Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə49/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
Pedagogika universiteti

2-masala

Xorazmshoxlar davlati poytaxti Urganchning ayanchli qismatidan so’ng, boyliklarga o’ch, ko’zi och mug’ul jangarilari bosqinchilik safarlarini Amudaryodan janubda joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan xisoblangan Balx, Xirot, Marv va g’azna kabi shaxarlarga yo’naltiradi. Ammo bu viloyatda ular shu go’shada qaror topgan Jaloluddin Menkburnining qattiq qarshiligiga uchraydi. Jaloluddin bu o’lkada kuchli lashkar to’playdi. Dushmanga gox o’ng, gox so’l qanotdan, ba’zan markazdan hujum qilib, uning tinkasini quritadi. X,atto ikki jangda mug’ullarni mag’lub etib, ularga katta talafot keltiradi. Mugul qushinining eng atokli lashkarboshilari Jaloluddinga qarshi tura olmaydilar. U 1221 yilning yozida Parvona dashtidagi jangda mashxur mug’ul lashkarboshisini SHiki qutuxu nuyon boshlik 45 ming dushmanini mag’lub etadi. Jangda xarbiy taktika tarixida birinchi bulib Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qullaydi. Mug’ullarning Parvona dashtidagi mag’lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan CHingizxonning asosiy kuchini urushga solishga va xarbiy harakat raxbarligini uz quliga olishga majbur etadi, X,ind daryosi buyidagi janglarda Jaloluddin mug’ul askarlariga bir necha bor zarba beradi. Hatto CHingizxonning uzi tuqnashuvlardan birida jang maydonidan zurg’a qochib qutuladi. Endilikda CHingizxon o’ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloluddinning katta kuch to’plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko’radi. Mug’ullar ustidan g’alaba qozonilganidan keyin qo’lga kiritilgan o’ljalarning taqsimoti tufayli Jalo­luddinning lashkarboshilari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qushindan ajralib, o’z viloyatlari tomon azm etadilar. Bu voqeadan so’ng Jaloluddinning harbiy kuchi ancha-muncha kuchsizlanib qoladi.Fursatdan foydalangan CHingizxon g’aznaga lashkar tortadi. Jaloluddin esa urushsiz chekinib, Xind daryosi qirg’oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo’yida 1221 yilning noyabrida ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Mug’ullarning pistirmalarga qo’yilgan 10 ming nafar saralangan lashkari jangning oqibatini xal qiladi.

Jaloluddin Menkburn taslim bo’lishni va o’z oilasining mug’ullar qo’liga tushishini xohlamay rafIIqasi, onasi va bolalarini tik qirg’oqdan daryoga uloqtirib, o’zi esa otda Hind daryosining narigi qirg’og’iga suzib o’tib, ko’zdan g’oyib bo’ladi. U bilan birga uning to’rt ming askari xam qutulib qoladi. Dushmanning jasoratiga qoyil qolgan CHingizxon hatto uni ta’qib qilish fikridan ham qaytadi. Jaloluddin yana o’n yil davomida mug’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Kavkaz ortida kuchli davlat barpo etmoqchi bo’ladi. Ammo bu o’lkada xam maxalliy xokimlar va feodallar o’rtasidagi nizolar uning bunday orzusini ro’yobga chikarishga tusqinlik qiladi. SHunday qilib, buyuk sarkarda Jaloluddin Menkburni va uning jangovor kuchini tashkil qilgan fidoiy safdoshlari, garchi Vatan taqdiri yo’lida o’z xayotlarini tikib, kuch jixatdan bir necha o’n barobar ortiq bo’lgan dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning iloji bulmadi, chunki fursat boy berilgan edi. Eng so’nggi xorazmshohning xukmdorligi shu tariqa 1231 yilda tugaydi. SHu Bilanbirga, qariyb 1,5 asr xukmronlik qilgan buyuk xorazmshoxlar davlati va uni boshqargan xonadon batamom xalok bo’ladi. SHubxasiz, mamlakat sultoni Muxammad xorazmshohning o’z yurti va fuqarosi oldidagi burchi va mas’uliyatiga nisbatan befarq qarashi, qo’rqoqligi, dushmanga qarshi barcha kuchlarni birlashtirib unga boshchilik qila olmagani, hukmronlar doirasida xukm surgan fitna va ig’volar, lashkarboshilarning beboshligi, tarqoqligi va sotqinligi oqibatida CHingizxondek yovuz dushman bosqiniga bardosh bera olmay SHarqdagi bu ulkan davlat batamom barxam topadi.

Transaksoniya va Xurosonning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi natijasida shaharlar vayron bo‘ldi. Madaniy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Musiqachilar, xonandalar va aktyorlar boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo‘lishgan. Bu yerda iqtisodiy va madaniy taraqqiyot XIY asrdan o‘z iziga tusha boshladi69.



Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin