III kurs talabalar uchun o’quv amaliyot mazmuni 5 semestr
- Musiqa madaniyati o’qituvchisining maktabda tarbiyaviy ishlar bo’yicha, musiqa madaniyati darsi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi bilan suhbat o’tkazish, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bilan tanishish;
- o’quvchilar ishning qandaydir shaklini tanlash va tahlil qilish;
- talabalar 12 ta darsga qatnashish va tahlil qilish:
- 2 ta o’quvchi bilan individual (yakka) ish olib borish, o’qituvchiga sinfni jixozlashga yordam berish, nazariy fanlar bo’yicha amaliy topshiriqlar bajarish;
- o’quvchilar birlashmalari faoliyatini o’rganish;
- sinf ishida tarbiyaviy ishlar mohiyatini anglash;
- o’quv hodisalarni aniqlash, tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lish, ularni to’g’ri baholash;
- fanlar bo’yicha talabalar o’qituvchilarning o’quv va sinfdan tashqari ishlari bilan tanishish (tematik rejani o’rganish, darslarni kuzatish va xakazo);
- an’anaviy metodlardan foydalangan xolda o’quvchilar shaxsini kompleks psixologik metodlar yordamida o’rganish 2 ta o’qituvchining shaxsini o’rganishga oid dastur tuzish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda psixologik-o’quv materiallarni to’plash, o’quvchilarning psixologik-o’quv tavsifnomasini tuzish va “Yangi yil” va “Navro’z bayram” lariga stsenariyalar yozish;
axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy xalq kuy-qo’shiqlari, zamonaviy kuy-qo’shiqlar, kompozitorlarning ijodi, bayramlar, xamda urf-odatlari, muhim rolь o’ynashini to’la anglab yetishi kerak. SHu asosda shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirish ustuvorligi ta’minlanadi;
- o’quv faoliyatini amalga oshirishda fan bo’yicha o’quv va darsdan tashqari, ishlarning xilma-xilligi va mazmundorligini amalga oshirish kerak;
- mustaqil O’zbekiston sharoitida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dastur”da o’qituvchi shaxsiga quyiladigan talablar. O’quv bilimlar. O’quv zakovat. O’quv qobiliyat, O’quv texnika malakalarini egallashi;
- o’quv qobiliyat, qobiliyatning psixologik-o’quv tasnifi. O’quv qobiliyatning asosiy turlari. Empatiya va pertseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish;
- o’qituvchining irodasi, sabr-toqat, maqsadga intilish, o’z maqsadga intilish, o’z maqsadiga erishishiga axdiga qat’iy ishonch, o’z-o’zini idora qilish va boshqacha ta’sir o’tkazish qobiliyati; his-tuyg’usi, kayfiyatini boshqara olish, o’z zimasiga javobgarlikni ola bilish, o’zida ijobiy holatni tashkil eta olish va boshqa qobiliyatlarni avvaldan egallagan holda uni amaliyotga qo’llay olish;
- kommunikatsiya tushunchasi. Uning maqsadi, ta’sir etish usullari. Musiqa madaniyati o’qituvchisining kommunikativ ko’nikmasini kuzatish va taqvimiy ish rejalari bilan tanishish;
- o’qituvchining o’quvchi bilan muloqotga kirishishdagi ta’sir etishning asosiy usullari: ishontirish va ma’qul qilish yo’llaridan moxirlik bilan foydalanish;
- turli xildagi muloqotni tashkil etishda milliy-madaniy asoslar va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, ta’limda turli xildagi muloqotni, tashkil etishda milliy madaniy asoslar va mumuinsoniy qadriyatlar ustivorligini o’quvchilar ongiga singdirish;
- o’quvchilar bilan muloqotga kirishishda Musiqa bolalar tasavvurida, musiqa va tabiat, kompozitorlar ijodi, Musiqiy janrlar, musiqaga oid rivoyat, xikmatlardan foydalanish va musiqa ta’limida ularni tatbiq etish usullaridan unumli foydalanish;
- musiqa madaniyati o’qituvchisi bilan muloqotini to’g’ri yo’lga qo’yish, darsda va darsdan tashqari tadbirlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishib chiqish;
- darsning asosi bo’lgan qo’shiq kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlariga talabalar e’tiborini qaratish;
- musiqa madaniyati darsida nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini o’quvchilar ongiga singdirish;
- musiqiy tadbirlari rejalashtirish, olib borish mahoratini puxta egallashi.
Dostları ilə paylaş: |