Pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə2/18
tarix20.12.2022
ölçüsü240,5 Kb.
#76698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASI

XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………….........................32



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………..34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda muhim ijtimoiy talablardan biri bo‘lib kelgan, ammo bugungi sifat o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib talab ortib bormoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayoni qayta ko‘rib chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi ta’limni tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi.
Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z Vatanining ilg‘or kishisi sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. CHunki aynan yoshlar davlatimizning kelajagidir.
YAngi asrga qadam qo‘yar ekanmiz mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yukasalishi va yangilanishi sari yuz tutgun bir paytda O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 1999 yil 3–sentyabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni zamiridagi g‘oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda etilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon ulkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushinib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.1[1]
O’zbekiston Rrespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Rrespublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta`lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda “ta`lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oily ta`lim muassalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat`iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarda kelajak avlodni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga alohida e`tibor berishmoqda.
Ta`lim muassalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligi va olib boriladigan ishlar mazmuni guruh rahbarining shaxs va jamoani o`rganish uchun olib boradigan pedagogik faoliyati mohirona, yaxshi uyushtirilgan va yo’lga qo’yilgan bo`lsa bolalar bilan olib boriladigan butun tarbiyaviy ishlarning muvafaqqiyatli bo’lishiga garov hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati” mavzusi kurs ishi uchun belgilab olingan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston demokratik davlatchilik islohotlarini amalga oshirar ekan, jamiyatning asosiy bo’g`ini bo’lgan bolalar tarbiyalanayotgan kelajagimiz vakillari va ular ta’lim-tarbiya olayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini to’g`ri yo’lga qo’yish va rivojlantirish masalasi eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolaveradi.

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin