O’quv amaliyotni o’tkazishnning maqsadi O’quv amaliyotning asosiy to’liq sharti ta’lim va tarbiyaning birligiga, uning mazmun va shakliga komleks yondashishga bog’liqdir.
O’quv amaliyotni o’tkazishning vazifalari: - talaba o’quv amaliyot jarayonida quydagi pedagogik-kasb mahoratlarini o’zida mujasamlashtirishi kerak;
- umumta’lim maktablarining yo’riqnomasi, umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, o’quv-tarbiya jarayonining aniq maqsadini ifodalash kerak;
- o’quv amaliyot davrida talabalar yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari, xamda umubashariy qadriyatlari muhim rolь o’ynashini to’la anglab yetishi kerak;
- o’quv amaliyot davrida talabalar yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari, xamda umumbashariy kashfiyotlari muhim rolь o’ynashini to’la anglab yetishi kerak. SHu asosda shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirish ustuvorligi ta’minlanadi;
- 1-7 sinf o’qituvchilarining individual (yakka) va yosh xususiyatlarini hisobga olgan ijtimoiy-psixologik jamoa xususiyatlari hisobga olinadi;
- maktab o’qituvchilari shaxsini o’rganish va loyihalashtirishda asosiy maqsad qilib uning tarbiyasi va ma’naviy taraqqiyoti olinadi;
- o’quv faoliyatining joriy va istiqbol rejasini amalga oshirishda fan bo’yicha o’quv va sinfdan tashqari, ishlarning xilma-xilligi va mazmundorligini amalga oshirish kerak;
- o’qituvchilarning o’quv faoliyatini turli shakl va metodlardan foydalanish (ta’lim-tarbiya vazifalarini o’z oldiga maqsad qilib qo’yish), (o’quv materiallarini tanlash, ta’lim metodining tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va ta’lim vositalaridan foydalanish va hokazo);
- o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda ishtirok etgan shaxslar bilan, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchilari, tarbiyachilari, ota-onalar bilan uzviy xamkorlikni tashkil etish kerak.
Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakul’teti musiqiy ta’lim yo’nalishida talabalarining o’quv amaliyot tizimi quyidagicha davrlarda o’tadi: 3-kurs 6 semestr 2 xafta davom etadi.
O’quv amaliyot ketma-ketlik va bosqichma-bosqich xususiyatga ega bo’lib, talabalar faoliyatini, vazifa va mazmunini navbatma-navbat murakkablashtirish xususiyatiga asoslanib qurilgan. Talabalar uzluksiz o’quv amaliyot jarayonida 1 kursda o’tilgan “O’quvning umumiy asoslari”, “Musiqa nazariyasi” va “Solьfedjio”, 2 kursda o’tilgan “Musiqa tarixi”, 3-4 kursda o’tilgan “Maktab repertuari”, “Musiqa o’qitish metodikasi”, “Musiqa o’qitish metodikasi praktikumi”, “Musiqiy O’quv mahorat”, “Psixologiya”, fanlaridan kursda o’tilgan bilimlarga tayanadi.
O’quv amaliyot dastur “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifa va qarorlaridan kelib chiqib musiqa ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan.