Pedagogika


Kurs ishining o’rganilganlik darajasi



Yüklə 49,63 Kb.
səhifə3/10
tarix23.06.2022
ölçüsü49,63 Kb.
#62170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kur ishi FARANGIZ

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: Zamonaviy konsultatsiya masalasida qimmatli uslubiy ma'lumotlar G‘. Shoumarov, U. Qodirov, I. Xojibayevlaming "Oilaga psixologik yordam ko‘rsatish asoslari" kitobida to‘liq o‘z ifodasini topgan [7]. So‘nggi yillarda psixologik konsultatsiya tibbiyot psixologiyasiga ham shahdam qadamlar bilan kirib keldi. Psixosomatik kasalliklar ko‘rinishlarining ortib borishi, har bir kasallik orqasida psixologik muammoning mavjud bo‘lishi, xavotirlanish va qo‘rquv somatizasiyasi muammolari tibbiyot muassasalarida ham zamonaviy psixologik konsultatsiyani yo‘lga qo'yishni taqozo etmoqda. Bir qator mualliflar fikricha, tibbiyot muassasalarida psixolog faoliyati ikki qutbli bo‘lib, bir tomoni psixologik konsultatsiya, ikkinchi tomoni esa psixoterapiyadan tashkil topadi [2,3,6].
Kurs ishining vazifalari: Kur ishini yoritishda bir nechta aniq vazifalarni qo’yib oldik:

  • Zamonaviy konsultant kim va unga qo’yiladigan talab qanday degan savolga javob berish;

  • Zamonaviy konsultatsiyaga murojaat qiluvchilar bilan ishlash kompotentligini shakllantirish;

  • Zamonaviy konsultant shaxsiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;

Kurs ishining obyekti: Zamonaviy konsultant va unga qo’yiladigan talablar.
Kurs ishining predmeti: Zamonaviy konsultantdagi talablarni ularning mavjud komponentlarida shakllantirish.
Kurs ishining maqsadi: Zamonaviy konsultantga qo’yiladigan talablarni o’rganish.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi: kurs ishi kirish, uchta bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
1.Zamonaviy konsultant faoliyatning psixologik xususiyatlari
Pedagogik faoliyat zamonaviy konsultatnning o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
I – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga etkazib bera oladi;
II – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.
III – (o‘rta) lokal modellashtirilish: zamonaviy konsultatn fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
IV – (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; zamonaviy konsultatn o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.

V – (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.


Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. YOrdamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani etkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoliyatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining sub’ekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.

Yüklə 49,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin