Pedagogikasi


Xalq o g ‘zaki ijodi va dostonlar xalq pedagogikasining



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

1.3. Xalq o g ‘zaki ijodi va dostonlar xalq pedagogikasining
m uhim m anbai sifatida
Xalq pedagogikasi ko‘p qinali tarixiy, boy madaniyatimiz va 
ma’naviyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lsa, olis o‘tmishda yaratilgan va 
asrlar osha sayqal topib, bizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalari 
xalqimizning ana shu boy madaniyat merosining durdonalaridir.
Xalq og‘zaki ijodining o ‘lmas namunalari xalqimizning m a’lum 
davrdagi turmush tarzi, urf-odatlari, mehnat faoliyati, xalqimiz qalbidagi 
orzu-umidlari, g ‘am-tashvishlari, armon, quvonchlarini ifodalaydi, shu 
bilan birga har bir davrga hamnafas bo‘!ib yashaydi.
Xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o ‘tib 
kelgan badiiy asarlar xalq og'zaki ijodi yoki folklor (ingl. «folk» - xalq, 
«lore»- donolik. ya’ni xalq donoligi, donishmandligi) deb yuritiladi. 
Xalq og‘zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo‘shiqlar, maqol, matai,
31


afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar, askiya, doston, 
tez aytish, masal, alia, yor-yorlar, kelin salomlar, topishmoq, naqllar, 
hikmatlar, pandnomalar, aforizmlar va b. Xalq og‘zaki ijodining yuqo- 
rida sanab o ‘tilgan barcha janrlarida yosh avlodni m a’naviy-axloqiy 
tarbiyalash y o ‘llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, olijanob- 
lik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasb- 
hunarga muhabbat, halollik, adolat, insof, andishalilik, insonparvarlik, 
kabi xislatlar ulug‘lanadi, yomonlik, bevafolik, baxillik, xasislik, 
qo'rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, xushomadgo‘ylik, 
andishasizlik, ochko‘zlik, m as’uliyatsizlik, farosatsizlik kabi illatlar 
qoralanadi. Shu o ‘rinda og‘zaki ijod namunalari odob-axloq, ta’lim- 
tarbiya borasida o ‘ta hayoti}', xalqchil va ibratliligini, shu bois uning 
umumbashariy ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlashimiz joiz.
Xalq og ‘zaki ijodining eng qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan 
biri ertakdir.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin