1) Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda.
2) Devorda bor so‘zanam,
Unda yashar keng olam.
3)Qozon ichi oppoq qor.
4) Yeri oq, urug‘i qora.
5) 0 ‘zi ming xil, so‘zi bir xil.
6) K o‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alar.
7) Q o‘l
bilan sochar, og'iz bilan o ‘rar.
8) Gulsiz meva qiladi,
Ko‘p esang til shiladi;
9) G ’ip-g"i 1 dirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
Daraxt emas u o'zi,
Majnuntoldek bosh egar;
10) Osti yam-yashil marmar,
Soyasiz salqin berar.
11) Sochi o‘sgan, beli bog‘langan,
Ifloslikka qarshi chog‘langan.
12) Teg desam tegmaydi,
Tegma desam tegadi.
13) Zar gilam, zargar gilam,
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
14) Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o ‘qir, g‘alvir to‘qir.
15) Asaldan shirin, zahardan achchiq.
Q o‘shiq - xalq og‘zaki ijodining
eng qadimiy va ommaviy
shakllaridan biri bo‘lib, kuyga solib aytiladigan kichik lirik she’rdir.
Q o‘shiqlar ham boshqa xalq og‘zaki ijodi janrlari kabi shu xalqning
mehnati, kurashi, m a’naviy ehtiyojlari natijasida vujudga keladi. Ular
g‘oyaviy-mazmuniy va janr xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi.
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridan qo‘shiqiarning
eng qadimiy turlari m a’lum. Jumladan, ov qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiq-
lari, mavsum, marosim qo‘shiqlari, marsiya, madhiya va b. Q o‘shiqlar
yoshlarda go‘zallik tuvg‘ularini shakllantiradi, dillarga orom bag‘ish-
laydi,
shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhida
tarbiyalaydi. Bolalar dastlab ona allasini eshitadi,
asta-sekin ovunchoq
qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari bilan tanishib boradilar. Masalan, «Boy-
chechak», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Hayu chitti gul» kabi qo‘shiqlar
bolalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.
34
Qo‘shiqlarning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: