Pedagogika va psixologiya



Yüklə 239,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix13.09.2023
ölçüsü239,45 Kb.
#143182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Psixologiya tarixi (N.Salayeva)

 
 
 
Mavzu -9: Shark mutafakkirlarining psixologik karashlari. 
Reja: 
1. 
Forobiy asarlarida shaxs psixologiyasi talkini. 
2. 
Abu Ali Ibn Sino asarlarida ruhiyat masalalari. 
3. 
Abu Rayxon Beruniy asarlarida psixik xususiyatlar talkini. 
4. 
Alisher Navoiy asarlarida inson, shaxs individuallik masalalari. 
 
Abu Nasr Forobiy
Abu Nasr Farobiy yakin va Urta Sharkda ilgor ijtimoiy falsafiy okimning 
asoschilaridan bulib,"Shark Aristoteli"degan unvonga sazovor bulgan mashhur 
mutafakkir bulgan.
Abu Nasr ibn Muhammad Farobiy 873 yilning oxirida Farob kishlogida 
dunyoga keldi. U Shosh,Samarkand,Buxoro, kabi shaharlarda taxsil kurdi. Farobiy 
uzdavrining markazi hisoblangan Bogdodda ilmiy ishlar bilan mashgul bulib 
tanildiva faylasuf sifatida mashhur buldi.Farobiy umrining sunggi yilarida Xalab , 
Damashkda utkazadi va 950 yilda shu yerda vafot etadi. 
Farobiy ta’rificha,odam uz bilimlarni tashkaridan,atrofdagi xodisalardan bilish 
jarayonida oladi. Bujarayon uz ichiga kup voista va usullarni: sezgi, idrok, xotira , 
tasavvur va eng muximi, mantikiy fikr, akl va nuktai nazarni oladi.Mana shu 
vositalar yordamida u fanni urganadi. 
Farobiyning 
kursatishicha, 
odam 
paydo 
bulgandan 
keyin 
dastavval 
"oziklantiruvchi kuvvat"vujudga keladi,uning yordamida ovatlanish jarayoni 
amalga oshadi.sungra shu bilan boglik bo`lagan sezgi a’zolari (turi) paydo 
bo`ladi,ular yordamida xis,tasavvur, xotira vujudga keladi va shundan sunggina 
"xayol kuvvati" yordaimda kishi bilim va xunar egallaydi,xatti-harakat va xulk - 
atvardagi


guzal narsalarni amalga oshiradi,foydali narsalani zararli narsalardan farklaydi.
Farobiy inson (ruh) jonining bir tanadan boshkasiga utib, kuchibyurishi 
mumkinligini inkor etadi va uni tan kabi individual "substansiyaning birligi " 
sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi.Bunday ikkilanish Arestotelga ham 
xos bulgan.
U bilishning ikki shakli,boskichini - xissiy va xayoliy,akliy bilishni bir-biridan 
farklaydi.Odamni tashki dunyo bilan boglaydigan segini roliga tuxtalib, Farobiy 
ularni sezgi a’zosiga muvofik ravishda besh turga bo`ladi.
Sezgini dastlabki bilim manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi va 
in’ikosi usha buyumning uziga muvofik kelsa, sezgi haqiqiy bo`ladi deydi Avvalo 
"odam akl va sezgi vositasida bilimga ega bo`lishi"bilan hayvonlardan farklanadi." 
Akliy kuvvat " bolikdagi narsalarni fikriy aks etishini uzida ifodalaydi.Faol akl 
olam yaratilishining boskichlaridan bri sifatida inson bilan boshlagich sabani 
boglashga xizmat kiladi, boshlangich sabab esa faol akl bilan bevosita va unga 
ta’sir kursatib turadi. Faol akl esa ruh, jon bilan boglanadi, jon inson tanida 
mavjuddir, shu tartibda "iloxiy hayot " xislatlari insonga utadi, natijada insnning 
mohiyatii, bilimi uning akli mangulik xislatiga eag bo`ladi. Farobiy mantikiy 
fikrlashning asosiy shakllari: tushuncha, xukm va xulosa chikarishga katta e’tibor 
beradi Farobiy fikrlashning ayrim elementlarini fakatmantik nuktai nazaridan emas, 
balki tabiatshunoslik nuktaiy nazaridanham baxolaydi.Farobiy tafakkurning eng 
murakkab jarayoni xulosaga zur kizikish bilan karab,uni urganishga jada kata 
e’tibor berdi. 
Farobiy ruhiy jarayonlar,uning bilish va mantik tizimi haqidagi ta’limoti urta 
asrlar falsafasining katta yutigi edi. 
Abu Nasr Forobiy - Urta asr Yakin va Urta Sharkning mashhur mutafakkiri, 
kadimgi yunon falsafasining Sharkdagi eng yirik davomchisi va ma’rifatchisi 
bulgan.
Forobiyning pedagogik karashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini urganishda 
inson xislatlari tugrisidagi falsafiy fikrlari nixoyatda muxim ahamiyat kasb etadi.
U Sharkda kadim yunon falsafasi, kadimgi dunyoning eng mashhur olimi 
Aristotelning asarlarini urganish, targib etish va goyalarini rivojlantirishga ulkan 
xissa kushgan.
Forobiy uz davrida ijtimoiy-siyosiy hayotning turli masalalarini «Ideal shahar 
axolilarini ra’ylari», «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv tugrisida» kabi 
asarlarida talkin kiladi. 
Forobiy ilgor pedagogik ta’limotlarning asoschilaridan biri sifatida uz asarlarida 
didaktik ta’lim-tarbiyaning psixologik asoslarining muxim nazariy masalalarini uz 
falsafasining ajralmas kismi tarzida taxlil etadi. 
Forobiy insonni dunyo tarakkiyotining eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi.
Forobiy asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zaruriyati va buning uchun 
nimaga asoslanish lozimligi, ta’lim-tarbiya usullari, undan kutilgan maksad 
masalalari asosiy urinni egallaydi. 


Forobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni egallash tartibi 
haqida fikr yuritib ularni birma-bir sanab utadi. Olam asoslari haqidagi ilm, tabiiy 
ilmlar, inson haqida ilmlar shular jumlasidandir.
Insonni urganishda, uning inson bulib yetishishdagi kutilgan maksad va muddaoni 
urganish, insonni kamolatga erishuviga sabab bulgan narsalarni urganish, shu 
jumladan ijobiy va salbiy fazilatlar va xislatlarini ajratib utish va ularni kanday 
insonlarga xos bo`lishini uzgacha talkin kiladi.
Beruniy
Beruniy 973 yili Xorazmning kadimgi poytaxti Kot shaxrida dunyoga keldi. U 
995 yili Xorazmda kutarilgan mojarolar sababli uyerdan chikib ketishga majbur 
bo`ladi va Eronning Ray shaxriga kelib yashaydi.Sulton maxmudning Xindistonga 
kilgan yurishlari natijasida beruniy xind olimlari bilan bevosita munosabatda 
bo`ladi va xind tarixi , madaniyati va fanlariga bagishlangan birnecha kitoblarni 
yozib oldiradi.
Beruniy 1048 yilda Gaznada vafot etadi. U uz umri davomida 152 asar yaratdi. 
Shulurdan eng mashhurlari "Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar", "Geodeziya 
" , " Minerolgiya " , " Saydana"dir.
Beruniy insonlar urtasida tafovut borligi haqida gapirar ekan , u fakat tashki 
farklar tugrisida fikr yuritadi. Uning fikricha, ikshilarni ichki tuzilishibarchada 
umumiydir.
Beruniy fikricha inson hayvondan akl bilan fark kilad. Lekin mutafakkir 
insonning hayvondan tubdan fark kiladigan bu xususiyati knday paydo bulganligini 
tushuntirganda, xudoga murojat kilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan, 
deydi.
Uinsonning jismoniy tuzlishi va butun hayotini aniklashda geografik omilning 
roli haqida jaoyi fikrlarni aytadi;
"… (odamlar) tuzilishlarining rang,surat tabiat va axlokda turlicha bo`lishi 
faktgina nasablarning turlichaligida emas, balki tuprok, suv, havo va yer (odam 
yashaydigan joylar)ning turlichaligandan hamdir". Xatto tillarning turlichaligi ham 
geografik sharoitlarga boglik deb karaydi va "tillarning turlicha bo`lishiga sabab 
odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir- birlaridan uzok turishi", deydi.
Beruniy ruhiy va moddiy extiyojlarninng roli haqida fikri ham usha davr uchun 
nixoyatda kimmatli fikr edi. Ujamiyat yuzaga kelishida kishilarning modiy 
extiyojlarini urnini kura oladi. Extiyojlar " ovkat, kiyim -kecha, va x.k "ni 
kondiruvchu zaruriyatlar kabi moddiy omillar insonlarni birgalikda yashashaga 
da’vat etadi. " Extiyojlar turli tuman va so sanoksizdir. Fakt ularnibir kancha 
kishilar birgalikda ta’minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilarda shaharlar 
tashkil etish zarurati tugiladi ". Beruniy, odam extiyojining kupligi, ximoya kilish 
kuroliga ega bulmaganligi, bir-biri dushmondan ximoya kilish zarurligi , uzini va 
boshkalarni ta’imnlash uchun biror ishni bajarish lozim bulganligi tufayli uz 
karindosh- urugi bilan jamiyatda birlashishi lozim bulgan, degan xulosaga 


keladi.Ularning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy kudratga, uning extiyojlarni 
kondirishga olib kelmaydi, buning uchun mexnatkilish ham zarurdir. Beruniy inson 
boshka odamlarning baxt- saodati haqida doim uylashi kerak deydi va shunday 
yozadi :" Muayyan vazifalarni bajarish zarurati inon faoliyatining bir umrga 
yashash koidasidir"Bu fikrni davom ettirib insonning asosiy vazifasi vaurni mexnat 
bilan belgilanishidan iborat ekanligini ta’kidlaydi.Zero inson uz xoxishiga mexnat 
tufayli erishadi.

Yüklə 239,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin