Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

(1041-1167)
XII asrda 
Markaziy Osi- 
yoda pay do bo‘lgan ilk tasav- 
vufiy tariqatning asoschisi Xoja 
Ahmad Yassaviy 1041 yilda 
Sayramda Shayx Ibrohim oi- 
lasida dunyoga kelgan. Yoshli- 
gida ota-onasidan ajralgan Ah- 
madni bobosi Arslonbobo tarbiyalab, voyaga yetkazadi. U dastlab 
Yassida, so‘ngra Buxoroda Yusuf Hamadoniy qo‘lida ta’lim oladi. U 
erda tasavvuf ilmini o ‘rganib, o ‘z yurti Turkistonga qaytadi, shogirdlar 
tayyorlay boshlaydi.
Ahmad 
Yassaviy 
madaniyatimiz 
tarixida 
ilk 
turkiyzabon 
m utasaw u f shoir sifatida tanildi. Alisher Navoiy unga «Turkiston 
mulkining ulug‘ Shayx-ul-mashoyixi» deb ta’rif beradi.
27


«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning 
asosiy asari bo'lmish «Hikmatlar»da to‘liq bayon etilgan. Asarda poklik
halollik, 
to‘g‘rilik, 
mehr-shafqat, 
mehnatsevarlik 
kabi 
ilg‘or 
umuminsoniy qadriyatlar o ‘z ifodasini topgan.
Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Xuroson va Movarounnahr, balki 
turkiyzabon xalqlaming m a’naviy tarixida taniqli bo‘lgan, mutasavvuf 
donishmand, insonparvar shoir hisoblanadi.
ABULQOSIM MAHMUD AZ - ZAMAXSHARIY
(1075-1144)
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy Xorazmda tavallud topgan. U 
dastlabki bilimni o ‘z davrin ng savodli, diyonatli, muruvvatli kishisi 
boMgan otasidan oladi. 0 ‘g ‘lidagi ilmga bo'lgan zo‘r ishtiyoqni sezgan 
ota o ‘g ‘lini madrasaga o ‘qishga beradi. Madrasada arab tili va 
adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini o ‘zlashtiradi. 12 yoshga 
to‘lgach, ilm istab avvalo Buxoro shahriga, so‘ngra xorijiy oMkalar 
Xuroson, Bog‘dod, Makka, Damashqqa boradi. Buyuk mutafakkirning 
boy va ulkan ilmiy merosi diniy ilmlar, tafsirshunoslik, lug'atshunoslik, 
grammatika, aruz, adabiyot, mantiq, geografiya kabi fanlardan iborat.
Mahmud 
az-Zamaxshariy 
«al-Mufassal», 
«al-Kashshof», 
«Muqaddimat al-adab», «Asos al-balag‘a» va boshqa qator asarlar 
muallifi. Uning «Muqaddimat al-adab» asari fan, madaniyat, san’at, 
ijtimoiy hayotning turli sohalari bo‘yicha m a’lumot beradi. «al- 
Kashshof» asari esa Q ur’onga yozilgan tafsir bo‘lib, musulmon 
dunyosida hozirga qadar asosiy manba hisoblanadi.
Az-Zamaxshariy asarlarining ilmiy ahamiyati olimlar tomonidan 
yuqori baholanib, unga «Ustoz al-arab va-l-ajam», «Ustoz ad-dunyo», 
«K a’bat al-udaba» kabi sharafli nomlarni berishgan.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin