TIL QUDRATI
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo‘lgan
ekan. Shu qizga ikkita farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi
biriga ko‘ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar qizning visoliga
yetishish ilinjida yelib-yuguraverishibdi. Nihoyat,
qiz ularga shundav
debdi: «Men yurt farzandi bo‘la oladigan o ‘g‘ilga ona boiishni
istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana
shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman. «Bu ish faqat mening
qo‘limdan keladi. Men unga ilm o ‘rgataman, riyoziyotdan, l'alakiyotdan
saboq beraman. Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi.
Olamga dong taratadi», - debdi birinchi farishta.
Navbat
ikkinchisiga kelganda, u aytibdi: «Avloddan - avlodga me-
ros qoladigan asosiy boylik - til. Ona tili bor ekan, Vatan bor.
Xalqning
umr o ‘lchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go‘zallik va sehrii ona
allasini eshitmoqlik baxti til bag‘rida, maqsadimni anglagandursan? Men
o ‘g ‘lingni tiliga xiyonat qilmaslikka, qo‘shiq, ertak,
dostonlar aytib, ana
shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka o ‘rgataman.»
Bu gaplardan olim farishta qahqaha urib kulib, raqibini aqli pastlikda
ayblabdi. 0 ‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi. «Janjallashmanglar, -
debdi qiz, - yurtda ulug‘
donishmand bor, o‘shaning huzuriga boramiz.
Hammasi o ‘sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun
bo'ladi». Donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap-
so‘zlami tinglabdi-yu. «aqli past» farishtaga debdi: «Qiz
seni sevadimi-
yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan...»
Dostları ilə paylaş: