Pedagogika va psixologiya fakulteti


) Guruh jamoasida norasmiy etakchining (lider) hatti harakati va xulq-atvori bilan tarbiyaviy



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə8/18
tarix20.12.2022
ölçüsü240,5 Kb.
#76698
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASI

4) Guruh jamoasida norasmiy etakchining (lider) hatti harakati va xulq-atvori bilan tarbiyaviy jarayonga ta’sir etishi guruhda tarbiyalanuvchilarning barcha hayotiy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Bolalar va o‘smirlar jamoasidagi lider (etaklovchi, boshlovchi) o‘qituvchi yoki tarbiyachi tomonidan guruhda rasman tayinlanmaydi. Jamoadagi bolalarga norasmiy etakchilik qiluvchi o‘quvchi o‘qituvchilar oldida e’tibordan chetda yuradi, o‘zining qattiqqo‘lligi, xarakteridagi guruhga etakchilik qilishga xos tug‘ma qobiliyati, mustahkam irodaga egaligi, qo‘rqmasligi bilan guruh a’zolarining hurmatini qozonib, jamoadan ajralib chiqadi va o‘zi bilan hammaslak, hamfikr bolalarni etaklaydi. Norasmiy liderning har qanday faoliyati salbiy oqibatlarga olib kelishi yoki ijobiy natijalar berishi ham mumkin. Bunda o‘qituvchining mahorati, psixologik tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining norasmiy liderga nisbatan qattiqqo‘lligi, tarbiyaning jazolovchi metodlarini qo‘llashi foyda bermaydi, aksincha zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘qituvchi o‘zining ziyrakligi va chuqur psixologik bilimi, yuksak pedagogik mahorati bilan avvalo o‘quvchilar guruhi jamoasidagi liderni aniqlashi, kerak bo‘lsa, unga yon bosib, o‘z tomoniga og‘dirib olishi lozim. Pedagogik mahoratning ishontirish va ta’sir etish usullari asosida norasmiy lider ongiga sezdirmasdan kirib borib, o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan o‘qituvchi guruh jamoasida bir xil tarbiyaviy muvozanatni saqlay oladi. SHundan keyin tarbiyaviy texnologiyaning ma’qul bo‘lgan unsurlarini modellashtirib qo‘llashi va cho‘chimasdan tarbiyaviy faoliyat olib borib, belgilangan maqsadga erishishi mumkin.
O‘quvchilar jamoasida norasmiy etakchilar bilan birga rasmiy, o‘qituvchilar tomonidan tayinlangan yo‘lboshchilar ham mavjud. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdoshlarini o‘z ortlaridan ergashtiradilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o‘quvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu bois sinf rahbari bilan birga o‘quv muassasasi pedagogik jamoasi norasmiy liderlarni aniqlab ular faoliyatini bevosita nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli guruh rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, xulq atvoridagi har bir o‘zgarishni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Guruh rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘lishi, ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
O‘qituvchi tarbiyaviy faoliyatning barcha unsurlari o‘zaro aloqadorligini va o‘zaro bog‘liqligini nazariy va amaliy jihatdan tushunishi tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirishga imkoniyat beradi. Bunda pedagogikada tarbiyaviy o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning shakllari, metodlari, usullari va vositalarini ochib beradigan hamda tarbiyaviy texnologiyalarning “pedagogik vositalari”ni shakllantiruvchi faoliyati va natijalariga, tarkibiy qismlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘qituvchi avvalo tarbiyadan kelib chiqadigan maqsadga to‘g‘ri baho bera olishi kerak.
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o‘quvchilarning hayoti va faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan ta’sirchan munosabatda bo‘lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o‘zaro (xoh salbiy, xoh ijobiy bo‘lsin) ta’siri avvalo o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. O‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o‘qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini, baholashini ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur.
Tarbiya jarayonini modellashtirishda o‘quvchining nafaqat ongi, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilarning ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o‘z xohish istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatni modellashtirishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini e’tiborga olishi zarur. Bola o‘z xulqi, hatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida o‘quvchilar ko‘p vaqtlarini ta’lim va tarbiyaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan kommunikatsion texnologik ma’lumotlarga sarflamoqdalar (modul telefonlar, internet, kompyuter, DVD filmlar va boshqalar). Ushbu vositalardan oqilona foydalanishni o‘quvchiga o‘rgatish, ta’qiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat qilish o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalariga kiradi. O‘quvchilarning ko‘p vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma’lumotlarni bartaraf etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumkin. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlar rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli mavzudagi suhbatlar uyushtirish rejasi o‘rin olishi lozim.
Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida o‘quvchi ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ma’lumotlarga va tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:



Tarbiyani samarali modellashtirish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim:

  • tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;

  • ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lib, ular ishtirokida o‘quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o‘tkazish;

  • o‘quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;

  • o‘quvchining qiziqishlarini, uni o‘rab turgan tashqi muhitni doimiy nazorat qilish;

  • o‘quvchini qat’iy kundalik rejimga o‘rgatish va uni kuzatib borish;

  • iste’dodini, qobiliyatini va o‘zi tanlagan kasbga moyilligini e’tiborga olib uni takomillashtirish;

  • o‘quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo‘l qo‘yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib borish.

SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan modellashtirilgan va puxta o‘ylangan rejalar asosida belgilanib hal etib boriladi.
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o‘qituvchi bilimli, raqobatbardosh etuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish uchun tarbiyaning quyidagi umumiy vazifalarini hal etish o‘qituvchi-tarbiyachi zimmasiga yuklatilgan:
a) o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va maqsad birligi hissini uyg‘otish;
b) o‘quvchilar ongini mustaqil davlatchiligimiz siyosatining tub mohiyati mujassamlashgan milliy mafkuramiz va umuminsoniy qadriyatlar, chuqur bilim va tafakkur, keng dunyoqarash bilan boyitib borish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatli bo‘lish, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglashiga, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasida mas’uliyat hissini rivojlantirish;
e) vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;
j) O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish;
z) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, rahm shafqatli bo‘lish, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish.


Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin