Pedagogikaning pragmatik aspektlari fanidan mustaqil ishi


Modulli o’qitishning tamoyillari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#174114
1   2   3   4
Modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning konseptual asoslari

Modulli o’qitishning tamoyillari
Faoliyatlik tamoyili-modullarni fan bo’yicha yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzish. Modulli o’qitish texnologiyasining fan bo’yicha faoliyatga asoslangan yondashuvida, modullarni o’quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida kelib chiqishni taqozo etadi.
Modullilik tamoyili-modulli dasturlarning o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligi ta’minlaydi.
Tizimli kvantlash tamoyili- modul materialini tizimlashni talab qiladi.Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlari konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi. Shular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi:

  • katta hajmdagi o'quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi;

  • ma’lum tizimda qisqartirilgan holda berilgan o'quv materiali, osonroq o'zlashtiriladi;

  • o'quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko'rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

Motivatsiya (qiziqish uyg’otish) tamoyili-talabaning o’quv–bilim olish faoliyatini rag’batlantirishdan iborat bo’ladi. 0‘quv materialiga qiziqishni uyg‘otish, bilim olishga rag‘batlantirish, mashg‘ulotlar paytida faol ijodiy fikrlashga da’vat etish, modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
Tenglik tamoyili –pedagog va talabaning o’zaro munosabatidagi tenglikni belgilaydi. Bu esa, modulli o‘qitish texnologiyasining shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko'rsatadi. Ya’ni, modulli o'qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo'ladi.
Muammolik tamoyili – muammoli vaziyatlar yaratish va mashg’ulotlarni amaliy yo’naltirilganligi orqali ta’minlanadi.
Kognitiv –vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili-o’qitishdagi nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifasi ham bajarish kerak.Mashg‘ulotlar paytida gipoteza (faraz) qo‘yiladi, uning asoslanganligi ko‘rsatiladi va bu muammoning yechimi beriladi. Ko‘pchilik hollarda bizning o‘qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar (ular hatto yangi bo‘lsa ham), ammo, misol uchun AQShda o‘qituvchi masalani o‘rganish uslubini, o’zi qo’ygan muammoni yechish yo’llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko’rsatadi va tushintiradi. Ya’ni u tadqiqotchi sifatida namoyon bo’ladi. Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa o‘quvchini qiziqtirib qo‘yadi, unda ijodiy fikrlash va faollikni tug‘diradi. Bu tamoyil psixologik–pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko'ra о‘qitishdagi kо‘rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan, shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo‘lib, murakkab ob’ektlar kompyuter suratchalari ko‘rinishida tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik o‘quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar, modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi. Grafik (ko‘zga ko‘rinuvchi) axborot miyaning o‘ng yarimshari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma’lumotli mutaxassis uchun zarur bo‘lgan, tasviriy fikrlash qobiliyatini, intuitsiyasini rivojlantiradi. Buyuk olim A.Eynshteyn aytganidek «intuitsiya haqiqatda eng katta boylikdir. Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan simvollar orqali, shu bilan birga biz anglam asdan kechadi». Haqiqatdan ilm-fan gipotezasiz (farazsiz), faraz esa intuisiyasiz mavjud bo‘lmaydi. Shu bilan birga, ko‘rgazmali axborot og‘zaki axborotdan ko‘ra, ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko‘rish mexanizmining axborotni qabul qilish qobiliyati, eshitishnikidan ko‘ra ancha yuqoridir. Bu esa o‘z navbatida, ko‘rish tizimiga, inson qabul qilinadigan axborotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko‘rgazmali axborot bir vaqtning o‘zida beriladi. Shuning uchun axborotni qabul qilish va eslashga og‘zaki axborotdan ko‘ra kam vaqt talab etadi. Ko‘rgazmali axborot ishlatilganda, taassurot hosil bo‘lish jarayoni og‘zaki bayondagiga ko‘ra o‘rtacha 5-6 marta tezroq kechadi. Insonning ko‘rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, og‘zak axborotdan ko‘ra ancha yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda u oxirgisini o‘tkazib yuboradi. Ko‘rgazmali axborotni qayta takrorlash oson va aniqroqdir. Odamning ko‘rgazmali axborotga ishonchi, og‘zaki axborotdan ko‘ra yuqori boladi. Shuning uchun «yuz bor eshitgandan ko‘ra, bir bor ko‘rmoq afzalroqdir» deb bejiz aytilmagan. Shu bilan birga, ko‘rgazmali axborotda, qabul qilish va eslash unumi, uni ko‘rsatilishi orasidagi muddatning uzoqligiga bog’liq bo’lmaydi, og‘zaki axborotning o‘zlashtirilishi esa bunga bog’liq bo’ladi. O‘rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko'rgazmali axborotni qabul etish, o‘qitish samarasini oshiradi. Shuning uchun o‘quv-ilmiy adabiyotidan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan axborotni ko‘paytirishga shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa, o‘qitishni individuallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin