.
Oliy maktabda ta’limning shakl - usullari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG‘I
“OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI. ASOSIY QOIDALAR” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 43]
(O'z DSt 3556:2021)
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
35-2021-son Vazir A. TOShKULOV
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 19-oktabrdagi 35-2021-son buyrug‘iga
ILOVA
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining hajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga tengdir.
Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi haftasiga:
kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 32 akademik soat oraligida;
reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayoni amalga oshirilayotganda 22 — 36 akademik soat oraligida belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki) o‘qish shakli uchun bir haftada odatda besh kun, auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 20 soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shaklining kamida 30% etib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun o‘qishning me’yoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:
* Kunduzgi o‘qish shakli tayanch sifatida olinadi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki, sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun kreditlar miqdori kunduzgi o‘qish shakli kreditlariga mos qilib olinadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 85 % umumkasbiy va ixtisoslik (maxsus) fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
O‘quv rejalaridagi majburiy va tanlov fanlari bloklarining hajmini ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv rejani ishlab chiqaruvchi oliy ta’lim muassasasi belgilaydi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Kredit tizimi xalqaro tamoyillariga asoslanib fanlar katalogini tizimlashtirish va maqbullashtirish maqsadida o‘quv rejalarda kreditlar kurs va semestrlar bo‘yicha taqsimotini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi:
Dostları ilə paylaş: |