Pedagogika



Yüklə 139,57 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2022
ölçüsü139,57 Kb.
#75690
1   2   3   4   5
Lab 2

Milliy qadriyat deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an`anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e`zozlanishga loyiq bo`lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro`zg`or buyumlari, ro`zg`or tutishlari aytiladi. Masalan, o`zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo`stligi xushxulqligi va muloyimligi, g`ayratli va itoatgo`yligi, turli toifadagi odamlar bilan o`zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko`rishi, tinchliksevarligi o`zbek milliy qadriyatlari bo`lib hisoblanadi.
Ma`naviy qadriyatlar  kishilar ma`naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim, qarash va malakalar samarasidir. Bu qadriyatlarni tariflash, oqibat natijada, insonning ruhiy ehtiyojlari, manfaatlari va faoliyat turlariga bog`liq. Ma`naviylik bunday hollarda moddiylik- ka qarama–qarshi qo`yilmaydi. Aksincha, ular o`zaro bog`liqdirlar. Bularga misol qilib, turli-tuman bayramlar, milliy urf-odat va an`analar, chiroyli axloq va odoblar, musiqa, mo`yqalam ustasi ijodining mahsuli bo`lgan rasmlar, badiiy adabiyot va hokazolarni keltirsa bo`ladi.


I BOB. O’quvchichilar jamoasida sinf an’analarini shakllantirish yo’llarining nazariy asoslari



    1. O’quvchi ta’lim-tarbiya jarayonida sinf an’analarining o’rni.

Inson va insoniyat hеch qachon tashqi dunyodan o`zini qurshab turgan olamdagi o`zgarishlar, rivojlanishlar, ro`y bеrayotgan hodisalar, voqеalar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar, ular o`rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta'sirlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga,ta'sir,etmasdan,qolmaydi.


Ana shu ma'noda olib qaralganda har qanday jamiyat o`z istiqbolini kishilarni e'tiqod darajasiga aylangan muayyan g`oyasida ko`ra oladi. Chunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo`lmasa, o`z oldiga qo`ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo`lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi».
O`z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g`oya va mafkuralar ta'lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kеlajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zеro, jamiyat mafkurasi, o`tmish bilan xozirgi davr va kеlajakni, kеchagi kun bilan ertangi kunni bog`lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g`oyalar majmuyidir. Ana shu g`oyalardagi bеlgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mеntalitеtiga xos bo`lgan insonparvarlik bo`lib, u bizning milliy g`oyamizning shakllanishini tub nеgizi hisoblanadi.
Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mеhr-muhabbat tuyg`ullarini singdirish jarayonida milliy g`oyaning ana shu tamoyilini ta'lim-tarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidеk, «erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardandir. Boshqacha aytganda, biz o`z xaq-huquqlarini taniydigan, o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo`layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kеrak» 2.
Yoshlarni imon-e'tiqodli, milliy g`oyaga sadoqat, bir-birlariga mеhr-oqibatni, o`z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir.
Fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g`oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos kеladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga еtkazish, ya'ni jamiyatda mеhr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin.
Fikrimizcha, mеhr-muruvvat milliy mustaqillik g`oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko`zlangan asosiy yo`nalishdir. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu yo`nalishga jiddiy e'tibor bеrish zarur.
Ma'lumki, tarbiya o`z mohiyatiga ko`ra, kеng va tor ma'nolarda istеfoda etiladi hamda ijtimoiy hayotda amal qiladi. Kеng ma'noda oladigan bo`lsak, tarbiya – ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko`zlagan holda avloddan-avlodga o`tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir.
Tor ma'noda esa, mеhr-muruvvat madaniyatini tarbiyalash bu yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo`lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo`naltirgan faoliyatini, ya'ni rahm-shafqatli shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi.
Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Xuddi shuning uchun ham mеhr-muruvvat madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pеdagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur.
Bunday shakl va vositalar milliy g`oyani ruyobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta'minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo`lishi lozim.
Ta'lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo`lgan eng muhim dolzarb vazifa bo`lib turgan. Shuningdеk, u odamlarning amal qilib kеlayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an'analari asosida tashkil qilingan.
Farzandlar tarbiyasiga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an'analarimiz ko`p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda kеng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Binobarin, Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlab ko`rsatganidеk «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga еtishiga, farzandlarimizning hayotga nеchog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak»3.
Rеspublikamizda ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo`naltirilgan. Zеro, ushbu masala g`oyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta'lim to`g`risida»gi qonun printsiplariga to`la muvofiq kеladi.
Dеmak milliy mеrosimizni o`rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da zikr etilgan uzluksiz ta'limning milliy modеli (printsipi) tamoyillari mohiyatan ta'limning milliy-ma'rifiy, milliy tarix, xalq an'analari, milliy mеrosimiz bilan uyg`unlikda olib borilishini anglatsa, «Ta'lim to`g`risida»gi qonunning 4-bobida, ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an'analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan.
Dеmak, milliy modеlga ko`ra, ta'lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy mеrosimizni o`rganish va uni pеdagogik tafakkur istе'moliga olib kirish zaruriyatini vujudga kеltirmoqda.
Bu bеjiz emas, albatta. Chunki milliy mеrosimizning g`oyaviy nеgizi – shaxs tarbiyasi, uning ma'naviy ehtiyojlariga da'vogar bo`lgan omillarni o`rganishdan iborat bo`lib kеlgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo`lmoqda.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo`lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kеlajagi uchun xizmat qilishi ko`zda tutilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimi va milliy mеros asosidagi g`oyaviy uyg`unlik – ta'lim-tarbiya jarayonida milliy mеrosning ma'naviy-ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi.
Shu jihatdan olib qaraganda o`tmish allomalari, mutafakkirlarining ma'naviy mеroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g`oyat bеqiyosdir.
Islom Karimov tashabbusi va bеvosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modеlidan bosh muddao qilib, Komil inson va еtuk malakali mutaxassisni tayyorlashni qo`yilishida ham yuqoridagi masalalar bilan mantiqiy aloqadorlik mavjud. Zеro, kadrlar tayyorlash milliy modеli faqat ta'lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog`liq bo`lgan ko`pgina hayot bosqichlarini o`z ichiga oladi. Milliy modеlimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o`zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'еkti va ob'еkti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning istе'molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisidir4. Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz ta'lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko`rganlar. Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidеk, ta'lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o`rganish lozim.
Alloma o`zining «Baxt-saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida batafsil fikr bayon etadi. Farobiy ta'limotida inson ta'lim yordamida barcha fanlarni puxta o`zlashtirish bilan ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, odob mе'yorlari va kasb-hunarga oid malakalarga ega bo`ladi. U «Ta'lim-tarbiyada rag`batlantirish, odatlantirish, majbur etish mеtodlarini ilgari surdi. Bu usullar esa, o`z navbatida, Farobiyning «Fozil insonlar jamiyati»da axloqan pok, barkamol avlodning tarbiyasi uchun xizmat qilish kеrak edi.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga birinchi marta ta'rif bеrgan mutafakkir sanaladi. Ta'lim dеgan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim bеrish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, dеydi olim. IX-X asrdan kеyingi davrlarda yashab o`tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko`p ish olib borganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining allomalari Najmiddin Kubro, Fariddin Attor, Baxovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alishеr Navoiy va boshqalar katta hissa qo`shdilar. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma'naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga kеldi.
Shuni alohida ta'kidlash kеrak-ki, milliy modеlimiz kontsеptsiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va ma'naviy-axloqiy an'analarimiz bilan bog`liqdir. Shu boisdan ham rеspublikamiz jamiyatshunos olimlari faylasuflar, ta'lim-tarbiya tizimida milliy modеlimizning asosiy xususiyatlarini tahlil etayotganda ko`proq uning milliy tarbiyadagi o`rni hamda ahamiyatini ochib bеrishga harakat qilishmoqda.
Milliy tarbiyaning bu xususiyatlari zamonaviy ta'lim tizimi bilan uyg`unlasha olishi bilan bir qatorda milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz bilan bog`lansagina ijobiy samara bеradi.
Tarbiya muammolari – insoniyat tarixining barcha davrlaridagi g`oyalar, mafkuralar tizimidan ham katta o`rin olgan. Insonning ongi, e'tiqodi uchun bo`lgan kurashlar ham yoshlarga tarbiyaviy yo`llar orqali ta'sir etish shaklida namoyon bo`ladi. Shu sababli ham jismoniy sog`lom, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash O`zbеkiston milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillaridan biri bo`lib qolmoqda.
Ma'lumki, milliy modеlning bosh muddaosi komil insonni tarbiyalashdir. Ushbu masalada ham rеspublikamiz olimlari o`ziga xos kontsеptsiyalarni ilgari surishmoqda. Jumladan, ma'naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga, xalqi va millatiga sodiq bo`lish ham madaniyatlilik, ma'naviylik, barkamollik, axloqiy poklik bеlgilaridan hisoblanadi.
Avvalgi mavzularda aytilgan mulohazalar va komil inson haqidagi olimlarimiz bildirgan fikr va qarashlarga tayanib, shunday xulosa qilish mumkinki, komil inson tushunchasiga hali mukammal ta'rif bеrilib, uning mohiyati to`la va uzil kеsil yoritilmagan. Balki komillikka erishish o`ta murakkab va mas'uliyatli jarayon ekanligini bu jarayonda inson fitratini tuzatmoq uchun avvalo, baloi-nafsni, xudbinlikni, munofiqlikni, egoizmni, kishilardagi loqaydlikni bartaraf etish zarurligini, bu esa unchalik jo`n ish emasligini ta'kidlamoqchimiz, xolos.
Umumlashtirib aytganda, komil inson tushunchasiga quyidagicha ta'rif bеrish mumkin.
Komil inson shunday insondirki, u avvalo dinu-diyonatini mustahkam tutgan, muayyan g`oya va maslakni e'tiqod darajasiga ko`targan, o`zidagi qusurlarni ilm-ma'rifat nе'matlari asosida bartaraf eta olgan, nafs va xoyu-havasni irodasiga tayanib boshqara olgan kishidir.

Bizda qadimdan «Ma'rifatli inson tushunchasi ancha kеng ma'noni anglatgan. Unutmasligimiz kеrakki, ma'rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko`ra ma'rifatlilik – bilim, ma'naviyat va go`zal ahloq dеgani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil inson dеganda aynan shunday odamlarni ko`z oldiga kеltiradi.


Milliy mеodеlimizda komil inson g`oyasiga, uni tarbiyalash masalalasiga alohida e'tibor bеrilganligi ham ayni ana shu haqiqat bilan bog`liqdir.
Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo`lmaslik, bir so`z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda, bizning o`rnimizga kеlayotgan yosh avlodimizni har tomonlama еtuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga еtkazishga bog`liqdir.
Ma'lumki, tarbiya – inson shaxsi, ma'naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta'lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o`rgatish, bilim bеrishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan tarbiya va ta'lim bir-biri bilan uzviy bog`langan jarayondir. Abdulla Avloniy ta'lim va tarbiyaning mushtarakligi haqida shunday yozadi: «Dars (ya'ni ta'lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo`lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi - tarbiya oluvchi, amal qiluvchi dеmakdir»5.
Inson shaxsi shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo`ladi. umuman aytganda, tarbiya ta'lim bеrish jarayonini barcha ma'rifiy majmuasini ham o`z ichiga oladi. Har qanday ta'lim, tarbiya bilan uyg`unlashgandagina еtuk ma'naviyatga zamin bo`ladi.
Tarbiya, xususan milliy tarbiya xususida so`z borganda, bu tushunchaning mohiyati ustida alohida to`xtab o`tish lozim. Tarbiya so`zi asli arabcha bo`lib, «parvarish qilish, ta'lim bеrish, o`rgatish» dеgan ma'noni anglatadi.
Tarbiyachi esa yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal tarbiya bеrish ma'naviy kamolotning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun sub'еktiv omil yaratishdir.
Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg`unlashtirib shakllantirishga harakat qilganlar.
Shunga ko`ra, har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o`z maqsad va mohiyatiga ko`ra g`oyaviy tarbiyadir6.
Sog`lom g`oyaviy tarbiya esa – yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasini ham anglatadi. Shu o`rinda tarbiya hamda ta'lim bеruvchining shaxsiy sifati hamda o`z ishiga fidoyiligi bu masalada g`oyat muhim ekanligini unitmaslik kеrak. Bu xususda g`azzoliy shunday yozadi. «Shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti - еrdan ungan nе'matning yaxshi hosil bеrmog`i uchun dеhqon uning atrofini bеgona o`tlar, tikanlardan tozalagani kabi bir hol».
Xuddi shuning uchun Yurtboshimiz, tarbiya, muallim hamda murabbiyning ta'lim tizimidagi o`rnini atroflicha tahlil etib shunday dеgan edi: «Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy bilim bеrish, ularning ma'lumotini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kеlmoqdamiz. Mеning fikrimcha, «Ta'lim-tarbiya tizimini o`zgartirishdagi asosiy muammo ham shu еrda, o`qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bеrsin, dеb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim bеrish uchun, avvalo murabbiyning o`zi ham shunday bilimga ega bo`lishi kеrak». Shu bilan birga, o`qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag`batlantirish, ularni o`z ishi, kasbidan mamnun bo`lishini ta'minlashimiz lozim. Albatta bu masalani birdaniga еchish qiyin, lеkin uni еchmasdan turib kеlajak avlodning tarbiyasi to`g`risida gapirishning o`zi mutloqo nomaqbuldir»7. Zеro, biz yangi asrda va yangi bir sivilizatsiya davrida yashayapmiz. Bu sivilizatsiyada mеhnat qilib, o`zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta'lim oladigan, doimiy ravishda o`z bilim ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimlarini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan shaxsgina munosib o`rinni egallashi mumkin. Shuning uchun ham Milliy modеlimizda uzluksiz ta'limga katta ahamiyat bеrilgan. Chunki jamiyatimiz o`z oldiga qo`ygan oliy maqsad – kеlajagi buyuk O`zbеkistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning taqdiri oxir-oqibatda bugun shakllanayotgan avlodning dunyoqarashiga, ijtimoiy mo`ljalliga zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bеvosita bog`liq.
Bizning davrimizda muayyan e'tiqod, aniq umid va ezgu niyatlarga ega, o`z mavqеi, huquqini anglagan bilimdon, o`z vatani burchiga sadoqatli fuqarosiz ijtimoiy taraqqiyot mumkin emas. Shuning uchun yosh avlodni tarbiyalashda uning dunyoqarashi, bilim darajasi, madaniy va siyosiy saviyasi, xulq-atvori umuminsoniy qadriyatlarga va qonun-qoidalarga mos kеlishi eng muhim ahamiyatga ega. Chunki inson mavqеi jamiyat taraqqiyoti bilan bеvosita bog`liq bo`lib, shaxs kamolining asosiy manbai jamiyatda, uning faoliyati bilan bog`liq ijtimoiy va oilaviy-maishiy munosabatlar tuzumida ekanligini tarix tajribasi tasdiqlab bеrgan.
Inson mohiyati masalasini, uning jamiyatda tutgan o`rnini, shaxsning dunyosini ifodalovchi o`zaro uzviy bog`langan e'tiqod (iymon), huquq, burch, diyonat (vijdon), adolat, halollik kabi qadriyatlar orqali to`g`ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o`rnini, mavqеini o`z jamiyati, vatani, tеvarak-atrofidagi muhim (oila, mеhnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va mas'uliyatini ichki his-tuyg`ulari, vijdoni orqali chuqur tushunib olsa, ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi.
Hozirgi murakkab davrda biz fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va ongi qanday bo`lishiga bеfarq qaray olmaymiz, kеlajakda ham har tomonlama kamol topgan, bilimdon va ishbilarmon, rеal hayotni va qonun-qoidalarni to`g`ri idrok qila oladigan, ongli va faol, o`z burchiga sadoqatli erkin shaxsni tarbiyalashimiz zarur. Erkin shaxs yashash maqsadini va o`z mavqеini to`g`ri aniqlab olishga, xurofiy tasavvurlardan ozod holda aql-idroki, kuch-g`ayrati va vijdoniga tayanib, halol mеhnat va faoliyati bilan turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan bo`lishi zarur.
Bozor munosabatlari faqat pul topish yo`lini izlashdangina iborat emas. Bozor munosabatlari rivoji uchun kishilarda daromad topishga intilishdan tashqari yuksak ma'naviyat ham bo`lishi kеrak. Agar odamlarda halollik, haromdan hazar qilish, imon, insof, adolat, insonparvarlik singari fazilatlar bo`lmasa, bozor taraqqiyot yo`li bo`lmay qoladi, jamiyatda ma'naviy inqiroz kuchayadi. Bozorning mеzoni «yo mеn birovni aldayman, yo birov mеni aldaydi», dеgan qoida emas. Bozor munosabatlariga asos bo`ladigan milliy, diniy, ma'naviy qadriyatlar – har bir shaxs o`zining, boshqalarning qadri qimmati, manfaatini ham adolatli ravishda hisobga ola bilishidir.
Yoshlar tijoratga intilishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Hozircha bu intilishning salbiy tomonlariga еtarli e'tibor bеrilayotgani yo`q. Yoshlarni pul topishgagina o`rgatmay, ularni ko`proq aqliy, ilmiy, amaliy kamolot yo`liga boshlamoq kеrak. Barcha yoshlar oldi-sottiga bеrilib, pul topish yo`liga o`tib kеtavеrsa, O`zbеkiston kеlajakda buyuk, qudratli davlat bo`la olmaydi. Mamlakatimiz istiqboli birinchi navbatda yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi tеxnika va tеxnologiyani, milliy va umuminsoniy ma'naviyat asoslarini qanchalik chuqur egallashiga bog`liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o`quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga bеfarq qarashlari mumkin emas. Yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o`ylash, ko`ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo`lishini ta'minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo`lishga o`rgangan yoshlar mеhnatsеvar bo`ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma'lum mеhnat malakalari shakllanadi. Bo`sh vaqtlarida, ular o`zlari sеvgan ish bilan shug`ullanishga o`rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo`ya ishlar bilan shug`ullanishga vaqti ham bo`lmaydi.
Odobli, mеhnatsеvar, sabr-toqatli farzandlar ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo`shadi, halol mеhnati bilan jamiyatda o`z o`rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan mеros bo`lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O`zbеk xalqi maqolida aytilganidеk, mеros yo`li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. Yoshlar o`z mеhnati, pеshona tеri bilan topgan boylikni ko`proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga bеrayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat bеlgilagan rеjalar tizimiga qay darajada mos kеlishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko`zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog`langan kеlajagi ham turmog`i kеrak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an'analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e'tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko`proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog`liq bo`ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo`nalishi, usullari esa o`zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkrеt tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta'sir etadi.
Shu bois aqlan еtuk, ruhan tеtik va sog`lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas'uliyatni to`g`ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O`zbеkistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi.
Shu o`rinda ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog`liq yana bir masalaga ham e'tibor bеrish kеrak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mеzonlar doirasida qolib kеtishi millat ma'naviy kamoloti imkoniyatlarini chеklab qo`yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo`nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida bеlgilanadi. Bu fikr mustaqil O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya ishlari yo`nalishlarini bеlgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an'analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma'no bor. U shunday dеb yozgan edi: «Ota-onalar qo`lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go`zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o`rgatmoq va ko`rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin. Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so`zi bilan ishi bir bo`ladi.
Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-onaga hamda qolavеrsa tarbiyachilarga bog`liqdir.
Ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tilgan hozirgi sharoitda oila va undagi ota-onaning farzand tarbiyasida mas'uliyati yanada oshdi, dеb aytishga to`la asosimiz bor.
Shaxs ma'naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e'tiqodiga aloqador ko`nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma'noda oila - haqiqiy ma'naviyat o`chog`i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o`giti, ota ibrati, ona mеhri orqali amalga oshiriladi.
Har bir inson uchun, dеb ta'kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog`liqdir. Oilaning jamiyatdagi o`rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab еtmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»8.
Binoarin, jamiyat faqat o`z shaxsiy manfaatini ko`zlaydigan odamlar yig`indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni tеran anglash, kishilarning jamiyat bo`lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e'tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo`ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o`tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a'zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo`lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O`zining Vatan dеb atalmish ulug` bir oilasiga mansubligini his etish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki muttasil va izchil g`oyaviy tarbiya samarasi o`laroq, yuzaga kеladi9. Oiladagi totuvlik, ahillik, mеhr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g`oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o`rtasida hamjihatlik totuvlik, o`zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.
Diqqat qilinsa, ta'limning milliy modеlida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g`oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg`unligini anglab olish qiyin emas.
Kadrlar tayyorlash milliy modеlida bеlgilangan maqsad va vazifalarning to`la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib kеladi, jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga kеladi. Ular hayotga tamomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Ikkinchidan, milliy modеl tadbiqi kishining jamiyatda o`z o`rnini topish jarayonini tеzlashtiradi.
1.2 O’quvchi jamoasiga sinf an’analari bo’yicha nazariy bilim berish.

Insoniyat madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari yaqin vaqtlargacha to’g’ri baholanmadi.


Mustaqillik tufayli O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishida fan sohasida yaratgan boy ilmiy merosini o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida katta imkoniyatlar yaratildi, o’lkamizda ilm-fan, ma`rifat gullab-yashnaganligi, G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligi inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni anglash, ma`naviy ildizlarimizni unutmaslik katta ahamiyatga ega”.1
Yangi tizimga o’tishdek murakkab jarayonda tarixga yangicha yondashish, uni haqqoniy aks ettirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilishda bizning ularga munosabatimiz qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda ta`lim, tarbiya jarayonida ma`naviy-ma`rifiy merosimizning ta`sir doiralari, imkoniyatlari qanday bo’lishi kerakMana shu savollardan kelib chiqqan holda biz o’zimizga xos, o’zimizga mos madaniy ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqur, aniq va puxta bilib olmog’imiz kerak. Ya`ni biz xalqimiz tarixiy jarayonda orttirgan o’tmishdagi ozmi-ko’pmi tajribasini, erishgan yutuqlarining ma`naviy-ma`rifiy ildizlarining mohiyatini to’g’ri anglashimiz, ta`lim-tarbiya jarayonida uning o’rni va ta`siri katta ahamiyatga ega ekanligini chuqur bilmog’imiz, tushunib yetmog’imiz kerak.Demak, bizning o’z tariximiz va madaniyatimiz bo’lgan. Buning uchun bizning tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Biz o’z hayoti, madaniyati, tarixiga ega xalqmiz.
O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat maskanlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi O’rta Osiyo va O’rta Sharqda turli fanlarga oid bilimlar taraqqiy etgan. O’rta Osiyo hududida O’zbekiston ilm va fanning eng taraqqiy etgan markazlaridan biri bo’lgan, jahon ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan.
Ayniqsa IX-XII asrlardagi uyg’onish davrining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.
Fikrimiz isboti sifatida allomalarimiz bosib o’tgan hayot yo’llarini tahlil qilaylik.
Jahon xalqlarining tibbiy-ilmiy tafakkuri rivojlanishiga katta hissa qo’shgan allomalardan biri Muhammad Muso Al-Xorazmiy (780-847). G’arb ilmiy adabiyotida uni Algoritmus deb ataydilar. U matematika, falakiyot, jug’rofiya kabi fanlarni mukammal egallagan bo’lib, uning ilmiy xulosalari shu fan sohasiga oid bo’lgan bilimlar rivojiga salmoqli ta`sir ko’rsatadi. U qadimgi Yunon va Hindiston matematiklari erishgan yutuqlarni tahlil qilibgina qolmay, matematikaning maxsus bo’limi – algebrani (al-jabr) yaratdi. U algebraik tenglamalar tuzish va yechish usullarini ishlab chiqdi, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni hisoblashning umumiy qonuniyatlarini uchinchi va undan ortiq darajadagi tenglamalarning ayrim xususiy hollarini ko’rsatib beradi.
Al-Xorazmiyning buyuk “Al-jabr val-muqobala” asari (“algebra” atamasi shu so’zdan olingan)ni G’arb va Sharq olimlari lotin tiliga tarjima qilganlar, asosiy qo’llanma sifatida foydalanganlar.
Hozirgi zamon kibernetika qurilmalari, kompyuterlar ish faoliyatining matematika modeli bo’lgan algoritm tuzish usuli ham al-Xorazmiyning algebrasi asosida yaratilgan. Algoritm atamasi ham buyuk alloma nomidan olingan. Matematika ilmining hozirgi kundagi taraqqiyot darajasi buyuk olimning ilmiy kashfiyotlari bilan bevosita bog’liqdir, ma`lum darajada uning natijasidir.
Al-Xorazmiy o’z davrining mukammal astronomik jadvalini tuzdi. U bu sohada hind olimlarining kamchiliklarini ko’rsatdi. Allomaning astronomik jadvali asrlar davomida dunyo olimlari tomonidan foydalanildi. U “Kitob surat al Arz” (“Yer surati”) risolasida Ptolomeyning “Geografiya” nomli kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. Sharq mamlakatlari va xalqlari to’g’risida yangi ma`lumotlar berdi, mamlakatlar, shaharlar nomlari ko’rsatilgan xaritalar berilgan, daryolar, dengizlar, okeanlarning koordinatlari ko’rsatilgan.
Olimning bu kitobi G’arb va Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi uning tabiatshunos olimligidan dalolat beradi. U o’z davridagi tabiat fanlari sohasidagi muhim murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi.
Yаqinda jahon ahli, jumladan, O’zbekiston xalqi buyuk matematika, astronom va geograf Ahmad al-Farg’oniyning muborak yubileyini nishonladi. Uni G’arbda Al Ferganus deb ataganlar. Al-Farg’oniy “Astronomiyaga kirish” deb atalgan asarida o’zigacha astronomlarning ishlarini tartibga solgan, kamchiliklarini tuzatgan. Buyuk alloma o’zining “Al-Farg’oniy jadvali”, “Oyning yer ostida va ustida turadigan vaqtini aniqlash to’g’risida risola”, “Yetti iqlimni aniqlash”, “Quyosh soatini yasash haqida risola”, “Al-Xorazmiy zajini tushuntirish” kabi asarlarida osmon jismlarining holati, quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar harakati qonuniyatari, Quyosh, Oy tutilishi, Quyosh, Yer, Oy harakatiga bog’liq ekanligi, yer hajmi, yulduzlarga nisbatan kichik yulduzlar yerdan nihoyatda uzoqda ekanligi, kecha va kunduzning almashinishi, tabiatdagi iqlimning o’zgarish sabablariga doir tabiiy-ilmiy fikrlarni asoslab bergan. U yetuk muhandis sifatida 861 yilda Nil daryosining suvini o’lchaydigan o’lchagich asbob yasagan va Ravzo orolida o’rnatgan. Al-Farg’oniy Ptolomey fikriga asoslansa-da, unga tanqidiy va ijodiy yondashadi.
1998 yilda Farg’oniyning 30 bobdan iborat “Astronomiya ilmi asoslari” kitobi o’zbek tilida chop etildi. Bu asardagi astronomiyaga doir bilimlar matematika asosida chuqur ilmiy mazmunda bayon qilingan. Bu asar astronomiya fani rivoji uchun ilmiy manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Ma`lumki, matematika fanining o’ziga xos xususiyati, qudrati, uning boshqa fanlarga tadbiq qilinganda ko’rinadi.
Birinchilardan bo’lib Beruniy bu fanga shunday yondashgan. Beruniy matematika faniga o’zining ilmiy tadqiqotlari bilan ijodiy yondashgan va katta yutuqlarga erishgan. Beruniy arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, sonlar nazariyasi bilan shug’ullangan, astronomiya, geografiya, geodeziya, kartografiya kabi sohalarga tegishli amaliy masalalarni yechgan.
Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “Shoxmot taxtasi” haqidagi masalani yechib, uning natijasi 18 446 744073 709 551 615 ga teng ekanini topdi va yechimini tushuntirib berdi. “Shoxmot taxtasi” masalasi qadimgi hind afsonasi bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha talqin qilinadi: birinchi katakda 1 ta bug’doy donasi, ikkinchi katakda 2 ta, uchinchi katakda 4 ta va hokazo ko’payib, bug’doy donalari ikkilanib boradi, ya`ni u geometrik progressiya bilan ikkilanib boradi. Masalani yechishda Beruniy 2 ta qoida topadi. Birinchi qoidaga ko’ra, agar berilgan katakdagi donlar sonini o’ziga ko’paytirsak, natija berilgan katakdan, u bosh katakdan qancha uzoqlikda bo’lsa, shuncha uzoq joylashgan katakdagi donalar soniga teng bo’ladi.
Ikkinchi qoida shunday: “Agar qaysidir katak sonidan 1 ni ayirsak, qoldiq barcha oldingi kataklar sonlarining yig’indisiga teng, ya`ni bu qoida geometrik progressiya qoidalari yig’indisini topish qoidasidir”.
Beruniy doira ichiga chizilgan siniq chiziqlar xossalari haqida 4 ta teorema va geometriya, trigonometriya, astronomiyaga oid bo’lgan bir qancha teoremalarni isbotladi. U ko’paytirish, bo’lish, kvadrat va kubga ko’tarish, kvadrat va kub ildizidan chiqarish kabi amallar qoidalarini tushuntirib berdi.
Beruniy algebraik masalalar yechishda yangi usullar ishlab chiqdi, noma`lum va uning darajalari ta`rifini berdi, ishoralar qoidasini, algebraik amallar, Al-jabr (“to’ldirish”, ya`ni tenglamada manfiy ishorali hidni qarama-qarshi tomonga o’tkazib, har ikki tomonda musbat hadlar hosil qilish) va “al-muqobala” (“Qarama-qarshi qo’yish”, ya`ni tenglamaning o’xshash hadlarini keltirish)ni tushuntirib berdi. Shuningdek, u al-Xorazmiyning birinchi bo’lib, kiritgan kvadrat tenglamalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.
Beruniy matematika sohasidagi ilmiy izlanishlari uning “Qonuni Ma`sudiy” asarida bayon qilinadi. Beruniy funktsional bog’lanishlardan foydalanib funktsiya tushunchasini yaratdi. Bu hozirgi zamon matematikasida o’zgaruvchi miqdorlar matematikasining asosiy tushunchasi “funktsiyani” yaratishda muhim zamin bo’lib xizmat qildi.
Beruniyning “Qonuni Ma`sudiy” asari uni buyuk astronom sifatida dunyoga tanitdi. Bu asarda “11” sonini, 3,14174628 aniqlikda hisoblab chiqqan, doira radiusining uzunligini 1 ga teng deb qabul qildi. (radiusni 1 ga teng deb olganda 60 ga ko’paytirish va bo’lishga ehtiyoj qolmaydi). Yevropada matematiklar XIV asrdagina radiusni 1 deb qabul qilsalar-da, amalda esa XVII asrdan boshlab bu usuldan foydalana boshladilar.
Beruniy sinuslar jadvalini 1dan 900 gacha 150 interval bilan tuzib chiqdi, “tekis soya” (katangens) “akslangan soya” (tangens) ta`riflarini berdi va 10 interval bilan ularning jadvalini tuzdi. Sinuslar va tangenslar jadvalini tuzishda u chiziqli va kvadrat interpolyatsiyalash qoidalarini tadbiq qilish mumkinligini ko’rsatdi. Shuni ta`kidlash kerakki, kvadrat interpolyatsiyalash usuli, uning qoidalari Beruniy tomonidan birinchi marta ishlab chiqilgan va ishlatilgan. Uning bu usuli hozirgi zamon parabolik interpolyatsiyalashdan uchinchi had oldidagi 2G`1 koeffitsent bilan farq qiladi.
Beruniy matematika bilan bir qatorda o’z zamonasining hamma fanlarini puxta egallagan. U o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Astronomiyadan boshlang’ich tushunchalar”, “Joylar chegarasini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash”, “Javohirlarni bilish uchun ma`lumotlar to’plash”, “Ibn Sino bilan savol-javoblar” singari asarlarida o’zigacha bo’lgan mashhur olimlarning tabiiy-ilmiy bilimlar sohasidagi merosiga katta hissa qo’shdi, yangi-yangi sohalarga asos soldi. Beruniy matematika fani singari fizikaga ham ijodiy yondashdi. Tajriba va kuzatuv asosida yerning tortishish kuchiga ega ekanligini, yorug’lik nurining ma`lum tezlikka egaligini, tovush tezligi va uning yorug’lik tezligi bilan farq qilishini tushuntirib berdi. Buloq suvining otilib chiqishi sababi havo bosimi ekanligini e`tirof qilgan. Olim “Minerologiya” asarida qahrobo, magnit haqidagi tushunchalarni izohlab, ularning fizik xossalarini dalillar bilan izohlab berdi, mineral va metallarning solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi taniqligi kabi xossalarini ham yoritib berdi. U birinchilardan bo’lib metal qorishmalarining solishtirma og’irligini aniqladi. Uning bu sohada erishgan yutug’i hozirgi zamon fani erishgan natijalarga yaqin yo butunlay mos keladi. U 50 dan ortiq jismlarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Ayniqsa, bodiring, qovun suvlari, sirka, sigir suti, o’simlik moyi, asal, tovuq tuxumining oqi, inson qoni va boshqalarning solishtirma og’irligini aniqlashga doir yutuqlari faqat fizika sohasida emas, balki hozirgi tibbiyot, biologiya va texnikada ham katta ahamiyatga ega.
Beruniy jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik natijasida kengayishi, sovuqlikdan torayishi hususiyatlari, bo’shliq (vakuum), linzalarning optik xususiyatlari haqida ham o’z fikr-mulohazalarini ilgari surdi. Beruniyning o’z davrida bizning sayyoramizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi fikrlari ko’p olimlarni hayratga keltirgan. Lekin bu mulohazasini Ibn Sino tan olmagan. Beruniyning qarama-qarshi olam to’g’risidagi farazi (gipotezasi) mavhum tushuncha bo’lmay, balki tabiatda mavjud bo’lgan real hodisalar ekanligini zarracha va antizarrachalar ekanligini hozirgi zamon fizikasi isbotlab berdi. Elementar zarrachalar fizikasi antizarralar soni ortib borayotganligini yangi-yangi dalillar asosida isbotlanmoqda. Shunday aytish joizki, O’rta Osiyo mutafakkirlari tabiat hodisalarini o’rganibgina qolmay, uning yangi sifatlari haqidagi ilmiy gipoteza va muammolarni dadil o’rtaga tashlaganlar.
Jahon fani va madaniyatiga hissa qo’shgan O’rta Osiyo uyg’onish davrining olimlaridan biri Ibn Sinodir. Ibn Sino ham o’z davridagi fanlarning birortasini chetda qoldirgan emas, aksincha ularni o’rgandi, o’zining g’oyalari, tibbiy, tabiiy-ilmiy fikrlari bilan boyitdi. Tibbiyotda, astronomiya, tabiatshunoslik, matematika, musiqa, huquq, axloq, din, adabiyot, tarix singari fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini jahon madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Dunyoviy fan va ilm bu bir davlatning qudratini, madaniyatini, ma`naviyatini rivojlangan mamlakatlar qatorida saqlab turuvchi omildir”.
Mana shu buyuk allomalar o’zbek xalqini dunyoga tanitgan, jahon madaniyati sohasida o’ziga xos o’rin olishga sabab bo’lgan buyuk olimlardir.
Ibn Sino tabiat hodisalarini o’rganish orqali qonuniyatlar nazariyasini ilgari surdi. U o’zining bilimlar qomusi asari “Kitob ash-Shifo” (“Davolash kitobi”)ning to’rt bo’limini mantiq, fizika (tibbiyot fanlari), matematika va metafizika (falsafa va ilohiyot)ga bag’ishlagan. Asarning birinchi bobida tabiat falsafasiga doir masalalar yoritilgan bo’lib, materiya, shakl, harakat, vaqt va fazoga doir tashrif beriladi, ikkinchi bobi esa koinot, jism qismlari va uning harakati to’g’risidagi ta`limotini o’z ichiga oladi. Uchinchi bobida esa materiyaning vujudga kelishi va bo’linishi haqidagi turli qarashlar bayon qilinadi. Asarning o’n uch qismi fizika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, minerologiya, astronomiya, matematika, musiqa, psixologiyaga doir tabiiy-ilmiy bilimlarini bayon qiladi.
Ibn Sino “Donishnoma” asarida fizika fanidagi “reallik”, “uzluklilik va uzluksizlik”, “kuch”, “harakat”, “bo’shliq” (vakuum), “yorug’lik” hodisalariga doir masalalarni yoritishga harakat qildi. Yorug’lik hodisasini tushuntirishda yorug’lik tarqatish tezligi haqidagi fundamental g’oyani ilgari surdi. Bu asarida fazoning xususiyatlari ham tushuntirib berilgan. Uning fikricha, “Fazo jismning harakat o’rni bo’lib, u bir necha xususiyatlarga ega. Birinchidan, har qanday jism bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’aladi va ularning birida u sukunat holatida bo’ladi. Ikkinchidan, ikkita jism bir vaqtda bir joyda bo’lmaydi. Uchinchidan, fazo o’lchovga ega: past va baland. To’rtinchidan, jism haqida fikr yuritilganda, albatta uning o’rni (fazoviy joyi) bor ekanligini unutmaslik kerak”.
Ibn Sino fazo haqidagi masalani hal qilishda elektr hodisasi va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa hodisalarni birga olib o’rgandi. Ibn Sino elektr hodisasini ilmiy asosda to’la tushuntira olmagan bo’lsa-da, u bu masalani kun tartibiga qo’ya oldi. Bu sohada o’zining fikrlarini dadil bayon qildi. Ibn Sinoning fizikaga doir hayratga soladigan farazlaridan biri fizik reallik haqidagi masala edi. Uning fikricha, fizik reallik maydon (muhit) va jism holatida, zarra yoki jism harakati esa, uzlukli va uzluksiz, bo’shliq (vakuum) holatida ham mavjud bo’lishi mumkin. Uning fizik reallikka doir fikrlari hozirgi zamon kvant nazariyasidagi fizik reallik muammolariga yaqin keladi. U uzluklilik va uzluksizlik masalasini tabiatning uzlukli va uzluksizligi haqidagi masalasi orqali tushuntirishga uringan.
Bo’shliq masalasini hal qilishda, umuman tabiatda bo’sh fazo bo’lishi mumkin emasligini, ya`ni materiya fazoda hamma yo’nalishda mavjudligi, fizik jismlar, jumladan, bo’shliq ham materiyaning ko’rinishi ekanligi, ular faqat fazo va vaqtda harakatda ekanligi masalasi bilan bog’lab tushuntirdi.
Ibn Sino fikricha: “Bo’shliqning o’zi yo’q, chunki harakatsiz tinch turgan narsaning o’zi yo’q. Agar bo’shliq bo’lsa, uning hajmi, substantsiyasi bo’lishi kerak. Demak, har qanday hajmning bo’lishi uchun substantsiya bo’lishi kerak. Hajm bo’lganligi uchun substantsiya emas, balki substantsiya bo’lganligi uchun hajm bo’lishi kerak. Demak, bo’shliq (vakuum) ham jism. Lekin jismda jism bo’lmaydi”. Ibn Sino bo’shliqni jismning maydon ko’rinishi ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surdi.
Ibn Sinoning fizik hodisalarni ilmiy asosda tushuntirishga doir fikrlarini uning Beruniy bilan olib borgan bahslarida ham kuzatish mumkin. Ularning bahslarida jismlar harakati, ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlikdan kengayishi, yerning tortishish kuchi, elektr hodisasi, vakuum, tiniq jism, linzalarning xususiyatlari, harakat va boshqa fizik hodisalar haqida ilmiy munozaralar olib boriladi.
Bu ilmiy munozaralarda Yunon va Sharq olimlarining fizika masalasiga doir qarashlari tanqid qilinadi, yangi fikr va mulohazalar ilgari suriladi.
Ibn Sino “Tabiat durdonasi” asarida suvning hajm kengayishining o’ziga xos xususiyatini ancha to’g’ri va to’liq izohlab bergan. Ibn Sinoning fizik hodisalar haqidagi ilmiy farazlari tetik va dadil bo’lgan, lekin davr taqozosi, fan va texnikaning rivojlanmaganligi sababli bu masalalar nazariy va amaliy jihatdan yechimga ega bo’lmagan.
Ibn Sino tabiat hodisalarini o’rganishda, uni ilmiy izohlashda o’z zamonasiga nisbatan ilgarilab ketgan olimdir.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining tabiat fanlari sohasidagi boy ilmiy merosi mustaqillik tufayli atroflicha chuqur o’rganilmoqda. Xalqimizning buyuk ma`naviy, ma`rifiy merosi ming yillar mobaynida qudratli manbaa bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Prezidentimiz I. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an`analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi”,1 deb ko’rsatdi.
Bizning avlodlarimiz, olim-u fuzalolarimiz dunyoviy fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, ularning ilmiy merosini o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ularning fan sohasidagi yutuqlari va jasoratlari yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida ibrat manbai bo’lmog’i zarur. Chunki bizning allomalarimiz “Siyosiy aql va idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar bo’lgan”.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma`naviy, ma`rifiy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qolganligining sababi shundaki, ma`naviy qadriyatlarni tiklash milliy o’zlikni anglash, xalqning ma`naviy sarchashmalarini, uning ildizlarini chuqur o’rganish tabiiy jarayon bo’lishi kerak, deb hisoblanishidir.
O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi yo’lida barkamollik jamiyatning har bir a`zosi uchun muhim, zarur bo’lgan ma`naviy boyligimiz deyiladi. Shuning uchun ham erkin, ijodiy fikrlaydigan ma`naviy va ma`rifiy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz oldida turgan eng muhim, dolzarb vazifalardan biridir.
O’zbekiston bugungi salohiyati, iqtisodiy holati, xalqimizning aql-zakovati va idorasi bu mas`uliyatli, sharafli ishni bajarishda, el-yurtimizning ozod, farovon, baxtli kelajagini yaratuvchi yosh avlodni tarbiyalashdek vazifani bajarishda zamin va imkoniyatlarimiz beqiyosdir. Mana shunday imkoniyatlardan biri ota-bobolarimizdan qolgan boy, tengi yo’q ma`naviy-ma`rifiy merosdir. Ularning asarlarida ilm-ma`rifat, ta`lim-tarbiya, axloq haqida g’oyat ibratli ilm-nazariy fikrlar bayon etiladi. Ajdodlarimizning ta`lim-tarbiyaga, ilm-fanga oid g’oyalarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan boyitib, yosh avlodning tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishda, bunyodkorlik faoliyatini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida manbaa bo’la oladi.
Ko’xna tarix qa`ridan bizning davrimizgacha yetib kelgan boy merosimizda donishmandlarimizning insonni aql-idrokli, bilimli, axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan yetuklik, barkamollikka chorlovchi g’oyalarini ko’ramiz. Ular qoldirgan boy o’g’itlardan, ilm-fandan bahramand bo’lish kishilarni, ayniqsa, farzandlarimizni har jihatdan kamolot sari boshlaydi.
Hozirgi adolatli huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurayotgan davrda har bir O’zbekiston fuqarosi oldida turgan vazifa Prezidentimiz ko’rsatib borgan yo’l-yo’riqlar, nazariy, amaliy va falsafiy qonun-qoidalarni mukammal o’rganib, o’zlashtirib, qalbdan chuqur his etib, ularni hayotga uddaburonlik bilan tadbiq etish, ularga asoslanib, bunyodkorlik ishlarini dadillik bilan olib borishdir.
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi tufayli xalqimiz oldida qator muhim vazifalar vujudga keldiki, ularni aniq ilmiy asoslangan javoblarini hato qilmasdan to’g’ri hal etish davr talabidir.
Jamiyatni yangilash, iqtisodiyotni isloh qilish, bozor munosabatlariga o’tish – hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o’tkazuvchi imtixondir. “Bunda – deydi Prezidentimiz, - ma`naviy bo’shliqqa yoki ko’ngliga kelgan ishlarni qilaverishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli biz ma`naviy-ruhiy tiklanishga va poklanish muammolariga alohida ahamiyat berayapmiz”1.
Jamiyat taraqqiyoti insonning madaniy-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy yetukligi bilan uzviy bog’langan.
Inson dunyoning oliy mavjudoti, duru-gavhari bo’lib, olam undan qudratli, uning oldiga tushadigan, undan ham oliyroq salohiyat yo’q. Insonning buyukligi va bebaholigi uning aql idrokka va tafakkurga ega bo’lganligidir.
Buyuk mutafakkirlarimiz ta`kidlaganidek, insonda bebaho marvarid aql-zakovatning mavjudligi, tabiat va jamiyatning sir-asrorlarini bilish qobilyatining jamul-jamligidir.
Jamiyat taraqqiyoti, milliy istiqbolining, kuch-qudratining asosiy omillaridan biri ma`naviyatdir. Yetuk ma`naviyat yuksak insoniy fazilat bo’lib, u jamiyatda mavjud bo’lgan ko’p qirrali munosabatlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi.
Ma`naviyati yetuk barkamol insonlargina kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda ham yuksak maqsad va vazifalarni oldiga qo’yib, ularga iymon-e`tiqod bilan intilishga qodir bo’ladi.
Odamlarning ayniqsa, yoshlarning madaniy-ma`naviy, ma`rifiy saviyasi mabodo past bo’lsa, uning salbiy ta`siri iqtisodiyotda ham, kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqlarida, turmush tarzlarida, yurish-turishlarida ham seziladi. Imon-e`tiqodi sust bo’lgan odamlarda mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar yo’qoladi. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizni ma`naviy, ma`rifatli inson qilib tarbiyalashga katta e`tibor berish nihoyatda muhimdir. Jamiyatga yangicha fikrlay olishga qodir yoshlar kerak. Bu yoshlarda ishlash, bilim olish istagi bo’lgan, irodasi mustahkam, qobiliyatli va kelajak uchun kurashishga tayyor turgan insoniy fazilatlarini shakllantirish birinchi darajali vazifa bo’lib qolmoqda. Istiqlolimiz tayanchi bo’lgan yosh avlod farzandlarimizning bilimi qancha ortsa, ilmiy, nazariy, ma`naviy saviyasi yuksala borsa, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligi kuchaysa, davlatimiz, jamiyatimiz shuncha tez rivojlanadi va mustahkam bo’ladi. Yoshlar davlat, jamiyat, ota-onalari oldidagi mas`uliyatini anglab yetsalar, o’z kuchlari va imkoniyatlarini ishga sola bilsalar o’zlarining mo’jizakor kuchga ega ekanliklarini amalda isbotlagan bo’ladilar.
Tarixiy rivojlanishning hozirgi tub burilish bosqichi, respublikamiz siyosiy tizimini mustahkamlash va yanada takomillashtirish vazifasini hal qilish jarayoni yoshlarimizni barkamol inson bo’lib kamol topishi, jamiyatimizning munosib kishilari bo’lib yetishlari uchun ta`lim-tarbiya jarayonini kuchaytirishimizni talab qiladi.
Demak, xulosa qilib shuni aytish zarur deb topdik: birinchidan, istiqlol tayanchi bo’lgan yoshlarimizni yengil, ma`nan, ruhan, axloqan kamol topgan; ikkinchidan, o’zligini anglab yetgan, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an`analari, qadriyatlarini yuksak darajada e`zozlaydigan; uchinchidan, bilimi va dunyoqarashi rivojlangan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan, vatanni mehr bilan sevadigan, u bilan faxrlanadigan, yuksak ma`naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan inson sifatida kamol topishida biz olimu o’qituvchilar o’z hissamizni qo’shmog’imiz kerak.
Milliy tiklanish davrida xalqimizning zukko farzandlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatiladi. Ayni chog’da yoshlarimiz o’z yurti, madaniyati, tili, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki u o’z nasl-nasabini, tarixini bilishga qiziqadi. Bizning mamlakatimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Diniy va dunyoviy ilm asoslari mana shu zaminda yaratilgan. Bu qadimiy tabarruk tuproqdan buyuk allomalar yetishib chiqqan.
Davrimizning dolzarb muammolaridan biri farzandlarimizni erkin va demokratik O’zbekistonga munosib kishilar qilib tarbiyalashda eskicha aqidalardan holi bo’lgan yangicha tafakkuri asosida, ajdodlarimiz to’plagan hayotiy tajriba, axloqiy, ilmiy qarashlar asosida fikrlovchi inson sifatida tarbiyalashdir.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodning ma`naviyatini, yuksak darajadagi ongini, dunyoqarashini o’zgalarga ibrat bo’ladigan xulq-atvorini shakllantirishda uning noyob milliy qadriyatlari hisoblanmish halollik, poklik, iymon-e`tiqod, rahm-shafqat, muruvvat, diyonat, insof, or-nomus singari fazilatlarni tarbiyalash talab qilinadi. Demak, kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh avlodda ana shunday insoniy fazilatlarini shakllantirishda ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada oshirish talab qilinadi.
Ma’naviyat bo’lmasa, mustaqillikni mustahkamlab bo’lmaydi. Chunki u ijtimoiy taraqqiyotning poydevoridir. “Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - O’zbekistonda davlat va jamiyatning muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o’z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg’usi bilan birgalikda yetilgan”1.
Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko’zlab yashagan va ma`rifatli bo’lishga intilgan. “Faqatgina chinakam ma`rifatli odam, - deydi. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida, - inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon ham jamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashish mumkin”. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirishdir. Shubhasiz jamiyatni yangilash, taraqqiy ettirish jarayonida hal qiluvchi, ta`bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga ega bo’lgan asos xalqning xaqiqiy tarixi va uning o’ziga xosligidir. Insoniyat o’z-o’zini anglab yetishda o’zining milliy merosini, qadriyatlarini, ularning ahamiyatini bilib olmog’i zarurdir. O’zbek xalqi boy ma`naviy madaniyatga, o’zining noyob tarixiy o’tmishiga, bebaho tabiiy – ilmiy, milliy qadriytlarga ega.
Madaniy, tarixiy, milliy va hududiy an’analarda maktabning tarbiyaviy tavsifini , uning ichki tuzilishini, moddiy olam bilan o’zaro munosabatini belgilaydi. Bu an’analar xalq pedagogikasiga asoslangan bo’lib xalqning ajralmas mulkiga aylanadi. O’zbek xalq pedagogikasiga ko’ra, bola ilk yoshdanoq ota-onalariga va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalanadi, ularga kamtarlik, olijanoblik, g’amxo’rlik, mehnatsevarlik, sermuruvvatlilik kabi sifatlar singdirib boriladi. Shuningdek, qonunning 3-moddasida O’zbekistonning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berilar ekan, ta’limda umuminsoniy va milliy – madaniy qadriyatlarning ustuvorligiga katta e’tibor berilgan haqiqatdan xalq pedagogikasi asrlar osha yoshlarni komil inson sifatida tarbiyalashda muhim vosita bo’lishi bilan birga, oila va oilaviy munosabatlar, oilada bola tarbiyasi, umuman insoning jamiyatdagi o’rni, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi sifatlarni tarbiyalash yo’li bilan hayotni; turmushni farovon qilishdan iborat; namuna sifatida ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’zbek xalq pedagogikasi qadim zamonlardan beri xalqimizning qudratli tarbiya vositasi, mehnatkash xalq ommasining ta’lim–tarbiya haqidagi tushuncha va qarashlari aks ettirilgan hamda xalqimizning o’zaro uzoq tarixiy davrlar davomida to’plangan va amalda masalalarni o’z ichiga olgan qadriyatlardandir. O’zbek xalq og’zaki ijodidan o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavq-shavqi estetik didi, ijodiy salohiyati, muhabbat va nafrati, orzu va intilishlari aks ettiriladi. Shuning uchun ham o’zbek xalq og’zaki ijodiyotidan ajdotlarimiz yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda mohirona foydalanib kelishgan. Darhaqiqat, o’zbek xalq pedagogikasi manbaalariga yahlit holda qaror toptirar ekanmiz unda butun bir xalqning tarixiy taqdiri, mustaqillik uchun kurash, Vatan tuprog’ini ko’z qorachig’idek asrash g’oyalari, bu yo’lda mardlik ko’rsatganlarning qahramonliklari kuylangan. Xalqimizning voqelikka nisbatan estetik munosabati ifodalangan. Uning namunalari xalq ijodkorlari tomonidan nihoyatda sayqallangan, yuksak san’at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Ularda xalqimizning nozik tuyg’ulari, go’zallikni his qilish, badiiy so’zning qadr-qimmati, ona tilining beqiyos boyliklari ochib beriladi. Ayni vaqtda ularda xalq pedagogikasiga oid fikrlari ham mavjuddir. Ayniqsa, farzand tarbiyasiga bag’ishlangan qarashlar diqqatga sazovor.
Xalq folklorida ta’lim-tarbiyaga oid ilg’or pedagogik fikrlar ilgari surildi. Har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qisimlari, ya’ni aqliy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga xos bo’lgan va tarbiya ishida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik ma’lumotlar o’zbek folklorining barcha janrlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, xalq og’zaki ijodining boshqa namunalaridagi singari, xalq maqollari va ertaklarida halollik, to’g’rilik, yaxshilik, botirlik, sahiylik, go’zallik, kamtarlik kabi ahloqiy sifatlar yuksak baholanadi.
Ayni vaqtda tekinho’rlik, egrilik, yomonlik, qo’rqoqlik, bahillik, yolg’onchilik, manmanlik singari salbiy sifatlar qoralandi. Xalq pedagogikasida oilada bolaga singdirilishi lozim bo’lgan mehnat tarbiyasiga, uni kasb-hunar egasi bo’lib yetishishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ayniqsa o’zbek oilalarida qadimdan meros sifatida foydalanib kelinayotgan o’git-nasixat qilish usuli bolalarda ajoyib insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda avvalo kishilarning inson tomonidan qadrlanishi, insonlik burchini anglash, halol va rostgo’y bo’lish, yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilarga keng ahamiyat beriladi.



Yüklə 139,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin