Qatnashuvchilar uchun natijalarini ta’kidlash. Qatnashuvchilarga ulardan nima kutilaetganligi tushuntiring. Qatnashuvchilar uchun natijalar quyidagi savolga javob berishi kerak: “Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni bilishini va qilishini xohlamayman?”.
Trenerning hissasi.Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va etarli bilimlar (matn, ma’ruza, xujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun Fan mazmunini namoyish qiling.
Interfaol.Bu – trening yuragi. Interfaol uslubietda foydalanadigan ish tartibini qisqacha baen qiling. Interfaol uslub – bu jamoaviy muxokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqing. Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring. Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering.
Treningni to‘liq yakunlashga vaqt etishi uchun uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu erda muhim ahamiyatga ega (guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy erdam, tushunishini tekshirish). Aynan shu narsalar treningni o‘tishiga erdam beradi. Trener mashqlarni bajarish jaraenida qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi.
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu – treningni baholash qismidir. «Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar?”. Trening davomida o‘rganganlari eki ko‘rsatganlari natijalar Bilan mos kelishini tekshiring.
“Muammoli bola” treningni o‘tkazish texnologiyasi. treningni maqsadi:
Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning hamda ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri echimni topishlarga erdamlashish.
Tirbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda ushbu uslublarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish.
Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va etakchi tarbiyachilarning ushbu muammoni echishdagi xatti-harakatlarini to‘g‘ri anivlashni o‘rgatish.
Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib ta`lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uning amaliy tahlilini O‘zbekiston tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinflari uchun Tarbiyaviy tadbirlar rejalari namunasida bermoqchimiz
Ushbu rejaga O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi «Madaniy merosga - ixlos» yuzasidan tuzilgan Nizom asos qilib olindi, u quyidagi mazmunga ega: