Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə45/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
Pedagogika universiteti

So‘fiylik ta’limoti. Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf- sufiylik ta’limoti rivoj topadi. Sufiylik islomdagi falsafiy diniy oqimligi to‘g‘risida o‘rta asr manbalarida qayd qilingan. Voiz Koshifiy «Futuvatnomai sultoniya» asarida bu sufiy tushunchasi qad imiy bo‘lib, Odam alayhissalom o‘g‘illari Shish alayhissalom davrida paydo bo‘lganligi haqida bayon etadi.

Rus olimi I.M. Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo‘lgan qo‘lyozma manbalarda «sufizm» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan. Nasafiyning Xoji Axmad Yassaviy risolasida ham islom dinida «sufiylik oqimi, darveshlar payg‘ambar zamonasidayoq vujudga kelgan» deyiladi. Abdulhakim Shar’iy Jurjoniy «Tasavvuf ta’limotining ildizlari» maqolasida tasavvuf so‘zi «suf», ya’ni kiyimni kiymok, sufiy bo‘lmoq va shuningdek haq yo‘lidan yuruvchi bo‘lmoq ma’nolarida qo‘llaniladi. Tasavvuf so‘zi bir istiloh (atama) sifatida uning payrovlari aqidasiga binoan nafsni pokizalash natijasida inson qalbida haqiqat yog‘dusi porlay boshlaydi» deydi. Uning fikricha, tasavvuf va irfon tushunchalari bir-biriga yaqindir. Shu tufayli har ikkala so‘z bir ma’noda ham ishlatiladi.

Doktor Javod Nurbaxsh «Sufiylar behishtida» asarida tasavvufni so‘z biln ifodalab bo‘lmasligini, so‘z bilan ifodalanuvchi narsa tasavvuf emasligini yozadi. Uning fikricha, tasavvuf- ishq ozuqasi va taxdid yo‘li bilan haqiqatga olib boradigan tariqatdan iborat deydi.

IX –XII asr ma’naviy hayotida islom dini muxim rol o‘ynadi. Bu davrda musulman Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab halifaligining bosqinchilik siyosati natijasida o‘zining barcha huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Movarounnaxr aholisi, o‘z e’tiqodi va xat-savodidan maxrum bo‘lib, islom dinini qabul qilishga, shariat arkomlarini bajarishga, shuningdek arab tili va yozuvini o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ko‘p vaqt o‘tmay e’tiqodli xalq arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishdi. Masjid va xonakohlar savod maktabiga aylanib, imomu mutavallilar ustozi mutakallim vazifasini bajardilar.

Biroq shunisi, e’tiborliki, Movarounnaxr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi hamda fan va davlat tili deb hisoblangan arabiy tilni mukammal o‘rganib, bu o‘zga tilda asarlar yarata oladigan olim u mutafakkirlarning yetishib chiqishi uchun kariyib bir yarim asr, ya’ni besh avlodning umri sarf bo‘ladi. Shunday bo‘lsa -da, bu davr Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Abdullox Xorazmiy, Ibn Sinodek buyuk allomalar bilan bir qatorda islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ismoil Buxoriy, Iso at-Termiziy va Burxoniddin Marginoniy kabi ulamolarni kamolatga yetkazdi.

Movarounnaxr va Xurosonda halifalik hukmronligi tugatilib, mustaqil Somoniylar. Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati qaror topgach, islom ta’limoti shariat arkomlar va ilmu ma’rifatga yanada e’tibor kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki madrasa X asrda Buxoroda Kovushdo‘zlar timi yaqinida bino qilingan. U Furjak madrassasi deb yuritilgan. XII arda Buxoroning Darvoza mahallasida qonunshunoslar uchun maxsus «Fiqxlar madrassai» qurilgan . Bunday oliy ilmgohlarda asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari: Kur’on, Xadis va arab tilini mukammal o‘ganishga katta e’tibor berilgan. Shariat arkomlarini har tomonlama chuqur o‘rganishda «Tafsir» - Kur’oning sharxlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqx fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat arkomlari borasida tafsir batafsil taxlil etilgan. Bu davrda Abu Jafar Tabariy tomonidan arab tilida Kur’oni karimning 14 jildlik «Tafsiri Tabariy» nomli izohlari yoziladi. Somoniylar hukmdori Mansur ibn Nuxning farmoniga binoan 962 yilda Buxoroda «Tafsiri Tabariy» arab tilidan fors tiliga tarjima qilinadi.

Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kengayishida ayniqsa, Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko‘p yetuk fiqxshunos olimlar, odil qozilar, zoxid imomlar yetishib chiqqan.

Buxoro aholisining ilmli bo‘lishida, Buxoroda ilmning keng tarqalishida, imom va ulamolarning xurmatli bo‘lishida Abu Xafs Kabir Buxoriy ismli mashhur fiqxshunos olimning xizmati nihoyatda katta bo‘lgan. Narshahriyning yozishicha, shu olim tufayli Buxoro «Kubbat ul-Islom», ya’ni «Islom dinining gumbazi» deb atalgan.

Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan mafkuraviy qurol sifatida foydalanadi. Mafkuraning barcha sohalari islomga tobe qilinib, zardushtiylik e’tiqodi qoldiqlariga qarshi shafqatsiz kurash olib boriladi. Mehnatkash aholi ustidan jabr-zulm zo‘rayib, har qanday xurfikrlilik ta’qib ostiga olinadi. Buning oqibatida zaxmatkash xalqning tashvish va azobi ortib hayoti g‘oyat og‘irlashadiki, uning noroziligi oshadi. Mana shunday g‘oyat mushkul sharoitda jabrdiyda xalq dardu alamiga malhamni tasavvufdan qidiradi.

Tasavvuf, ya’ni sufiylik, umuman tarzda aytganda, poklangan, zoxid taqvodorlik ma’nosini anglatuvchi xalqparvar tariqat bo‘lib, u o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Feodal davrning bu diniy-falsafiy oqimi datavval IX asrda Iroqda yuzaga keladi. U jabrdiyda ommaning zulm va nochorlikka qarshi noroziligini ifodalaydi. Tasavvuf xususiy mulkchilik hamda boylik va kambag‘allikning vujudga kelishini adolatsizlikning oqibati deb qaraydi.

Bu oqim Movarounnaxrga Eron orqali kirib keladi. Uning yoyilishi o‘rta asrlarning mutafakkirlari Hakim at- Termiziy, Abu Hamid G‘azzoliy, Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Axmad Yassaviylarning nomlari bilan bog‘liqdir. Bu tariqat asosan shahar va shahar atroflarida yoziladi. U hayot bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, izdoshlaarini mehnatga, kasb-xunar egallashga da’vat etadi. Shu boisdan bu tariqat og‘ir ijtimoiy va iqtisodiy ahvoldan qutulish uchun tasavvufdan yo‘l axtargan jabrdiyda ommaning talablariga ma’lum darajada javob berar edi. Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va unng kamoloti yotadi. Unda kishining har bir nafasida ong, aql-idrok bo‘lmog‘i, bosgan har bir qadamida diqqat e’tibor solmog‘i, u Vatan ishi bilan band bo‘lmog‘i, xalq bilan aloqada birga hayot kechirmog‘i kerak, deb uqtiriladi.

Tasavvufning tariqat yo‘llari g‘oyat keng bo‘lib, turli davrlarda Turkiston va Movarounnaxrning turli o‘lkalarida bu ta’limotning turli xil yo‘nalishlari vujudga keladi. XII asrda Turkistonda yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda kubroviya, XIV asrda es Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. XII asrda Movarounnaxrda keng yoyilgan tasavvuf yassaviya tariqati bo‘lib, unga Axmad Yassaviy asos soladi. Tasavvufning asoslari Yassaviyning mashhur «Hikmat» asarida bayon etiladi. Bu asar o‘rta asr o‘zbek adabiyotining noyob yodgorliklaridan bo‘lib, unda islom ta’limoti, islom falsafasi va tasavvuf bilan uzviy bog‘langan Yassaviyning dunyo qarashlari bayon etilgan. O‘z davrining ijtimoiy tartiblari, dehqon, hunarmand va chorvadorlarning hayotining bilimdoni bo‘lgan Yassaviy o‘z «Hikmat»larida islom dinining qonun-qoidalari, urf-odatlarining majmua-shariatini, tasavvuf maslagi- tariqatni, kamolot asosi –Ma’rifatni va unga erishmok yo‘li-haqiqatni targ‘ib qiladi. Axmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi, ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Bu kamolot yo‘li sari to‘rt bosqich bo‘lib inson hayoti va faoliyatining asl mohiyatini tashkil etadi.

Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g‘oyasi olga suriladi. Unga faqat foniy dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat faqat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, ammo inson zoti sharaf darajasida ulug‘lanadi, uning har qanday mol-dunyodan va adovatdan uzoq turishi ta’kidlanadi. Yassaviy tariqatining xalqchilligi va «hikmat»lardia mehnatkash ommaning azob-ukubatlari va orzu-umidlari o‘z ifodasini topani uchun u avlodalar muxabbati va xurmatiga sazovor bo‘lib, uning sheri pandu nasixatlari asrlar osha xalq og‘zidan tushmay keladi.

Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (11145-1221) edi. U Xorazmda sufiylik maktabini ochib, «kubroviya» tariqatiga aos soladi. U «Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jalolining muattarlari va kamolotning egalari»), «Al-usul-al-ashara» («Unta qonun va qoidalar») nomli qator risola va asarlar yozib, tasavvuf ta’limotini yanada rivojlantiradi. Kubroviya tariqatining asosini «tavba», «zuxr» (mol-dunyodan voz kechish), «tavakkal» (ollox yo‘lida)» “qanoat” , «uzlat», «zikr», «tavajjux», «sabr», «murakaba» (kamolot topish) va «rido»(xalqka yetishish) kabi qonun-qoidalar ifodalaydi. Yassaviya tariqatidan farqli o‘larok, kubroviya ta’limoti tarkidunyochilikni rad etadi. Unda kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu noz-ne’matlaridan baxramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubrovya ta’limoitda xalqka va Vatanga bo‘lgan muxabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Bu muqaddas g‘oya yo‘lida Najmiddin Kubro qiliga qurol olib, o‘z shogird va izdoshlarini orqasidan ergashtirib shahar aholisi bilan bir safda turib dushmanga qarshi g‘azotda qatnashadi. Shahar ichida bosqinchilar bilan bo‘lgan shiddatli jangda bu ulug‘ shayx o‘z safdoshlari bilan shahid bo‘ladi.

Tasavvuf XIV asrda Naqshbandiya ta’limotida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. «Naqshband» uning tahallusi bo‘lib, uning asl ismi Muhammad ibn Burxoniddin al-Buxoriydir. U 1318 yilda Buxoro yaqinida Qasri Xindivon qishlog‘ida matolarga Naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligidan o‘qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishga puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan, so‘ngra o‘z kasbida maxoratga erishib, dovrug‘ qozongan. Ayni zamonda o‘z davrining atoqli shayxlari Xoja Muhammad Boboiy Samosiy, Amir Sayyid Kulol va boshqalardan odobi tariqatdan ta’lim oladi.

Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil ul-oshiqin» nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Tarixda bu tariqat «Naqshbandiya» nomi bilan shuxrat topadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Bahouddin tariqati asosida toat-ibodat va mehnat bilan kamol topib, Olloh visoliga yetishish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‘llari yotadi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-exson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Uning «Dil ba yoru dast ba kor» (Dil yor bilan, qo‘l esa ishda bo‘lsin), ya’ni Ollohni o‘zinga yor bilu, ammo mehnat qilishni unutmagin, degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad

Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin