Pedagogika universiteti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/2
tarix30.11.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#71343
növüReferat
1   2
1-a.m. referat

Magistratura.
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining hajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilanadi. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga tengdir.
Reyting (baholash) tizimi asosida ta’lim jarayonini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 akademik soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 akademik soat qilib belgilanishi lozim.
O'qishning me’yoriy muddati quyidagicha taqsimlanadi:

O‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:



Ilmiy faoliyat magistratura ta’lim oluvchilarining yakka tartibdagi taqvimiy ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash — 60 — 75 %;
ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti — 25 — 40 %.
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 95 % umummetodologik va mutaxassislik fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov fanlari bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
Magistratura mutaxassisliklari talabalarining ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash tartibi va malaka amaliyoti (tajriba orttirish)ni o‘tash tartibi oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Oliy maktabda ta’limning shakl - usullari
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Nizom»ga binoan oliy maktablarda o ‘quv mashg‘ulotlarining m a’ruza, maslahat, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi, magistirlik dissertatsiyasini tayyorlash kabi shakl - usullari joriy etilgan.
2. M a’ruza — oliy o ‘quv yurti ta’lim-tarbiya jarayonida keng qo‘llanib kelinayotgan shakl - usullardan biridir. M a’ruzalarda qatnashish majburiy hisoblanadi, unda talaba kasbiy tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan bilimlarni egallaydi. M a’ruzalar mazmunida muayyan fandagi muammolar, nuqtai nazarlar, manbalar, g‘oyalarning mazmuni ochib beriladi, umumlashtiriladi. M a’ruzalarni tinglay bilish, m uhim o ‘rinlari, asosiy g‘oyalarini yozib olish maqsadga muvofiq.
3. M a’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan talaba o ‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatiladi, ma’ruza mazmunida hali darslikka kirmagan yangi fikr va g‘oyalar, yangi nuqtai nazarlar bayon qilinadi. M a’ruza talabaga bilimlar olamiga kirish yo'llarini ko‘rsatadi. Ma’ruzachi, odatda, o‘quv dasturining butun mazmuni ni emas, balki muhim, murakkab joylarini aniqlab, uni ochib beradi, fandagi farazlarni keltirib, mustaqil fikr yuritishga undaydi, muammolar qo‘yib, uni hal qilish yo'llarini ko‘rsatadi. Ayniqsa, quyi kurslar talabaiari uchun m a’ruzalar m uhim rol o‘ynaydi, chunki ma’ruza talabani fan olamiga olib kirish bilan birga bilimlarni mustaqil egallashning manbalari, yo‘llari, vositalarini ko‘rsatadi. Professor - o ‘qituvchi ma’ruzada qarama-qarshi fikrlar, nuqtai nazarlarni aytadi, talaba manbalar ustida mustaqil ishlash, tanqidiy fikrlash yo‘li bilan ilmiy xulosalarga keladi.
4. Oliy maktabda ma’ruza o‘qish, odatda yuqori malakali, tajribali domlalar (professor, dotsentlar)ga topshiriladi. M a’ruzada hozirgi zamon fani — mamlakatimiz va chet el olimlarining erishgan muvaffaqiyatlari haqida ilmiy axborotlar beriladi.
5. M a’ruzalar kirish, mavzular bo‘yicha, umumlashtiruvchi (obzor) turlarga bo'linadi. Har bir fandan o‘qiladigan nazariy kurslar kirish ma’ruzasidan boshlanadi. Unda ushbu o‘quv kursining shu fandagi o‘rni, oliy maktabda o'rganiladigan boshqa fanlar bilan aloqasi, bog'liqligi ko‘rsatiladi; kurs mazmunida ochib beriladigan asosiy ilmiy muammolar, muhim masalalar qayd etilib, ushbu kursni o‘rganishning umumiy maqsadi, obyekti, predmeti, vazifalari bayon etiladi. Fanning metodologik asoslari va metodlari, manbalari, o ‘ziga xos xususiyatlari, amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
6. 0‘quv fanining mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar o ‘quv dasturida ko‘rsatilgan mavzularga ajratilgan vaqt (soatlar)ga muvofiq o'tkaziladi. Ularda fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida erishilgan yutuqlar, isbotlangan nazariyalar, asosiy tushunchalar, qonunlar, mavjud munozarali masalalar, nuqtai nazarlar, masalaning tarixi, erishilgan darajasi, nazariy va amaliy ahamiyati izc-hil tarzda bayon qilinadi.
7. Umumlashtiruvchi, yakuniy ma’ruzalar, odatda, nazariy kursni o‘rganishning oxirida, yakuniy davlat attestatsiyasi oldidan o‘tkaziladi. Bunda shu o ‘quv kursi tinglangandan so‘ng o‘tgan davr ichida ushbu fan olamida sodir bo‘lgan o'zgarishlar, erishilgan yutuqlar, kashfiyotlar, chop etilgan asarlar haqida axborot beriladi.
8. Amaliy mashg‘ulotlar — oliy maktabda ma’ruzalar mazmunidagi muhim masalalarni chuqurroq va puxta o‘rganish, talabalarning bilim o ‘zlashtirishi, mustaqil ishlarining sifatini aniqlash va to‘ldirish, mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlar, odatda, kichik guruhlarda olib boriladi. Bu mashg‘ulotlarni ko‘pincha assistentlar, yosh o'qituvchilar olib borishadi. Amaliy mashg‘ulotlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, talabalarning o ‘z bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan mustaqil ishlari uning sifatli o'tishini ta’minlaydi. Bu mashg‘ulotlar talabalarni mustaqil ishlash malakasini egallashga; kitob va boshqa manbalar bilan ishlash, faktlar, ilmiy axborotlar to'plash, ulami tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirishga o ‘rgatadi.
9. Seminar mashg‘uloti — oliy maktabda ta ’limning amaliy shakl usullaridan biri bo‘lib, dastur materialini jiddiy va chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Oliy ta’limning vlat ta’lim standartiga binoan bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalarida seminar va amaliy mashg'ulotlarga ko‘proq vaqt (soat) ajratiladi. Seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanish talabadan jiddiy e’tiborni talab etadi. Talaba, awalo, seminar mavzusiga oid m a’ruzani qunt bilan tinglashi, seminar rejasi bilan tanishishi, zarur adabiyotni tanlashi, tavsiya qilingan manbalarni o‘rganib, matn tayyorlashi, so‘zga chiqib gapirib berish uchun tayyor bo'lishi zarur. Bu ishlar talabadan ko‘p vaqt va mehnatni, jiddiy o'quv - biluv faoliyatini talab etadi. Seminar mashg‘uloti bahs-munozarali tarzida boMishi mumkin, bu seminar mavzusiga, darslikning bor - yo'qligiga, guruhning tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Seminarda faol qatnashish talabaning bilim o'zlashtirish sifatini oshiradi, nutq madaniyatini o‘stiradi.
10. Laboratoriya ishlari — oliy maktabda egallanadigan ijtimoiy-gumanitar, kasbiy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga xizmat etadi. 0 ‘rganilgan nazariy bilimni amalda, tajribada sinab ko'rish yo‘li bilan uni mustahkamlaydi, kasbni egallashga yo‘l ochadi. Laboratoriya ishlari tadqiqot xarakteri (tavsifi)ga ega bo‘lib, kuzatish, tajribada sinab ko‘rish yo‘li bilan masala (muammo)ga doir faktlar to'plash, ulami umumlashtirib,nazariy xulosalar chiqarishga o‘rgatadi.
11. Oliy maktabning o'quv mashg‘ulotlari jarayonida barcha talabalarning o ‘rganilayotgan fan yuzasidan bilim o ‘zlashtirish darajasini, mustaqil ishlari va tayyorgarliklarining sifatini nazorat qilish va baholash maqsadida ko‘p balli reyting tizimi; joriy, oraliq, yakuniy nazorat turlari; baholashning og‘zaki, yozma, test shakl - usullari qo‘llaniladi.
12. Malakaviy amaliyot — 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Nizom» (1998) asosida o ‘tkaziladi. Nizomda malakaviy amaliyotni o‘tkazish tartibi, shakl- usullari belgilanadi. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan malakaviy amaliyot ilg‘or korxona, muassasa va tashkilotlarda o ‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot oliy maktabda o ‘qish jarayonining ishlab chiqarish sharoitida o‘tkaziladigan davomi, tarkibiy qismidir. Malakaviy amaliyot davlat ta’lim hujjatlarida ko‘zda tutilgan shakllarda tashkil etiladi. Har bir amaliyotning maqsadi, mazmuni va muddati o‘quv rejalari hamda amaliyot dasturlarida belgilanadi. Amaliyot dasturlari tanlangan yo‘nalish, mutaxassislikning malakaviy talablari; amaliyot obyektlari — korxona, muassasa, tashkilotlarning tavsifi hisobga olingan holda o‘quv muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi, rektor tasdiqlaydi. Malakaviy amaliyotni o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasasi yaqinida joylashgan obyektlar tanlanib, shartnom a tuziladi. Malakaviy amaliyot tegishli bitim lar asosida xorijiy davlat korxona, muassasalarida ham o'tkazilishi mumkin.
13. Amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o ‘qituvchilardan tayinlanadi. U zam riy tayyorgarlik ishlarinibajaradi, talabalarning ichki m ehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat etadi, talabalarning amaliyot bo'yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, yozma hisobotni kafedra mudiri va dekanatga taqdim etadi. Amaliyot obyekti xodimlari shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajaradi.
Talaba malakaviy amaliyot jarayonida: amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘Iiq bajarishi; amaliyot obyektining ichki tartib-qoidalarini o‘rganishi va bajarishi; bajarilgan ish natijalari uchun javobgarlikni bo‘yniga olishi; kundalik daftar yuritishi; amaliyot rahbariga yozma hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi zarur.
Xulosa


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘I “oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. asosiy qoidalar” o‘zbekiston respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida.

  2. M. Ochilov, N. Ochilova. Oliy maktab pedagogikasi. © «ALOQACHI» nashriyoti, 2008 yil.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin