AHMAD AL - FARG’ONIY
(798-865)
0 ‘rta asrlarning eng ko‘zga ko‘ringan allo-
malaridan biri Abul Abbos Ahmad ibn Muham
mad ibn Kasir al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy
faoliyati haqidagi m a’lumotlar juda ham oz
bo‘lib, taxminan 798 yil Farg‘onada tug‘ilgan.
Yevropada «Alfraganus» nomi bilan tanilgan.
Olim voyaga yetgach, Bag‘dod shahriga ketadi,
xalifa al-M a’mun saroyidagi ilmiy maktab
«Bayt ul-hikma»(«Hikmatlar uyi»)da dunyoga
ilong taratgan mashhur 0 ‘rta Osiyo allomalari bilan birga ijod qiladi.
Bag‘dod va Damashq shaharlarida olib borilgan qator astronomik
tajribalarda faol ishtirok etadi. Olim 861 yil Nil daryosi suvining miqdo-
rini o ‘lchash uchun moMjallangan Qohiradagi Ravdo oroliga o ‘rnatilgan
nilometrni ta’mirlagan. Bu uning iqtidorli muhandis ekanligidan ham
dalolat beradi.
AI-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Osmon jismlari harakati
va yulduzlar ilmi to ‘plami»dir. Shuningdek, «Geometriya va arifmetika
yordamida mukammal shimoliy va janubiy asturloblarni yasash»,
«Asturlobdan foydalanish haqida kitob», «Oy yer ustida yoki uning
ostida ekanida vaqtni aniqlash», «Quyosh soatini yasash», «A1-
Xorazmiy zijini tushuntirish» kabi asarlari m a’lum.
Al-Farg‘oniyning astronomiyaga oid asarlari bir necha asrlar
davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy
darslik bo‘lib keldi. Olim bundan tashqari astronomik jihozlar va
gidroinshootlar qurish ishlarida katta iste’dod sohibi ekanligini namoyon
eta oldi.
ABU NASR FOROBIY
(873-950)
Faylasuf va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy
Sirdaryoning Forob (O ‘tror) shahrida tug'ilgan. U
Sharqda juda mashhur boMib, qadimgi yunon ilmini
juda yaxshi bilgani uchun «Sharq Aristoteli»,
«Ikkinchi muallim» (Aristoteldan so'ng) nomlari
bilan ulug'langan. Forobiy boshlang‘ich m a’lumotni o ‘z vatanida,
Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olganidan so‘ng Bag'dod,
Damashq, Misr kabi yurtlarda ilm olishni davom ettirgan.
Forobiy 70ga yaqin til bilgan, undan ilmning turli sohalariga
bag1 ishlangan juda katta ilmiy meros qolgan, ya’ni falsafa, matematika,
tibbiyot, astronomiya, mantiq, grammatika, fizika, kimyo kabi fanlarga
oid asarlar yaratgan. «Masalalar manbai», «Qonunlar haqida kitob»,
«Ruhning mohiyati haqida», «Falsafaga izohlar», «Falsafa tushuncha-
sining m a’nosi» risolalarida
mashhur yunon faylasufi Aristotel va
boshqa yunon olimlari asarlariga sharhlar yozgan.
«Fizika usullari haqida kitob», «Alkimyo ilmining zarurligi»,
«Inson a’zolari haqida risola», «Lug‘atlar haqida kitob», «Xattotlik
haqida» kabi asarlari Forobiyning qomusiy bilimga ega boMganligini
ko‘rsatadi.
21
Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifl» kitobida 30dan
ortiq ilm-fanning ta’rifi beriladi, tabiiy va aniq fanlar bilan bir qatorda
she’riyat, grammatika, orfografiya, lug‘atshunoslik, mantiq, fiqh,
siyosatshunoslik kabi gumanitar ilmlar haqida ham m a’lumotlar beriladi.
«Inson a ’zolari haqida» risolasida tibbiyot haqida ma’lumotlar, «Ilm va
san’atning fazilatlari», «Aql masalalari haqida» risolalarida esa o ‘ta
muhim falsafiy masalalar xususida so‘z yuritadi. Forobiy aqlli insonlar
haqida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular
fazilatli, o ‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni
kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega: yomon ishlardan o ‘zini
chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni
o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb boMmaydi,
ularni ayyor, aldoqchi degan nom bilan atamoq lozim».
«Baxt-saodatga erishuv yoMlari haqida risola» asarida o‘rta asrlarda
birinchi bo‘lib jamiyatning tuzilishi haqida ta’limot yaratdi. Bu
ta'lim otda o ‘zi orzu qilgan fozil jamiyat, davlatni boshqarish, ta’lim-
tarbiya, axloq, m a’rifat, diniy e’tiqod, tinchlik, mehnat kabi mavzular
yoritilgan. Fozil jamiyatda komil inson xislatlari vujudga kelishini
ta’kidlagan.
Forobiy o ‘z hayoti davomida mashhur olim sifatida nom qozondi,
uning asarlari turli tillarga tarjima qilindi, Sharq va G ’arb olimlari
tomonidan chuqur o ‘rganildi.
Quyida allomaning «Baxt-saodatga erishuv» asaridagi pedagogik
qarashlaridan turfa misollar keltiramiz:
1.Ziyraklik - bu insondagi tez fikrlilik, o ‘ylagan narsasini darrov
topa
olishi qobiliyatidir.
2.Ta’lim faqat so‘z va o ‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa
amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy
malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi,
o ‘rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni
butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam
oshig‘i bo‘ladilar.
3. Maqsadni amalga oshirishda qasd va g ‘ayrat qilish mo‘ljallangan
ishni bajarishda katta ta'sirga egadir.
4. Inson o ‘z mulohazasi, ziyrakligini hamisha oshirib borishi kerak,
agar aql yomonlikka qaratilsa, bu xislatlar razillik, makkorlik,
aldamchilikka olib boradi.
5.Xalq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Chunki ular insonlarga
kerakli va foydali narsalami o ‘ylab topadilar.
22
|