Pedagogika va psixologiya


Xusayin Voiz Koshifiyning ijtimoiy axlokiy karashlari



Yüklə 240,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix16.12.2022
ölçüsü240,75 Kb.
#75635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xusayin Voiz Koshifiyning ijtimoiy axlokiy karashlari. 
Koshifiy taxallusi bilan ijod kilgan Urta Osiyo va Xurosonning mashhur 
mutafakkiri Xusayin Voiz Koshifiy 1440 yillarda tugilib 1505 yilgacha yashagan 
va ijod kilgan. 
Koshifiyni uz davrining ilmli hamda ma’rifatli kishisi deb tan olganlar. 
Xusayin Voiz Koshifiy axlokshunoslik, falsafa, tarix, riyoziyot, falakiyot, adabiyot 
ta’lim-tarbiya sohasida ijod kilgan. 
Koshifiy «Futuvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tarikati», «Risolai 
Xotamiya», «Axlokiy Muxsiniy», «Anvari Suxaymiy» risolalarida ijtimoiy- 
siyosiy, axlokiy ta’lim goyalarini ilgari suradi. 
Xusayin Voiz Koshifiy kup yillar talabalarga taxsil beradi. Shu sababali uz 
asarlarida ta’lim va tarbiya masalalariga oid kuplab fikrlarni uchratish mumkin. 
Bola tarbiyasida eng katta ahamiyat kasb etuvchi muallimning roli haqida tuxtalib 
uncha katta baxo beradi va uziga xos tarbiya uslublarini kullash zarurligini 
ta’kidlaydi. Bolalarda kobiliyat masalasiga jiddiy e’tibor berish uni yanada 
rivojlantirish, yunaltirishi, kasblarga bulgan layokat va kobiliyatlarini yanada 
takomillashtirish shart-sharoitlari kanday yaratish haqida batavsil fikr yuritadi. 
Koshifiy Alisher Navoiy singari kishilarni toifalarga ajratadi. Shaxslarni 
toifalashda asosan ularning ijobiiy va salbiy xususiyatlarining ustuvorligiga
tayangan xolda yaxshi hamda yomonga ajratadi. Beshta guruhga bulingan ya’ni 
toifalangan shaxslarga ta’rif berib ijtimoiy davrning talablarini ham inobatga oladi. 
Shaxsning ijtimoiy belgisi zarur lekin axlokiy fazilatlari ustuvordir degan xulosani 
keltiradi.
X - XIII asrlarda insonlarni tabakalashtirish zarurati yuzaga keladi, futuvvat jamoa 
bulib shakllana boshladilar. Futuvvatchilar muayyan koida - talablarga rioya etar, 
ma’naviy va jismoniy yetuklikka intilar, kayerdaki bulmasinlar, nima ish bilan 
shugullanmasinlar, mardlik va oliyjanoblik namunasini kursatar, zulm va 
xaksizlikka karshi kurashadilar. 
Futuvvat haqida arab va fors tillarida yozilgan asarlar bir talay bulib, ushbu 
risolalarda juvonmardning rasm-rusumlari, odobi xususida fikrlar keltiriladi. 
Xusayin Voiz Koshifiy kalamiga mansub bulgan «Futuvvatnomai sultoniy» nomli 
risolasi bu ilmning kup tomonlarini kamrab olgani bilan ajralib turadi. U uz asarida 


futuvvatni tarikatning bir bo`lagi deb karaydi. Futuvvat asoslari va tasavvuf 
goyalari bir-biriga muvofik keladi. Inson axlokini poklash, mexru-shavkat, ximmat 
va mardlik kursatish haqida batafsil gapiradi. Bu ilmning mavzusi inson ruhi 
tadkiki va axlok martabalarini bayon kiladi, risolada barcha masalalar savol javob 
tarikasida beriladi. 
Xusayin Voiz Koshifiy «Axlokiy Muxsiniy» asari axlokshunoslik 
muammolarini fan sifatida tan olib, uning vazifalarini belgilab beradi.
Adib ushbu asarida axlokiy goyalar, fikrlarni uktirishi bilan emas balki xikmat va 
falsafa asosida mushoxada yuritadi, jamiyatni, odamlarni taxlil etadi. Insonga xos 
bulgan umumiy xususiyat va fazilatlarni, ojizlik va uluglik sifatlarini ochib beradi.
Koshifiyning har bir asari olam-olam ma’noga ega xazinadir. Asosan 
insonning saxiyligi, ezgu xulk-atvori, zoxiran va botinan poklik, mexr-okibat va 
muruvvat kursatish kabi sifatlarni uzida mujassamlashtirgan adibning insoniyat 
halbida hamisha fozil kishi bulib kolishi mukarrardir.

Yüklə 240,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin