Pedagogika va ijtimoiy ish


Fundamental – asosiy fundamental Xayrixohlik



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə184/219
tarix13.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#176068
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

Fundamental – asosiy fundamental
Xayrixohlik – kishilarga ochiq ko’ngilli bo’lish, iltifotli, marhamatli bo’lish.
Shaxs – 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o’zini tutishini aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha; 2) turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy mohiyat kasb etgan va o’z-o’zini anglash qobiliyatiga ega bo’lgan kishi.
Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tiqod – shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muhitga hamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan subyektiv munosabati.
Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik qoidalari tizimi.
Empirik – tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risida har tomonlama tasavvur hosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va hodisalar mohiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
O’z-o’zini baholash –shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o’qituvchining faoliyati.
O’qitish – 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o’quvchi va o’qituvchi, o’quvchining boshqa o’quvchilar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muhit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati – sotsial ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib, ijodiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin