Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Ulug‘ hakim saboqlari
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish 
natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Men yuksak maqsadlaming eng cho‘qqisiga chiqib, yuksalishni 
istayman. Past maqsadlarga hech rozi bo'lmayman. Yo istagan 
maqsadimga erishaman, yo oMim meni bu yo‘lda halok qiladi.
Xulqning muvozanatda boMishi badan salomatligini saqlaydi.
So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.
Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo'l, chunki mulohazakor 
degani-ehtiyotkor bo‘lish deganidir. Agar siringni saqlasang, u sening 
asiringdir, agar oshkor boMsa, sen siringni asiri bo‘lib qolasan.
Boylikni topishibdi-yu, aql-idrokni y o ‘qotishibdi. Ajabo, topgan 
narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?
M a’rifatchi botir odam bo‘ladi, shunday bo'lmay ham bo'larmidi? 

0
‘limdan ham qo‘rqmaydigan sahovat egasi bo‘ladi. 
Shunday 
bo'lmay ham bo‘larmidi! U barcha behuda narsalarga hirs qo‘yishdan 
uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday boMmay ham 
boMarmidi? U o ‘z nafsoniyati bilan ulug'vor boMadi, shunday bo‘lmay 
ham boMarmidi!
Menga hasad qilgan kishilar bilan aloqamni uzdim, hatto ulaming 
nomlarini ham eslamadim, ular bo‘lsa bir umr menga hasad qilib kun 
kechirdilar.
Modomiki, mening do'stim dushmanim bilan ko‘p o ‘tirgan ekan, 
endi men uni hech do‘stim deb bilmayman. Chindan ham zahar 
aralashgan shakardan parhez qilish kerak; ilonga qo'ngan pashshadan 
qochish kerak bo‘ladi.
BILASIZMI?
XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga ulug‘ ajdodimiz Ahmad 
Farg‘oniy nomi berilgan.Yevropalik olimlar Mirzo Ulug‘bekni «XV asr 
astronomi» unvoniga loyiq deb hisoblashgan. AQShda joylashgan 
Xalqaro Astronomiya Birlashmasi (IAU) esa Oyning ko‘rinib turadigan 
sirtidagi katta bir kraterni «Ulug‘bek krateri» deb atagan.
30


Atoqli 
astronom 
Yan 
Geveliy 
1647 
yili 
nashr 
qilingan 
«Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlaming ikkitasi vatandoshlarimiz 
Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug'bek nomi bilan atalishini ta’kidlagan.
Biz-chi? 
Buyuk bobolarimizni va ularning asarlarini qanchalik 
bilamiz?
BU QIZIQ!
Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, u buyuk yunon faylasufi 
Aristotelning «Metafizika» kitobini 11 marotaba o ‘qib, tushuna 
olmagan ekan va bundan m a’yus tortib, hafsalasi pir bo‘lib, 
kitobni tokchaga tashlab qo‘ygan ekan. Kunlardan bir kuni u 
kambag‘al, bechora bir kishi qo‘lidagi kitobni odamlardan sotib 
olishlarini yolvorib turganini, yeyishga bir burda noni ham 
y o‘qligini aytib, zorlanib turganini ko‘rib qolibdi.
Ibn Sino rahmi kelib, kitobni ko‘rib ham o'tirmay, sotib 
olibdi-da, 
uyga 
kelib 
varaqlay 
boshlabdi. 
Ko‘ribdi-yu, 
xursandchiligi ichiga sig‘may ketibdi. Kitob, o ‘zi izlab yurgan, 
Farobiyning Aristotelning «Metafizika» kitobiga yozgan sharhi 
ekan. Kitobni bir marta o‘qib chiqishdayoq, 
Aristotelni 
tushunib, uni to4a o ‘zlashtirib olgan ekan.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin