Pedagogikaning pragmatik aspektlari fanidan mustaqil ishi


Xatoliklarga tayanish tamoyili



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#174114
1   2   3   4
Modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning konseptual asoslari

Xatoliklarga tayanish tamoyili- o’qitish jarayonida xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratiladi.Bu tamoyilning amalga oshirilishi, o’quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.
O’quv vaqtini tejash tamoyili-o’quv vaqti zahirasi yaratiladi. To‘g‘ri tashkil qilingan modulli o‘qitish, o‘qish vaqtini 30%ga va undan ham ortiqroq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o‘qitishning barcha tamoyillari to‘la amalga oshirilganda, o‘quv jarayoni kompyuterlashtirilganda, yondosh fanlarning o‘quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
Texnologik tamoyil-o’qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish kafolatlanadi.
Uzviylik tamoyili-o’quv rejadagi soatlar mosligi ta’minlanadi.
Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o’qitish texnologiyasi
Fan bo’yicha faoliyat yondashuvi ta’limning fanli tizimida modul metodologiyasini qo’llashni anglatadi.Bunday modulli o’qitish texnologiyasini oliy ta’lim tizimida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida, pedagog va muhandis-pedagoglar malakasini oshirish tizimlarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Modulli o’qitishga o’tishda quydagi maqsadlar ko’zlanadi:

  • o‘qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta’minlash;

  • o‘qitishni individuallashtirish;

  • o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;

  • o‘qitishni jadallashtirish;

  • fanni samarali o’zlashtirishga erishish.

Ko‘pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:

  • gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;

  • iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;

  • umumta’lim, umutexnik, umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘z ichiga oladigan.

Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o‘z maqsad va vazifasi bo‘ladi. Ma’lum makromodulni o‘rganish maqsadi, unga kiradigan fanlarning o‘rganish maqsadlaridan kelib chiqadi. Har qaysi makromodulning o‘rganilish maqsadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maqsadini tashkil etadi. Har qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bo‘lib, uning birinchi fani o‘rganila boshlaganida, talabalarga yetkazilishi lozim. Makromodulning har bir keyingi fani o‘rganila boshlanganida, u fanning o‘rganish maqsadlari talabalarga yetkazilishi zarur. Har qaysi makromodul ichida, o‘rganiladigan fanlarning optimal ketma-ketligi va ularni muddatlari o‘rnatiladi. Ya’ni o‘qitishning uzluksizligini ta’minlab, fanlarning o‘rganilish muddatlarini va shu orqali makromodulning o‘rganilish muddatlarini qisqartirishga erishish zarur. O‘quv soatlari hajmi katta bo‘lmagan (haftada 1-2, ayrim hollarda 3 soatli auditoriya mashg‘ulotlari) fanlar, blok fanlar ro‘yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular semestrning birinchi yoki ikkinchi yarmida o’tilishi mumkin. Modul o’z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:

  • talabalarning bilimini nazorat qilish uchun testlar;

  • individual ishlar uchun topshiriqlar;

  • mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;

  • o‘quv uslubiy tarqatma materiallar;

  • o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati;

  • ishchi o‘quv dastur.

Har bir modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to‘plami tuziladi va ular talabaga mashg‘ulotdan oldin beriladi. Modul tavsiya qilinadigan adabiyotlar bilan ta’minlanadi. Har bir talaba materiallarni o‘zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o‘tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog‘liq bo‘lmasdan test sinovlaridan o‘tishlari mumkin. Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan informatsiyalar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiriladi. Talabalar ma’lum amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo‘llab, materiallarni blok-sxema, rasmlar bloki ko‘rinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modul tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda, eng avvalo, informatsiyani “siqish” vazifasi ko‘zlanadi. Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim. O‘quv informatsiyasi bir vaqtning o‘zida 4 xil – rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi. Modulli ta’lim metodikasi tuzishda, bu holat asos bo‘lib xizmat qiladi. Har qaysi modul bo‘yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qo‘yilishi tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy ko‘rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rgatuvchi modul - o‘qitishning muayyan modul birligi bo‘yicha mazmuni, o‘quvchining o‘quv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan mazmun bo‘yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar mazmunidan iboratdir. O‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish juda murakkab jarayondir, u ko‘p vaqt sarfini va juda ko‘p sonli uslubiy tajribalarni umumlashtirishni talab etadi. Ammo ularni amaliyotda qo‘llash, o‘qitishni juda yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiradi. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ko‘pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin;

  • gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;

  • iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;

  • umumta’lim, umumtexnik umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni fanlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin