Beruniyning pedagogik qarashlari oilada bola tarbiyasi, aqliy ta'lim,
axloqiy va jismoniy tarbiya, mehnat va insonparvarlik tarbiyasi kabi
masalalarni qamrab olgan. Buni quyidagi misralarda ko'rish mumkin:
1. Butun kuchimni yig‘ib, bor imkoniyatni ishga solib, goh eshitish.
goh ko‘rish va qiyos
qiiish orqali, bilimim yetganicha, u narsalarni bayon
etishga bel bogladim. («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari.)
2. Yaxshilik xislatlari: taqvodorlik, to ‘g ‘rilik, o ‘zini saqlash, odillik,
insoniy kamtarlik, latofat, sobitqadamiik,
ehtiyotkorlik, saxiylik,
muloyimlik, siyosat va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik,
to‘g ‘ri taxmin qila olish kabi sifatlardan iboratdir. («Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar» asaridan.)
3. Til so‘zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir.
(«Hindiston» asaridan).
4. Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. («Hindiston» asaridan.)
5. Fanlarning foydasi - ular yordamida oltin va kumush to ‘plash
emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir.(«Maskanlar orasidagi maso-
falarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash» asaridan.)
6. Inson hamisha o ‘zgalarning baxt-saodatlari haqida o'ylashi kerak.
Har bir insonning qadr-qimmati o ‘z ishini
qanday bajarayotgani bilan
oichanadi.(«M ineralogiya» asaridan.)
7. M ehnatsiz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga
loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi farosat va rohat
soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi,
ammo ulugMik libosidan mahrum,
yalang‘ochdir. («Mineralogiya» asaridan.)
8. Kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga muhabbatlidir. Faqat
haqiqiy bilimga ega boMganda, bilolmagan narsani bilishga ehtiyojli bo1-
lib, axtarganini topadi, bilimni chuqurlashtiradi. («Hindiston» asaridan.)
Dostları ilə paylaş: