– 1) Chingizxon (1151-1227) tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalar to’plami. Fuqarolar yasoga, ya’ni qonun-qoidalarga qanday amal qilayotganini nazorat qilib turuvchi kichik mansabdor yasovul deb atalgan.
2) Mo’g’ul imperiyasi, xususan Oltin O’rda davlati tomonidan itoat ettirilgan xalqlardan natura bilan undiriladigan soliq turi ham yasoq deb yuritilgan.
3) Buxoro xonligida (Shayboniylar davrida) aholining mehnat majburiyati. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo’l va ko’priklar qurishga, yem-xashak yig’ishga jalb etishni nazarda tutardi. Majburiyatni o’tashga jalb etilganlar o’z mehnat qurollari bilan kelardilar, o’zlari hisobidan ovqatlanar edilar.
|