Pedagogika va psixologiya fakulteti


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə4/18
tarix20.12.2022
ölçüsü240,5 Kb.
#76698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASI

Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyatini o’rganishi va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish usullarining ahamiyatini o`rganishda yordam beradi.
- Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari ahamiyati va olib boriladigan ishlar mazmunini tashkillashtirish usullarining ahamiyati o`rganildi hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
- Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari ahamiyati va olib boriladigan ishlar mazmunini tashkillashtirish usullarining ahamiyatini aniqlash uchun muassasa, pedagog-o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlash imkonini beradi;
Shu bilan birga tadqiqot natijalaridan olingan ma`lumotlarni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish ta`lim muassalarida Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirish usullarini rivojlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, to’plangan ma`lumotlardan pedagog-o`qituvchilar va guruh rahbarlari faoliyatlarida keng doirada qo’llash imkoniyatini beradi.
Kurs ishining tuzilishi: 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda taqdimot uchun ilovalardan iborat.
1-BOB: BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASHDA IJTIMОIY PЕDАGОGIK FАОLIYAT MЕTОDIKАSI VА TЕХNОLОGIYASINING AHAMIYATI VA MAZMUNI



    1. Hozirgi kunda ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni qo‘llab barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari




Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. SHarq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo‘lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma Aziziddin Nasafiy o‘zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson quyidagi to‘rt fazilatga mukammal shaklda ega bo‘lgan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so‘z, ikkinchisi ezgu faoliyat, uchinchisi go‘zal axloq, to‘rtinchisi ilm”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo‘lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni – pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo‘lib, pedagogik texnologiyaning so‘nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak:

  • tarbiyaning yaxlitligi;

  • tarbiyaning tizimliligi;

  • tarbiyaning davriyligi;

  • tarbiyaning texnologiyaviyligi.


Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin