Pedagogika va psixologiya fakulteti


Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalarini



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə13/18
tarix20.12.2022
ölçüsü240,5 Kb.
#76698
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASI

2.2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalarini qo‘llab treninglar tashkil qilish va uning tahlili

Treninglarni o‘tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish. Bugungi kunda pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faollligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida ayniqsa treninglarning o‘rni beqiyosdir. Sababi trening o‘tkazish jarayonida talabaning nutqi o‘sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqatga tez kirisha oladigan bo‘ladi. SHu sababli trening verbal va noverbal ko‘rinishda tashkil etish mumkin.


Treningni noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar) ko‘rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko‘z ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo‘lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o‘zi ko‘rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo‘ladi. Qatnashuvchilarning bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo‘ladi.
Treningni verbal ko‘rinishda tashkil etilsa, pedagog savollarni shunday tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Qanday...?”, “Agar…” va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo‘q” deb javob bersa, “Nimaga shunday gapiryapsiz?” deb so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa qatnashuvchilardan ham so‘rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo‘shiladimi?
Pedagog trening o‘tkazish jarayonida o‘z ovozining ohangiga e’tibor ham e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo‘ladi. qatnashuvchilarni ko‘proq gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o‘zining va qatnashuvchilarning so‘zga chiqishi vaqtini hisoblashi lozim bo‘ladi.Hamma savollarga faqat o‘zi javob bermasligi, qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini unutmasligi lozim. Baxs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg‘ulot qatnashchisining muhokama qilinayotgan muammoni mohiyatini to‘g‘ri tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur baxsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamla “Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi” – deyishi mumkin.
YAxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
Izyuminka. ( Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomo-ni.) Qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa baxs boshlang, savollar bering, provokatsion ta’kidlashlarini ilgari suring eki qandaydir faoliyat turini faraz qiling. O‘qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning haetiy tajribalarini bog‘lashga harakat qiling. Trening nima uchun ahamiyatli ekanligi sabablarini tushuntiring.

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin