Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

ABU A L IIB N SINO
(980-1037)
Buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn 
Sino 980 yil Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog'ida tavallud topgan. U Buxorodagi 
ilmiy muhit ta’sirida ulg'ayadi. Uning 
yoshligi va o ‘spirinligi Somoniylar hukm- 
ronligi yillariga to‘g ‘ri keladi. U saroyning 
boy kutubxonasidan foydalanadi. IX asr 
boshlarida Ibn Sino Xorazmga ko‘chib
24


keladi va shoh M a’mun saroyidagi olimlar bilan tanishadi.
Ibn Sino yunon, arab, fors olimlarining kitoblarini, Muhammad 
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Roziy, Ahmad Farg'oniy kabi 
vatandoshlarining asarlarini, shuningdek, qadimgi yunon ilmi vakillari 
Aristotel. Platon, Evklid, Fales, Geraklit, Suqrot, Pifagor, Gippokrat 
asarlarini chuqur o ‘rganadi.
Buyuk olim falsafa, tabobat, tabiat ilmlariga bag‘ishlangan «Shifo 
kitobi», «Tib qonunlari», «Najot kitobi», «Bilimlar kitobi» kabi yirik 
asarlarini yozadi. Uning falsafiy asarlarining eng yirigi «Shifo kitobi» 
to‘rt qism, 22 jilddan iborat boMib, unda mantiq, metafizika, fizika, 
matematikaga oid masalalar talqin etiladi. Olimning «Tib qonunlari» 
asari o ‘z mazmuniga ko‘ra tibbiy bilimlarning qomusi hisoblanadi. U 
besh mustaqil tibbiy asardan iborat bo'lib, har biri ma’lum sohani izchil 
yoritib beradi. Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, ikkinchi 
kitobda asosan 
0
‘simliklardan tayyorlanuvchi 760 ta dorining xususiyati, 
uchinchi kitobda insonning ayrim a’zolarining kasalliklari, to‘rtinchi 
kitobida inson organizmining umumiy kasalliklari va davolash usullari, 
beshinchi kitobida esa murakkab dorilaming organizmga ta’siri, ularning 
tayyorlanishi haqida qilingan. «Tib qonunlari» asari sakkiz asr davomida 
ham Sharq, ham G ‘arb mamlakatlarida tibbiyot sohasida qo‘llanma 
bo‘lib kelmoqda.
Ibn Sino matematika, astronomiya, fizika, ximiya, mineralogiya, 
geologiya, botanika, filologiya, she’riyat va boshqa qator sohalarga oid 
asarlar yaratgan.
Ibn Sino yaratgan 450 dan ziyod asarlaridan 242 tasigina bizgacha 
yetib kelgan. Shundan 80tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli
43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi 
tibbiyot ilmiga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga oid, 8 tasi boshqa 
olimlar bilan bo‘lgan yozishmalardan iborat.
Yirik qomusiy olim va buyuk iste’dod sohibi Abu Ali ibn Sino 
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur boMgan.
Alloma asarlarida ta'lim-tarbiyaga oid g ‘oyalar ham talqin etilgan. 
U komillikka erishishning eng maqbul yo‘li ilm egallash ekanligini 
uqtiradi. Bilimsiz kishilar johil boiadi va haqiqatni bila olmaydilar, 
bilimni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga 
tayanish kerak degan g ‘oyani ilgari suradi. Bolalarning maktabda jamoa 
b o iib o‘qitilishining foydali jihatlarini sanab o‘tadi.
Ibn Sino ta’limotida o ‘qitishning qaysi metodlaridan foydalanish 
maqsadga 
muvofiqligi 
haqida 
ham 
ma'lumotlar 
bor. 
Uning
25


ta’kidlashicha, qaysi ta'lim metodidan foydalanishdan qat’i nazar bilim 
oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlami amaliyotga tadbiq eta olish 
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsaddir.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin