Pedagogika


Adabiyotlar bilan ishlash, umumlashtirish kо‘nikmasi



Yüklə 49,63 Kb.
səhifə2/10
tarix23.06.2022
ölçüsü49,63 Kb.
#62170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kur ishi FARANGIZ

6.Adabiyotlar bilan ishlash, umumlashtirish kо‘nikmasi: talaba magistrant adabiyotlarga fikrlarni birlashtira olgan. Ularni bitta iqtibosda keltira olgan.


Ilmiy rahbar______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi, ish joyi)
«_____»____________2022 y.
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….2-5
ASOSIY QISM:

  1. Zamonaviy konsultant faoliyatning psixologik xususiyatlari………5-13

  2. Zamonaviy psixolog kasbining xususiyatlari……………………..…14-20

  3. Zamonaviy konsultant shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar…...….20-27

XULOSA…………………………………………………………………..28-29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………30

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi rivojlangan dunyoni ba’zi kasblarsiz xatto tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday kasblardan biri psixolog kasbidir. Boshqacha aytganda, kontultant- psixolog. To’g’ri, ijtimoiylashuv, texnikaviy rivojlanish, ma’lumot bazasining katta ekanligi bugun o’z-o’zini yangilash va yaxshilashga, o’z-o’zining rivojlanish bosqichida ko’tarilishga ehtiyoj sezmoqda. Shunday ekan, hayotimizda psixologlarning, konsultantlarning hamda moivatorlarning paydo bo’lishiga sabablar juda ko’p.
Psixologga, asosan, o'z-o'zini bilishga intilayotgan odamlar boradi. Bundan tashqari, odam surunkali shikastlanishlar va komplekslardan xalos bo'lishga qaror qilganda, ruhiy holatlaridagi o’zgarishlarni sezganda, kimningdir ruhiy daldasiga ehtiyoj sezganda psixolog qabuliga boradi . Psixolog kasbining afzalliklari:
-shaxsiy hayot sifatini yaxshilash;
-odamlarning xatti-harakatlari, harakatlari, his-tuyg'ularining psixologik0 mexanizmlarini tushunish;
-tan olish: odam yolg'on yoki haqiqatni gapiradi;
-odamlarning yoshi, jinsi xususiyatlarini bilish;
-mijoz bilan muvaffaqiyatli ishlashda o'zini o'zi qondirish va quvonch;
-doimiy professional o'sish.
Psixolog sifatida ishlash har doim ham ijobiy natija emas, balki ba’zida salbiy holatlarni ham keltirib chiqaruvchi jarayondir. Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yo'naltirilgan davlat muassasalarida ishlash, mehribonlik uylarida xizmat ko'rsatish o'ziga xos bo'lib, o'z faoliyatiga missiya sifatida katta fidoyilik va qarashni talab qiladi, ammo bu ham boshqa kasblarga qaraganda mas’uliyatliroq hamdir . Mutaxassislikning boshqa kamchiliklari:
- hammaga ham yordam bera olmaydi;
- suisid bilan ishlashga to’g’ri kelganda, yoki shunga bo’lgan moillik erta aniqlanmagan holatida esa zamonaviy konsultatn o’z maqsadia erisha olmasligi, ya’ni mijozga yordam bera olmasligi;
-boshqa odamlarning hayoti va muammolari o'zlarinikidan ko'ra ko'proq narsani egallay boshlaydi;
-depressiya, o'zidan uzoqlashishni o'rgana olmaslik va hamma narsaga o'z-o'zidan yo'l berish zamonaviy konsultantning umumiy shartlaridan biri;
-manipulyatsiya usullari odamlarga nisbatan kuch va ustunlik tuyg'usini yaratadi.
Kasbiy faoliyatga moslashuvning individual shakllarini tahlil etish kengligi va psixolog noprofessionalizmi fenomeni psixologik jabhasi kasbiy dezadaptasiya, shaxsdagi deformatsiya yoki "yonish" shuningdek, uzluksiz kasbiy ta'lim jarayonidagi ma'lum nuqsonlar, kasbiy tajribaning yetishmovchiligi sifatida qarash mumlcin. Bevosita professionalizm kategoriyasi bilan psixik sifatlar yig‘indisi, mustaqil va mas'uliyat bilan harakat qilish imkoniyatini beruvchi psixik holat, inson tomonidan ma'lum mehnat funksiyalarini bajarish malakasiga ega bo‘lish sifatida ta'riflanuvchi professional kompetentlik tushunchasiga bog‘liq. Binobarin, shaxslilik tayyorgarligining bunday darajasi kasbni qabul qilish, ma'lum tadqiqotlarga tayangan holda individual-shaxslilik moslashuvining yuqori darajasi ta'minlanar ekan, professional kompetentlikni mehnat subyektining mustaqil va mas’uliyat bilan harakat qilishi, subyektning faoliyatga, kasbiy-shaxslilik moslashuvining yuqori darajasini saqlagan holda ma'lum mehnat vazifalarini bajarish qobiliyati va malakasiga ega boiish imkon beruvchi psixik sifatlari yig‘indisi, psixik holati sifatida ta'riflaymiz. Mazkur kasb klinik buzilishlarga ega bo‘lmagan, biroq psixologik yordamni izlagan insonlar ehtiyojiga javoban yuzaga kelgan. Shuning uchun psixologik konsultatsiyada, biz avvalambor kundalik hayotda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan odamlarga to‘qnash kelamiz. Muammolari spektri juda keng bo‘lib, ishlash joyidagi qiyinchiliklar (ishxonadagi qiyinchiliklar, o‘z ishidan yoki kasbidan qoniqmaslik, shaxslararo nizolar, ishdan bo‘shash ehtimoli), shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar va oiladagi kelishmovchiliklar, maktabda o‘zlashtirmaslik, o‘z o‘ziga ishonchning yetishmasligi, o‘zini o‘zi baholash tizimining pastligi, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlar, shaxslararo munosabatlarga kirishish va qo‘llab-quvvatlashning murakkabligi va h.k.lardan iborat. Boshqa bir tomondan psixologik konsultatsiya psixologik amaliyotning nisbatan yosh sohasi sifatida hozircha jiddiy belgilangan chegaralarga ega emas, uning doirasiga turli tuman muammolar kiradi.

Yüklə 49,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin