Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

MIRZO ULUG’BEK
(1394-1449)
Amir Temuming o ‘g ‘li Shohrux Mirzoning 
to‘ng‘ich o ‘g ‘li, buyuk davlat arbobi va olim Mirzo 
Ulug‘bek 1394 yil tavallud topadi. Uni bolaligida 
buvisi Saroymulkxonim tarbiyaladi. 0 ‘zi Qozizoda 
Rumiyni ustozim deb ta’riflaydi.
1411 yili Shohruh Mirzo 17 yoshli o ‘g ‘li
28


Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimf'etib tayinlaydi. Lekin 
Ulug‘bekni harbiy yurishlar emas, ilm-fan ko‘proq qiziqtiradi. U 20 
yoshlaridayoq o‘z davrining yirik olimlari safidan o ‘rin egallaydi
qadimgi yunon astronomlarining astronomiya, matematika sohasidagi 
kashtiyotlarini chuqur o ‘rganadi. Mamlakat ravnaqini ko‘zlab, bir 
vaqtning o ‘zida Samarqand, Buxoro va G ’ijduvonda uclita madrasa 
qurdiradi. Samarqanddagi madrasada astronomiya maktabi shakllanadi, 
u yerda turli sohalardagi olimlarning soni lOOtadan ortib ketadi.
Ulug‘bek astronomiya fanini yanada rivojlantirish maqsadida 1424 
yildan 1429 yilgacha osmon jismlarini, yulduzlarni o ‘rganish uchun 
rasadxona (observatoriya) qurdirdi.
Buyuk allomadan bizga to‘rtta asar yetib kelgan. Ular «Zij jadidi 
Kuragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolayi 
Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi» asarlaridir.
Hozir ham Ulug‘bekning «Zij»i o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va 
olimlar tomonidan o ‘rganilib kelinmoqda. (Tuzuvchi M.M.Xayrullaev- 
ning «Buyuk iste’dod sohiblari» risolasidan qisman foydalanildi).
Ulug‘bek ta'lim-tarbiya masalalarining rivojiga ham o ‘z hissasini 
qo‘shgan, «Bilimga intilish har bir muslim va muslimaning farzidir» 
degan shiorni ilgari surgan. Shuningdek, o ‘z pedagogik qarashlarida 
bolalaming jismonan sog‘lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur va 
mard bo‘lib etishuviga alohida ahamiyat bergan.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Abu Nasr Forobiy qanday nomlar bilan ulug‘langan?
2. Abu Rayxon Beruniy qanday kashfiyotlar qilgan?
3. Abu Ali ibn Sinoni G ’arbda qanday atashar edi?
4. Mashhur tarixchi Jorj Sarton Al-Xorazmiy haqida nima degan?
5. Abu Ali ibn Sino kimlarning asarlarini o‘rgandi va qanday 
asarlar yozdi?
6. «Qutadg‘u bilig» asarining g ‘oyasi nima?
7. «Qutadg‘u bilig» asaridagi ramziy obrazlar haqida gapiring.
8. Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyni qanday ta’riflaydi?
9. Mahmud az-Zamaxshariyning ilmiy merosi qanday fanlarni 
qamrab oladi?
10. Mahmud az-Zamaxshariy qanday asarlar yaratgan?
11. Mirzo Ulug‘bek ilmiy asarlarining nomini ayting.
12. Qaysi buyuk alloma haqida qiziqarli m a’lumotlami bilasiz?
29


T O PSH IR IQ . Boshqa buyuk allomalarning hayoti va faoliyati 
haqidagi m a’lumotlarni mustaqil o'rganing va qisqacha bayonini 
daftaringizga yozib oling.
T O PSH IR IQ . Abu Ali ibn Sinoning taMim-tarbiya, axloq haqidagi 
fikrlarini o ‘qing va mazmunini tushuntirib bering.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin